O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
 
 



I-BOB. MANBASHUNOSLIK FANINING MAQSAD VA 
VAZIFALARI 
Manbashunoslik tarix fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan bo‗lib, turli 
(moddiy, etnografik, yozma va boshqa) manbalarni o‗rganish hamda ulardan ilmiy 
foydalanishining nazariy va amaliy jihatlarini o‗rganadi. Manbashunoslik tarixiy 
manbalarni izlab topish, qayd etish, toʻplash, oʻrganish va qoʻllanish nazariyasi va 
amaliy usullari haqidagi fan. Manbashunoslik tarixshunoslikda yordamchi fan 
sohalari (arxeografiya, arxivshunoslik, geneologiya-nasabshunoslik, metrologiya-
oʻlchovshunoslik, 
epigrafika, 
tekstologiya-matnshunoslik, 
xronologiya-
davrshunoslik, 
geraldika-gerbshunoslik, 
numizmatika-tangashunoslik 
va 
sfragistika-muhrshunoslik) qatorida yetakchi oʻrinda turuvchi alohida ilmiy soha. 
Manbashunoslikning bevosita tadqiqoti yozma manbalar ustida boʻlsada, ammo, 
uning asosiy ilmiy va amaliy uslubiyati tarixiy qadriyatlarning barcha turlarini 
oʻrganishda va tanqidiy tahlil etishda qoʻllaniladi. 
Manba yoki tarixiy manba tushunchasi keng qamrovli bo‗lib, inson faoliyati
natijasida yaratilgan barcha narsalarni tushunish mumkin. Tarixiy manba deganda 
uzoq o‗tmishdan qolgan va jamiyatning ma‘lum bosqichda kechishini o‗zida aks 
ettirgan moddiy va ma‘naviy yodgorliklarni tushunamiz. Inson faoliyati natijasida 
yaratilgan moddiy mahsulot ma‘lum vazifani bajarish bilan birga ayni zamonda 
tarixiy manba bo‗lishi munkin.
Moddiy yodgorliklar turkumiga ko‗hna manzilgoh va mozorlar, shaharlar va 
qasrlar hamda qal‘alarning harobalari, o‗sha joylardan topilgan ishlab chiqarish va 
harbiy qurollar, uy-ro‗zg‗or va zeb-ziynat buyumlari, qadimgi sug‗orish 
inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, shuningdek ibtidoiy 
odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga o‗yib ishlangan sur‘atlari, umuman tosh 
va boshqa jismlardagi yozuvlar kiradi.
Ma‘naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq o‗tmishdan qolgan qo‗lyozma 
asarlari hamda odamlarning turish-turmushi va urf-odatlarini o‗zida aks ettiruvchi 
materiallari, shuningdek kishilar ongida saqlanib qolingan (qo‗lyozma asarlar 
hamda odamlarning turish-turmushi) urf-odat va an‘analar kiradi. Xullas, tabiat va 
jamiyatning kechmishi bilan bog‗liq bo‗lgan har bir narsa tarixiy manba bo‗lishi 
mumkin, tabiat va jamiyat esa bir-biri bilan bog‗liqdir. 
Tarixiy manbalar inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo‗lganligi 
sababli, ijtimoiy hayotning hamma tomonlari va bo‗lib o‗tgan hodisalarni o‗zida 
aks ettiradi. Shuning uchun ham qadimgi odamlarning turish-turmushi va ijtimoiy 
faoliyati qay tarzda kechganligini tarixiy manbasiz o‗rganib bo‗lmaydi. 
Manbalar ustida ish olib borganda shuni ham eslatib o‗tish lozimki, har bir 
tarixiy davrning o‗ziga xos xususiyati bo‗lib, u avval hukmron tuzumning ijtimoiy-



siyosiy xususiyatlarini, ishlab chiqarish usullari, o‗sha davrda mavjud bo‗lgan 
moddiy madaniyat va yozuv texnikasining umumiy darajasi bilan ajralib turadi. 
Shu bilan birga, ba‘zi bir davrlarda fan va madaniyat jamiyatning moddiy 
taraqqiyotidan birmuncha ilgarilab ketishi yoki orqada qolishi ham mumkin. 
Manbashunoslikning vazifalariga kelsak, tarixiy manbalarni topish va ularni 
turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o‗z aksini topgan yoki 
bayon etilgan voqealar, keltirilgan faktlarning to‗la va ob‘ektivligini aniqlash 
manbashunoslikning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Tarixiy manbalarni ularning umumiy xususiyatlari, o‗tmishini o‗zida aks 
ettirishga qarab, quyidagicha bo‗lish mumkin: 
I.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə