O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
III.Lingvistik manbalar.
Tilimizda, aniqrog‗i uning leksik tarkibida uzoq 
o‗tmishdan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘muriy va huquqiy atamalar: xiroj (O‗rta 
asrlarda aholidan, asosan dehqonlardan olinadigan asosiy soliq; daromad solig‗i), 
ushr (soliq turlaridan; daromadning 1/10 qismini tashkil etgan), zakot (chorva va 
mol-mulkdan kambag‗allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq, miqdori mol-
mulkning 1/40 qismini tashkil etgan). Suyurg‗ol (shahzodalar va amirlarga toju-
taxt oldida ko‗rsatgan katta xizmatlari uchun berilgan yer-suv) cherik (qo‗shin), 
qorovul (qo‗shinning oldi va yon tomonlardan boradigan maxsus harbiy bo‗linma), 
xalifa (Muhammad (s.a.v) payg‗ambarning o‗rinbosari; O‗rta asrlarda arab 
musulmon davlatining boshlig‗i), mirishkor (to‗g‗rirog‗i miri shikor: podshoh va 
xonlarning ov qushlari va ov hayvonlarini tasarruf etuvchi mansabdor; ov 
mutasaddisi), mirob (suv taqsimoti bilan shug‗ullanuvchi mansabdor), qozi (shariat 
asosida ish yurituvchi sudya), yorliq (O‗rta asrlarda oliy hukmdor tarafidan 
beriladigan rasmiy hujjat), vaqfnoma (yer-suv yoki daromadning ma‘lum qismini 
masjid, madrasa va mozorlarga in‘om etganligi haqida tuzilgan maxsus hujjat) joy 
hamda xalq, qabila va urug‗ nomlari: Aravan, Kampir, Ravot, Nukus, Xo‗jayli, 
Chinoz, Nayman, Saroy, Qo‗ng‗irot va boshqalar juda ko‗p uchraydi. Bu va 
shunga 
o‗xshash atamalar shubhasiz qimmatli tarixiy manba bo‗lib, 
ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini o‗rganishga yordam beradi. Ularning 
kelib chiqish va etnologiyasini lingvistika fani o‗rganadi. 
IV.Xalq og„zaki adabiyoti.
Og‗zaki adabiyot madaniyatining eng qadimgi 
sohalaridan bo‗lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib 
taqaladi. Og‗zaki adabiyotning ayrim namunalarini qadimgi yunon tarixchilari, 
shuningdek Tabariy, Ma‘sudiy, Beruniy, Firdavsiy, Ibn al-Asir kabi sharq 
olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Qayumars, Jamshid va Siyovush 
haqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To‗maris va Shiroq haqidagi qissalar shular 
jumlasidandir.
Urug‗chilik va feodalizm davri taraxini, ayniqsa patriarxal-feodal 
munosabatlarni o‗rganishda, «Alpomish», «Go‗ro‗g‗li» kabi dostonlar, shuningdek 
xalq ertaklari, marosim qo‗shiqlari, matal va topishmoqlarning roli ham benihoya 
kattadir. Yozma adabiyotdan avval paydo bo‗lgan bu xalq durdonalari turli 
ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turish-turmushi, ma‘naviy qiyofasi, urf-
odati, ayniqsa uzoq o‗tmishda ham hukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida 
qimmatli ma‘lumot beradi. 
Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (ing. folk-lore ―xalq donoligi‖ 
donishmandlik, xalq donoligi) fani shug‗ullanadi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə