O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Moddiy (ashyoviy) manbalar.
Ma‘lumki kishilik jamiyat tarixi qariyb 3 
mln. yillik davrni o‗z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo‗lganiga esa ko‗p vaqt 
o‗tganicha yo‗q. Masalan sivilizatsiyaning ilk o‗choqlaridan bo‗lmish O‗rta 
Osiyoda dastlabki yozuv oromiy yozuvi negizida taxminan eramizdan avvval bir 
ming yillik o‗rtalarida paydo bo‗lgan. Tarixchi Erkin Oxunjonovning ma‘lumotiga 
ko‗ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o‗n sakkiz xil yozuv turi mavjud bo‗lgan, 
lekin afsuski, ko‗hna tariximizni o‗zida aks ettirgan yozma manbalarning katta 
qismi bizning zamonamizgacha yetib kelmadi. Ularning ko‗pchiligi bosqinchilik 
urushlar vaqtida, qolaversa tabiiy ofatlar oqibatida yo‗q bo‗lib ketgan. Ilk tarixning 
ayrim lavhalari o‗tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog‗liq 
bo‗lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog‗i ularninig bizgacha saqlangan qoldiqlari 
yetib kelgan. 
Moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va 
dafn etilgan joylar, ularning mehnat va urush qurollari, bino va turli inshootlar 
(qal‘a va qasrlar, hammomlar va karvonsaroylar, hunarmandchilik ustaxonalari 
hamda suv inshootlari va boshqalar) ning qoldiqlari, uy-ro‗zg‗or va zeb-ziynat 
buyumlari tushuniladi. 
Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o‗rganish ishlari bilan arxeologiya 
ilmi (yunon, arxeo-qadimiy, logos – ilm o‗tmish haqidagi ilm; kishilik 
jamiyatining uzoq o‗tmishini o‗rganuvchi ilm) shug‗ullanadi. 
II.Etnografik manbalar.
Xalqlarning kelib chiqish bilan bog‗liq bo‗lgan 
material va ma‘lumotlar, xalq, qabila va urug‗ nomlari, inson qo‗li va aql-zakovati 
bilan yaratilgan qurol va buyumlarning naqsh va bezaklari, kishilar ongida, 
shuningdek og‗zaki va yozma adabiyotlarda saqlanib qolgan o‗tmish tarzi 
etnografik manba hisoblanadi. 
Bularning barchasini etnografiya (yunon, ἔθνος-―etnos‖-xalq, γράφω-
―grapho‖ – yozaman, tasvirlayman, xalq haqidagi ma‘lumotlar; xalqshunoslik) ilm 
tekshiradi va o‗rganadi. 




Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə