O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


O„zbekistonning qadimgi davri (mil. avv. VII - IV asrlar) manbashunosligi



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
O„zbekistonning qadimgi davri (mil. avv. VII - IV asrlar) manbashunosligi. 
Bugungi kunda O‗zbekistonning qadimgi davr tarixini o‗rganishda tarixchilar 
oldida ko‗plab dolzarb vazifalar turibdi va bu masala davlat siyosati darajasiga 
ko‗tarilgan.
Hozirgi kunda O‗zbekistonning qadimgi davr tarixi bo‗yicha quyidagi 
masalalar kengroq yoritilgan: 
- qadimgi davrning yozma manbalardagi tahlili; 
- qadimgi davrning afsonalar bilan bog‗liq jihatlari; 
- «Avesto» ma‘lumotlari tahlili; 
- qadimgi davrning arxeologik jihatdan o‗rganilishi; 
- ilk davlatchilikning shakllanish jarayoni; 
- qadimgi davrda yozuvning shakllanishi. 
Ushbu masalalarning o‗rganilishi orqali O‗zbekistonning qadimgi davrdagi 
ijtimoiy, 
iqtisodiy, 
siyosiy, 
madaniy 
tarixi 
yoritib 
berildi. 
Umuman, 
O‗zbekistonning qadimiy tarixini ilmiy jihatdan o‗rganish XIX asrning ikkinchi 
yarmidan boshlangan. Bunda rus sharqshunoslari, geograflari, arxeologlari muhim 
o‗rin egallagan. XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning 30-yillarigacha 
O‗zbekistonning qadimgi davri bo‗yicha dastlabki ma‘lumotlar to‗plana borgan, 
lekin uning o‗rganilish jarayoni sekin kechgan. Qadimgi davr bo‗yicha nihoyatda 
kam ma‘lumot aniqlangan. 
Rus sharqshunosi V.V. Bartold tadqiqotlarida qadimgi davr tarixi 
«Musulmonlargacha bo‗lgan davr» deb nomlangan bo‗lib, o‗sha davrdagi mavjud 


38 
bilimlar asosida yoritilgan. Lekin keyingi davrlarda arxeologiya sohasidagi izchil 
tadqiqotlar qadimgi davr tarixini kengroq yoritish imkonini berdi. 
XX asrning 30-yillarida O‗rta Osiyoning tarixini, yodgorliklarini o‗rganish 
bo‗yicha tashkil qilingan Xorazm, Termiz, Farg‗ona, Toshkent, Buxoro arxeologik 
ekspeditsiyalari qadimgi O‗zbekiston tarixini o‗rganishda muhim bosqichni 
boshlab berdi. Mazkur ekspedisiyalar faoliyati natijasida O‗zbekiston hududidagi 
qadimgi davr yodgorliklarini keng ko‗lamda o‗rganish jarayoni boshlandi. 
O‗zbekistonning qadimgi davrini o‗rganish bo‗yicha qo‗lga kiritilgan yutuqlar 
asosida 1956 yilda S.P. Tolstov tahriri asosida 2 jildlik «O‗zbekiston tarixi» 
darsligi yaratildi. U uzoq yillar davomida oliy ta‘lim tizimidagi tarix 
mutaxassisligining asosiy darsligi sifatida qo‗llanilib kelindi. Bu darslik o‗sha 
davrda tarix va arxeologiya fani yangiliklarini o‗zida aks ettirgan, barcha tarixiy 
davrlarni batafsil yoritgan manba hisoblangan. 
XX asrning 30-yillarigacha tarixchilar o‗rtasida asosiy munozarali bo‗lgan 
qadimgi davrdagi ijtimoiy tuzum masalasi o‗z yechimini topdi. S.P. Tolstov 
Xorazm hududida olib borgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida qadimgi 
O‗zbekiston hududida o‗ziga xos qulchilik munosabatlari mavjud bo‗lganligini 
asoslab berdi va uni «O‗rta Osiyocha ishlab chiqarish usuli» deb nomladi. 
O‗zbekistonda qadimgi davrda tabiiy sharoitga mos holda o‗ziga xos ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar rivojlanganligi keyingi davr tadqiqotlarida ham isbotlandi. 
XX asrning 60-80-yillari davomida qadimgi davrni arxeologik jihatdan 
o‗rganish keng ko‗lamda davom etdi. Bu davrda faoliyat yuritgan olimlar S.P. 
Tolstov, M.Ye. Masson, M.M.Dyakonov, A.P.Okladnikov, M.M.Gerasimov, 
G.Grigorev, 
A.Yu.Yakubovskiy, 
Ya.G‗.G‗ulomov, 
M.P.Gryaznov, 
A.N.Bernshtam, A.I.Terenojkin, B.A.Latinin, A.M.Beleniskiy, V.A.Shishkin, 
V.M.Masson, B.A.Litvinskiy, GA.Pugachenkova, P.I.Albaum, M.R.Qosimov, 
T.Mirsoatov, I.A.Itinaning ilmiy tadqiqot ishlari natijasida qadimgi davr tarixi 
keng ko‗lamda yoritildi. 
O‗zbekiston mustaqilligi yillarida, ayniqsa, XXI asr boshlarida 
O‗zbekistonning qadimgi davr tarixini o‗rganishda arxeolog olimlar tomonidan 
katta yutuqpar qo‗lga kiritildi va bu jarayon bugungi kun-gacha davom etib 
kelmoqda. 
Bu 
davrda 
A.Asqarov, 
O‗.Islomov, 
A.Muhammadjonov, 
Yu.F.Buryakov, R.H.Sulaymonov, E.V.Rtveladze, A.Kabirov, A.S.Sagdullaev, 
V.N.Yagodin, A.Anorboev, Sh.Shaydullaev, B.Matboboev, A.V.Vinogradov, 
M.Jo‗raqulov, TShirinov, M.Mambe-tullaev, G‗.Xodjaniyozov va boshqa olimlar 
olib borgan tadqiqotlar O‗zbekiston arxeologiyasi rivojlanishida, shuningdek, 
qadimgi davr tarixini yoritishda muhim bosqich bo‗ldi. 
Qadimgi davr tarixini yoritishda keyingi davrlarda muhokama bo‗layotgan 
eng muhim masalalardan biri, bu ilk davlatchilik masalasidir. O‗zbekistonda 


39 
davlatchilik tarixi masalalari va qadimgi davr bo‗yicha o‗quv qo‗llanma, ilmiy 
asarlar nashr qilindi. Bu ilmiy adabiyotlar bo‗lajak tarixchilar va tarixga 
qiziquvchilar uchun hozirgacha muhim qo‗llanma bo‗lib xizmat qilmoqda. 
Qadimgi O‗zbekiston hududida shakllangan ilk davlatlar - Qadimgi Baqtriya 
podsholigi va «Katta Xorazm» tarixini o‗rganish XIX asrning oxiri - XX asrning 
boshlarida «Avesto», yunon va rim yozma manbalarga asoslandi. 
XX asrning 30-yillarida O‗zbekistonda boshlangan arxeologik tadqiqotlar 
mazkur yozma manbalardagi ma‘lumotlarni arxeologik materiallar bilan 
taqqoslashga imkon berdi. XX asrning ikkinchi yarmida Qadimgi Baqtriya 
hududidan Sopollitepa, Jarqo‗ton, Bo‗ston yodgorliklari topildi. Ular A.Asqarov, 
B.Abdullaev, T.Sh.Shirinov, U.Rahmonov, Sh.Shaydullaev, N.A.Avanesova, 
D.Xuff tomonidan chuqur o‗rganildi. 
Qadimgi Baqtriya podsholigi O‗zbekiston hududida shakllangan ilk davlat 
va u to‗rt ming yillik tarixga egaligi asoslandi. Mil. avv. XIX-XVIII asrlarga oid 
Jarqo‗ton yodgorligi O‗zbekiston hududidagi ilk shahar bo‗lib, unda dastlabki 
davlatchilik elementlari mavjudligi asoslab berildi. Sh. Shaydullaev tadqiqot ishida 
birinchi marta ilk davlatning 24 ta arxeologik belgisini va shu asosda 11 ta ijtimoiy 
belgilarini ko‗rsatdi. Shu arxeologik va ijtimoiy belgilar asosida Jarqo‗ton 
yodgorligi ilk shahar-davlat ekanligini ko‗rsatib o‗tdi. 
Qadimgi Xorazm hududida shakllangan ilk davlat-«Katta Xorazm» qabilalar 
konfederatsiyasi masalasi ham olimlar o‗rtasida 100 yildan ko‗proq muhokama 
qilinayotgan bo‗lsada, haligacha o‗zining yechimini topgan emas. XX asr 
boshlarida «Katta Xorazm» tushunchasini nemis olimlari I. Markvart, V. Xenning 
yunon mualliflari Gekatey, Gerodot va «Avesto» ma‘lumotlari asosida ilgari 
surishgan edi. 
XX 
asrning 
80-yillarigacha 
bo‗lgan 
davrda 
Xorazm 
arxeologik 
ekspeditsiyasi a‘zolari tomonidan bu davlatning mavjudligini arxeologik 
ma‘lumotlar asosida isbotlashga harakat qilganlar. XX asrning 80-yillaridan keyin 
bu birlashma mavjudligini inkor etuvchi ilmiy g‗oyalar ilgari suriladi. 
«Katta Xorazm» davlati o‗rganilish jarayonidagi ilgari surilgan fikrlar tahlil 
qilinib, «Katta Xorazm» davlati qabilalar konfederatsiyasi ekanligi asoslangan
lekin uning Gerodot ma‘lumotida ko‗rsatilgandek nihoyatda katta hududni 
egallaganligi shubha ostiga olingan, chunki bu arxeologik jihatdan o‗z isbotini 
topgan emas. 
Xorazm hududidagi ilk davlatchilikning shakllanishi masalasi yozma 
manbalar asosida tahlil etilgan va arxeologik manbalar asosida isbotlangan. 
Xorazmda ilk davlat mil. avv. VII - VI asrlarda vujudga kelgan bo‗lib, u 
Ko‗zaliqir, Xumbuztepa, Hazorasp yodgorliklari asosida o‗rganilgan. Demak, 
Xorazm hududida ahamoniylar hukmronligiga qadar davlat mavjud bo‗lgan. 


40 
Qadimgi Xorazm tarixi bo‗yicha eng munozarali masala uning mil. avv. IX - 
VIII asrlardagi taraqqiyoti bilan mil. avv. VII - VI asrlardagi rivojlanish 
jarayonining bir-biridan keskin farq qilishidir. Qadimgi Xorazm tarixida bunday 
o‗ziga xoslik Abu Rayhon Beruniy ma‘lumotlarida Siyovushning kirib kelishi 
bilan izohlangan. Ba‘zi noaniq ma‘lumotlar yunon mualliflari asarlarida mavjud 
bo‗lib, bu masala I.V. Pyankov, I.N. Xlopin tadqiqotlarida atroflicha tahlil 
qilingan. Tadqiqotchilar dastlabki xorazmiylar janubda, ya‘ni Turkman-Xuroson 
tog‗i oldida yashab, ahamoniylar davrida Quyi Amudaryo bo‗ylariga ko‗chib 
kelishgan, degan xulosani berganlar. 
XXI asr boshlarida Janubiy Xorazm hududida olib borilgan arxeologik 
tadqiqotlar natijasida S.B.Bolelov va S.R.Baratov bu ma-salani arxeologik 
manbalar asosida tahlil qildilar. S.Rbaratov, Meshekli va Ucho‗choq yodgorliklari 
tahlili asosida «Xorasmiylar mil. avv. VII asrning birinchi yarmida, balki Kiaksar 
davrida Tajan-Herirud, Seraxs vohasi hududlarida yashashgan. Keyinchalik 
Doroning soliq siyosati tufayli xorazmiylar Akes hududini tashlab, hozirgi Quyi 
Amudaryo bo‗ylariga kelib qolishgan. Qal‘a-shaharlarni bunyod qilganlar. 
Sug‗orma dehqonchilik bilan shug‗ullanganlar. Shuningdek, bu yerga ahamoniylar 
siyosatidan norozi bo‗lgan midiyalik, parfiyalik, marg‗iyonaliklar ham ko‗chib 
kelishgan. Bu bilan Xorazmning arxaik davr madaniyatining xilma-xilligini 
asoslash mumkin» degan xulosa beradi. Mil. avv. VII asr oxirlariga oid 
Xumbuztepa yodgorligi topilmalari ham S.R.Baratov fikrini tasdiqlaydi. 
Mil. avv. I ming yillik boshlarida qadimgi Xorazm hududida yarim yerto‗la, 
yerto‗lalarda yashab dastlabki dehqonchilik madaniyati yaratgan amirobodliklarda 
Janubiy Oqchadaryo deltasining qurishi bilan chorvachilik xo‗jaligi rivojlanadi va 
ular shimoliy sharq tomonga ko‗chib, Shimoliy Oqchadaryo bo‗ylari va 
Sirdaryoning qadimiy deltalari bo‗ylariga ko‗chib borib, o‗ziga xos madaniyatni 
shakllantirganlar. Mil. avv. VII asr davomida amirobodliklar shimoli-sharqga 
ko‗chgan bo‗lsa, janubda istiqomat qilgan xorasmiylar shimol tomonga ko‗chib, 
Quyi Amudaryo bo‗ylariga kelib joylashganlar. 
Sug‗diyonada dastlabki davlatchilik izlari ilk temir va arxaik davrlarga oid 
yodgorliklar asosida o‗rganilgan. Sug‗diyona hududidan topilgan Uzunqir, 
Sangirtepa, Daratepa, Yerqo‗rg‗on, Ko‗ktepa, Lolazor yodgorliklarini ilk voha-
davlat tizimi bilan bog‗laydilar. 
Farg‗onada rivojlangan dehqonchilik madaniyati - Chust madaniyati mil. 
avv. XIII asrlarga oid bo‗lib, uning izlari Namangan, Andijon, Samarqand va 
Qashqadaryo hududlaridan ham topilgan. Yodgorliklar sug‗orish tarmoqlari 
bo‗ylarida joylashgan. Har bir sug‗orish tarmog‗i hududida bitta yirik shahar
shahar atrofida esa ko‗plab qishloq tipidagi yodgorliklar joylashganligi aniqlangan. 
Bu belgilar Chust madaniyatining so‗nggi davrida Farg‗ona hududida shahar-


41 
davlatlarning tarkib topganligini ko‗rsatadi. Bu mil. avv. VII asrlarga oid Eylatan 
madaniyatida o‗z aksini topgan. Eylatan madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‗ona 
vodiysining deyarli barcha hududlaridan aniqlangan. Mazkur yodgorliklar orasida 
eng yirigi Dalvarzintepa bo‗lib, u so‗nggi bronza va ilk temir davrlarida butun 
Farg‗ona shahar-davlatlarining markazi bo‗lgan degan xulosani beradilar. Qadimgi 
Farg‗ona tarixi haqida xitoy yozma manbalarida ma‘lumotlar ko‗p uchraydi. 
So‗ngi bronza va ilk temir davrida qadimgi Toshkent vohasida ham o‗ziga 
xos rivojlanish aniqlangan. Bu yerlarda dehqonchilik kichik-kichik soy etaklarida 
yoki buloq yoqalarida vujudga kelib, ibtidoiy usulda olib borilgan. Zaminning 
tabiiy geografik sharoitidan kelib chiqib sug‗orma dehqonchilik xo‗jaligi 
rivojlangan. Chirchiq, Ohangaron va ularning irmoqlarida Toshkent vohasining 
eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Burg‗uluq madaniyati tarkib topdi. Uning 
so‗nggi bosqichlarida, ya‘ni mil. avv. III - II asrlarda Toshkent hududida Qanqa, 
Shoshtepa yodgorliklari vujudga keladi. Tadqiqotchilar bu yodgorliklarda ilk 
davlatchilik elementlarini ko‗radilar. Ular O‗zbekiston davlatchiligi taraqqiyotida 
alohida o‗rin egallaydi. 
Mustaqillik yillarida qadimiy shaharlar yubileylarining nishonlanishi ham 
qadimgi davr tarixini yoritishda muhim o‗rinni egalladi. 1997 yilda Buxoro va 
Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va 
Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, 2006 yilda Qarshi shahrining 2700 yilligi, 2007 
yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‗ilon shahrining 2000 yilligi, 
2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi. Qadimiy shaharlar 
tarixini 
yoritishda 
yubiley 
munosabati 
bilan tashkil qilingan xalqaro 
konferensiyalar qadimgi davr tarixining eng dolzarb masalalarini yoritib berdi. 
O‗zR FA Tarix instituti tomonidan doimiy o‗tkazib kelinayotgan akademik Yahyo 
G‗ulomov nomidagi «O‗zbek xalqi va davlatchiligi tarixi» respublika ilmiy 
seminarlarida davlatchilik tarixi masalalari bilan birgalikda qadimgi davr tarixining 
dolzarb masalalariga e‘tibor qaratib kelinmoqda. 
Bugungi kunda qadimgi davr tarixini o‗rganish borasida qo‗lga 
kiritilayotgan yutuqlarni o‗zida jamlagan o‗quv qo‗llanma, darslik yoki ilmiy 
nashrga ehtiyoj katta. Shuningdek, qadimgi davr tarixini o‗rganishdagi 
muammolardan yana biri arxeologik va tarixiy ilmiy asarlarning rus tilida chop 
etilishi hisoblanadi. Hozirgi kunda bunday muammolarni bartaraf etish, xalqimizga 
boy qadimiy tariximizga oid ilmiy, o‗quv adabiyotlarini o‗zbek tilida nashr etish 
dolzarb masalaga aylangan. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə