O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
Qadimgi yunon va rim manbalari. 
O‗rta Osiyo, shuningdek O‗zbekistonning 
qadimgi va antik davrdagi tarixini o‗rganishda qadimgi Yunon va Rim tarixchilari 
hamda geograflarning asarlari muhim manba bo‗lib xizmat qiladi. O‗rta Osiyo 
xalqlari Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI—IV asrlar 


42 
siyosiy voqealarida ishtirok etishgan. O‗rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi
yunon tarixshunoslarining asarlarida yoritilgan.
Bu borada Markaziy Osiyo xalqlari to‗g‗risida juda aniq ma‘lumotlar
beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi
davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo‗lib
hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan. Gerodot
miloddan avvalgi 484 yilda Kichik Osiyodagi Galikarnass shahrida tug‗ilgan 
(miloddan avvalgi 431-425 yillar o‗rtasida vafot etgan). U 10 yil davomida 
(miloddan avvalgi 455-445 yillar) Liviya, Misr, Ossuriya, Bobil, Ekbatonga 
sayoxat qilib, Qadimgi Sharq tarixi haqida ko‗pdan-ko‗p ma‘lumotlar to‗plagan. 
Misr fir‘avnlarining maqbaralari, Bobil mudofaa devorlari va muqaddas 
minoralari, Qora Dengiz shimoliy sohilidagi skif mozor-qo‗rg‗onlari Gerodotni 
zavqlantirib, uning Qadimgi Sharq tarixi va madaniyatiga ma‘lum bo‗lgan
qiziqishlarining g‗oyat kuchayishiga asos solgan.
Gerodotning Old Osiyo, Bobil, Eron, va «dunyo chegaralarida» joylashgan 
xalqlar va davlatlar tarixi ham ancha qiziqtirgan. Qadimgi yunonlarning fikrlariga
ko‗ra, Markaziy Osiyo va Hindiston o‗lkalari inson yashagan dunyoning sharqiy 
chegaralari bo‗lgan. Gerodot Markaziy Osiyoda hech qachon bo‗lmagan va bu
hudud haqida o‗z eshitgan hikoyalari, surushtirib bilganlari asosida yozgan.
Gerodot «Tarix» kitobini miloddan avvalgi 455-445 yillar davomida yozgan. 
Bu muhim asarida u Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 13 marta, sug‗dlarni 2
marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta
tilga olib, ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya 
qilgan.
Gerodotning Markaziy Osiyo to‗g‗risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-
massagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To‗maris o‗rtasidagi siyosiy 
munosabatlar, 
ahamoniylar 
harbiy 
qo‗shinlari 
safida 
yurtimiz 
xalqlari 
jangchilarining ishtiroki, ularning yarog‗-aslahalari, yo‗lboshchilari, fors-yunon 
urushlarida ularning ko‗rsatgan jasorati, xalqlarning ahamoniylar davlatiga 
bo‗ysunishi va maxsus xiroj to‗lashi, sak-massagetlarning urf-odatlari, turmush 
tarzi va diniy e‘tiqodi, Markaziy Osiyodagi Akes daryosining suvlaridan 
foydalanishi haqida va boshqa ayrim ma‘lumotlardan iborat.
Gerodot Markaziy Osiyoda xalqlar joylashuvidagi nafaqat aniq balki 
umumiy chegaralardan ham bexavar bo‗lgan. Tarixchi massagetlarning joylashuvi 
haqida bunday yozadi: «sharqda, quyosh chiqishi yo‗nalishida, Araks daryosining 
narigi yonda joylashganlar...Araks daryosi Matiyona tog‗laridan boshlab oqadi». 
Araks-bu Amudaryo. Matiyona tog‗lari, Gerodotning tushunishicha, Pomir yoki
Hindiqush tizmalaridir, chunki tarixchining aytishicha, Matiyona tog‗larida Hind 
daryosi ham boshlanadi. 


43 
Ma‘lumki, Ahamoniylar podsholari Markaziy Osiyoda birinchi bo‗lib 
Parfiya, Marg‗iyona, Baqtriya va saklarni buysundirishni rejalashtirganlar. 
Gerodot xabarlariga ko‗ra, harbiy yurishlariga «Bobil, Baqtriya xalqi, misrliklar 
to‗siq bo‗lib turganlar» (Gerodot, 13).
Gerodot ma‘lumotlarida berilgan «Baqtriya xalqi» shunchasi ma‘lum bir 
etnik birlikni birlashtirgan «halq» ma‘nosini beruvchi «etnos» tushunchasida 
kelgan.
Gerodotning aytishicha, Doro I ahamoniylar davlatini 20 ta o‗lkaga bo‗lgan. 
Tarixchi Markaziy Osiyo xalqlari haqida bunday habar qiladi:
«Baqtriyaliklardan egeylargacha bo‗lgan xalqlar 300 talant soliq 
to‗laganlar. Bu o‗n ikkinchi o‗lka» Tarix. III kitob, 92. Ill, 93. «Saklar va
kaspiylar 200 talant to‗laganlar. O‗n beshinchi o‗lka. Parfiyaliklar, xorazmliklar, 
Sug‗dlar va ariylar 300 talant to‗laganlar. Bu-o‗n oltinchi o‗lka» (Bir talant 33,6 
kg. kumushdir).
Gerodot muntazam ravishda ahamoniylar harbiy qo‗shinlaridagi yurtimiz 
xalqlarining jangchi vakillari xaqida yoritadi: Tarix VII, 64. «Baqtriyaliklarnnng
ust-boshi midiyaliklarning ust-boshiga o‗xshagan, ular o‗q-yoy va kalta
nayzalar bilan qurollanganlar. Saklar (skif qabilasi) uzun cho‗qqili qalpoqlar
kiyib, kamon va xanjarlar bilan qurollanganlar, yana ularda ikki qirrali harbiy 
boltalar - sagarislar bo‗lgan. Ushbu qabila (aynan skif qabilasi) amirgiy saklar
deb nomlangan. Forslar skiflarning hammasini saklar deb ataganlar.
―Baqtriyaliklar va saklarning sardori Gistasp-Kassanda va Kirning qizi 
Atossaning o‗g‗li bo‗lgan».
«Parfiyaliklar, 
xorazmliklar, 
Sug‗dlar, 
Gandariylar 
va 
dadiklar 
baqtriyaliklar-nnng qurollariga o‗xshagan yaroq-aslahalari bilan harbiy yurishni 
boshlaganlar. Ularning yo‗lboshchilari: parfiyaliklar va xorazmliklarniki-Farnak
o‗g‗li Artaboz; sug‗dlarniki-Artey 
o‗g‗li Azan bo‗lgan». 
«Baqtriya 
chavandozlarining qurollari piyoda askarlari qurollariga o‗xshagan».
Gerodot hikoyalarining asosiy qismi massagetlarga bag‗ishlangan: «Shu 
xalqlarga ega bo‗lgandan so‗ng, Kir massagetlarni istilo qilish maqsadini o‗z 
oldiga qo‗ygan. Albatta, O‗zbekistonning qadim tarixini ko‗chmanchi sak, 
massaget qabilalarisiz tasavvur qilish qiyin. Ular qadim sivilizatsiya o‗choqlari - 
Baqtriya, So‗g‗d, Xorazm, Farg‗ona, Toshkent vohalari bilan qo‗shni xalqlar 
sifatida yashab kelishgan. Ko‗chmanchi va o‗troq aholi doimo madaniy, 
iqtisodiy va etnik aloqada bo‗lishgan.
Ko‗chmanchi xalqlar o‗rtasida ijtimoiy tabaqalanishuv va davlatchilik
tizimining shakllanishi to‗g‗risida fanda har xil g‗oyalar mavjud. Bir guruh 
tarixchilar "ko‗chmanchilar o‗z holicha faqat birinchi bosqich ilk sinfiy
munosabatlar darajasigacha rivojlanishi mumkin.


44 
Ikkinchi bosqich rivoji esa faqat qo‗shni dehqon va shahar jamoasi 
ta‘siriga bog‗liq bo‗lgan" - degan fikrni ilgari surishadi. Boshqa bir guruh
tarixchilar esa "Ko‗chmanchilar o‗z holicha, ya‘ni sivilizatsiyaga erishgan
qo‗shni xalqlarning ta‘sir doirasidan tashqarida rivojlanganda edi, ular xatto
birinchi bosqichga - ilk sinfiy munosabatlar darajasiga ham chiqa olmagan 
bo‗lar edi,- deb hisoblaydi.
Ushbu noto‗g‗ri fikrlar ko‗chmanchi xalqlarning yashash tarzini, ular 
yaratgan moddiy madaniyat tarixini yaxshi bilmaslik natijasida paydo bo‗lgan.
Ishlab chiqarishning asosi dehqonchilik jamoalarda yer, shahar xo‗jaligida
hunarmandchilik va savdo tashkil qilgan bo‗lsa, chorvador-ko‗chmanchi 
xalqlarda chorva hisoblanadi. Ma‘lumki, chorva shaxsiy mulk hisoblanadi. 
Yaylovlar, jamoa taraqqiyotining ilk bosqichlarida umumiy bo‗lgan. Lekin,
xususiy mulkchilikning rivojlanishi natijasida yaylovlar ham asosiy vosita
sifatida bo‗lib olindi. Suv havzalari, yaylovlar mollarni boqish va
ko‗paytirishning asosiy omillaridan biriga aylandi. Natijada yaylovlar, chorva 
mollari va suv havzalarini qo‗riqlash uchun qurollangan jangchilarga ehtiyoj 
tug‗ildi.
Ko‗chmanchi qabila va elatlar keng hududlar, yaylovlarning egasi 
bo‗lib, ayni paytda o‗sha hududda joylashgan barcha tabiiy boyliklarning ham 
egasi hisoblangan.
Ko‗chmanchi jamoalarda ko‗proq ikkita ijtimoiy qatlam kuzatiladi. Katta
chorvaga ega bo‗lgan hukmdorlar va ularga xizmatda bo‗lgan kambagallar.
Markaziy Osiyo ko‗chmanchilarining yashash tarzi, oilaviy munosabatlari va
ijtimoiy tabaqalanishi masalalarini «Avesto», Gerodot va antik davr tarixchilari 
asarlaridan bilib olishimiz mumkin. O‗rta Osiyo ko‗chmanchi qabilalari
to‗g‗risidagi eng qadimgi yozma manba «Avesto»da «uchqur otli turlar» sifatida 
eslanadi. «Avesto»ning Yasht qismida ko‗chmanchi tur qabilasining shohi 
Frangrasyan (Afrosiyob - Alp Er To‗nga) butun oriylar mamlakatining 
yo‗lboshchisi sifatida tilga olinadi. «Avesto» ma‘lumotlariga qaraganda Kavi
Usanning o‗g‗li Syavarshan Frangrasyan yurtiga, ya‘ni «Turlar mamlakatiga
qochadi» va «baland ilohiy Kangxe» ustida Xshatrosauka qo‗rg‗oniga asos
soladi. Frangrasyanning butun Oriylar ustidan hukmronlik qilganligi 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar O‗rta Osiyo ko‗chmanchilarida ahamoniylar 
davrigacha bo‗lgan davrlarda davlatchilik tizimi bo‗lganligini isbotlaydi.
Antik davr Yunoniston tarixchilari O‗rta Osiyo ko‗chmanchilarining 
joylashishini quyidagicha o‗z asarlarida yoritishgan: O‗rta Osiyoning g‗arbida,
cho‗l va dashtlarda «massaget» (derbik) qabilalari ..., sharqida, tog‗ va cho‗l
qismlarida «Sak» qabilalari..., Tanais (Sirdaryo) daryosi bo‗ylarida va uning 
ortida «Dai»lar istiqomat qilishgan.


45 
Gerodotning xabar berishicha «Massagetlar ot ustida qilich o‗ynatishni,
yerda jang qilishni maromiga yetkazadilar. Kamonbozlikda ularga teng
keladigan xalq yo‗q, qilichbozlikda ustasi farang. Butun ashyolari oltin va
misdan yasalgan. Jang qurollari misdan, bosh kiyimlari, tasmalari va kiyimlari
oltindan yasalgan yoki oltin bilan bezatilgan. Otlarini ham qalqon bilan
himoya qiladilar, qalqonlari misdan yasalgan va jabdug‗lari oltin bilan bezatilgan. 
Ularning yurtida temir va kumush uchramasligi sababli, Massagetlar temir va
kumushni ishlatishmaydi, oltin bilan misga juda boy. Odamlari oddiy». Arrian
esa «Massagetlar kambagal va haqparvar kishilar, yagona yutug‗i kamon va 
o‗q, ovqati go‗sht va sut, kiyimlari teridan, hukmdorlari ham, oddiy kishilari ham
baravar, mehmondo‗st, tinchlikparvar va ozoddir»,- deb yozadi.
Massagetlarning yashash tarzi to‗g‗risida yunonistonlik tarixchilar quyidagi 
ma‘lumotlarni qoldirishgan: «Ular Skiflar singari ko‗chmanchi hayot kechiradilar.
Massagetlarning shaharlari, hattoki doimiy yashaydigan uylari ham yo‗q. To‗rt
g‗ildirakli aravani uy sifatida biladilar. Chorvachilik asosiy mashg‗ulotlari
hisoblanadi» .
Sak qabilalari to‗g‗risida ham shuncha o‗xshash ma‘lumotlar bor. 
«qishloq va shaharlari yo‗q. Aravada yashashadi, faqat chorvachilik bilan 
shug‗ullanadi». Ktesey esa Saklarning dehqonchilik bilan shug‗ullanishi va oz 
bo‗lsada shaharlari borligi xususida yozgan. Ko‗chmanchilar konfederatsiyasini
qabila boshliqlari - xukmdor, shohlar boshqargan. Bunga misol qilib
Massagetlarda To‗marisni, Saklarda Zarina, shoh Omarg, shoh Sparetralarni 
ko‗rsatish mumkin. Shoh o‗z xalqining yo‗lboshchisi, hukmdori hisoblangan. 
Urush vaqtida jangga rahbarlik qilgan.
O‗rta Osiyo ko‗chmanchilari siyosiy hayotida xalq yig‗ini muhim o‗rin 
tutgan, chunki xalq yig‗inida barcha qurolli jangchilar qatnashgan va unda eng 
muhim - urush yoki sulh masalalari hal qilingan. Agar yig‗inda urush to‗g‗risida 
bitimga kelinsa, hamma jangga otlangan. Massagetlar qo‗shini otliq va piyoda
askarlardan iborat bo‗lgan. Piyoda askarlar kambag‗al quyi tabaqani anglatsa,
to‗liq qurol-aslahaga ega bo‗lgan, kiyimlari oltin taqinchoqlar bilan bezatilgan, 
to‗liq qurol-aslahaga ega bo‗lgan, otlari ham bezatilgan otliq askarlar esa
yuqori tabaqa vakillaridan iborat bo‗lgan. Yunon tarixchisi Kvant Kursiy Ruf 
ma‘lumotlarida ko‗chmanchi xalqlarda hukmdor so‗zini bildiruvchi "dinasti» 
(sulola) termini ham uchraydi. Sulolaviy hokimiyat tuzumi o‗z harbiy qo‗shinini 
tuzishga, urush yo‗li bilan o‗z hududini kengaytirish va boyligini oshirishga imkon 
berar edi. Shu sababdan Sak xukmdorining 30.000 bosh moli bo‗lganligi
to‗g‗risida yozma manbalar saqlangan.
Doroning janubiy Erondagi mashhur Persopol, Naqshi Rustam va Suza 
qoya toshlariga bitilgan yozuvlarda O‗rta Osiyo ko‗chmanchilari - Saklar alohida 


46 
mamlakat sifatida tilga olinadi. Saklar Osiyoning o‗sha vaqtdagi eng ilg‗or 
Vaviloniya, Ossuriya kabi mamlakatlar bilan bir qatorda tilga olinadi.
Yozma manbalarda O‗rta Osiyo ko‗chmanchilari tarixiga oid ayrim 
chalkashliklar bor. Jumladan, Kir bilan jang qilib g‗olib chiqqan ko‗chmanchi 
qabilaning nomi Gerodot va Strabon asarlarida «massagetlar» deb atalgan bo‗lsa, 
sitsilialik Diodor, Yustin va Arrian u skiflar bilan bo‗lgan jangda mag‗lub 
bo‗lganligini, Ktesey esa Derbiklar bilan bo‗lgan jangda uni halok bo‗lganligi
haqida yozadilar. O‗quvchimizni manbalardagi bu chalkashliklar
ajablantirmasligi lozim, chunki O‗rta Osiyo ko‗chmanchilarining nomini yunon
tarixchilari doimo adashtirib kelganlar. «Sak» yoki «Skif» atamalari umum 
ko‗chmanchilarning nomlari bo‗lib, o‗sha vaqtda Eronliklar ularni «Sak»lar
deb atashgan bo‗lsalar, Yevropaliklar umumlashtirib «Skif»lar der edilar.
Yozma manbalarda geografik nomlarni ifodalashda ham huddi shunday 
chalkashliklarni ko‗rishimiz mumkin. Jumladan, Kir Massagetlar tomon o‗tish
uchun qurdirgan ko‗chma ko‗prik Gerodot asarida Araks deb nomlangan
bo‗lsa, boshqa tarixchilar asarlarida Tanais daryosi deb yozilgan. Chunki
Gerodot ham boshqa Yunoniston tarixchilar ham O‗rta Osiyoda hech qachon
bo‗lishmagan. Ular o‗z asarlarida keltirgan ma‘lumotlarni boshqa manbalardan
yoki eshitgan va bilganlardan yozib olganlar. Shuning uchun bu manbalardan
nihoyatda sergaklik bilan foydalanishni taqoza etadi.
Geradot
(miloddan avvalgi 490-480 yillar o‗rtasi–425 y.) Galikarnasslik 
Gerodot-(qadimgi 
yunoncha:

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə