O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Yenisey bitiklari
mashhur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov (taxminan 
1642-1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasi(hozirgi Xakas avtonom 
viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu haqda shvetsiyalik harbiy asir 
F.Stralenberg (Tabbert) ma'lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabrtoshlardan 
toshga o`yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma'lumotlar 
birinchi marta o`tgan asrning birinchi choragida "Sibirskiy vestnik" jurnalida e'lon 
qilindi. 1889-yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini 
tuzdilar.
Bular orasida XVII asrda Sibir hamda Mo`g`rulistonda, Oltoy hamda O`rta 
Osiyo, O`zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida himmatga ega. Bu 
yozuvlarning hozir yangi guruhi: Lena-Baykal bo`yi bitiklari, Yenisey, 
Mo`g`uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma'lum. Bu bitiklar 
O`rta Osiyo, shuningdek, O`zbekiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi 
ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini o`rganishga yordam beradi.
Yenisey bitiklari mashhur rus xaritashunos olimi S.U. Remezov (taxminan 
1642-1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasida (hozirgi Xakas 
avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu haqda shvetsiyalik harbiy 
asir F. Stralenberg (Tabbert) ma'lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabrlardan 
toshga o`yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma'lumotlar 


61 
birinchi marta o`tgan asrning birinchi choragida «Sibirskiy vestnik» jurnalida e'lon 
qilindi.
1889 yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini 
tuzdilar. Mo`g`ulistondan topilgan bitiklar orasida To`nyuquq, Kul tegin, Bilga 
xoqon va Ongin muhim o`rin tutadilar. To`nyuquq bitigi Ulan-Batordan 66 km 
janubi-sharqda, Bain Sokto manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligining 
asoschisi Eltarish xoqonning (681-691) maslahatchisi, sarkarda To`nyuquqqa 
atalgan va 712-716-yiilari yozilgan.
1897-yili rus olimi D.A.Klemens (1848-1914) va uning xotini Yelizaveta 
Klemenslar tarafidali ochilgan, V.V.Radlov (1899), V.Tomsen (1922), X.Sheder 
(1924), D.Ross (1930) hamda G.Aydarov (1971) tarafidan yaxshi o`rganilgan va 
matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Bu 
yodgorlik A.Abdurahmonov hamda A.Rustamov tomonidan o`zbek tiliga qisqacha 
tarjima qilingan (1982).
Kul tegin bitigi Bilga xoqonning (716—734) inisi Kul tegin (731-yili vafot 
etgan) sharafiga yozilgan. Mo`g`ulistonning Kosho Saydan vodiysida Ko`kshin 
o`rxun daryosi bo`yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrinsev (1842-
1894) tomonidan 1889-yili topilgan. Bitik V.V.Radlov (1891), A.Xeykel (1892), 
VTomsen (1896), P.M.Melioranskiy (1897), X.Sheder(1924), S.E.Malov(1951), 
G.Aydarov (1971)lar tomonidan nemischa, fransuzcha, ruscha tarjimalarda chop 
etilgan. A.Abdurahmonov va A.Rustamov tomonidan o`zbek tiliga qilingan 
qisqacha tarjimasi (1982) ham bor.
Bilgaxoqon bitigi Kul tegin bitigi topilgan joydan 1 km janubi-g`arbda-
Ko`kshin o`rxun daryosi havzasida topilgan. Bu obida 735-yili bitilgan. Uni 
V.V.Radlov, S.E.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tomonidan o`rganilgan 
va chop etilgan. Ongin bitigi Mo`g`ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan 
va kimga atalganligi aniq ma'lum emas. Ba'zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga 
olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qo`yilgan (735-y.), 
boshqa fikrga ko`ra Qopag`on xoqonga (691-716-yy.), yana bir ma'lumotga 
(J.Klosson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish 
(taxminan 731-yilda o`lgan) sharafiga qo`yilgan. Obida 1892-yili V.V.Radlov 
tarafidan (estompaji) va 1957-yili J.Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi va 
tadqiqot bilan) nashr qilingan. Bulardan tashqari, Qarabalsag`un shahri (Ulan-
Batordan taxminan 400 km janubda joylashgan qadimiy shahar) xarobalaridan, 
Xayto Tamir, Cho`yren, Beyshin-Udzur, Bayan-Xo`ngur va boshqa joylardan 
topilgan yozuvlar ham muhimdir.
Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, Qo`shog`och 
hamda tog`li hududlardan topilgan bitiklarni aytib o`tish mumkin. Bular o`rxun-
Yenisey bitiklaridan farqli o`laroq, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan 


62 
yozuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, 
V.M.Nadelyayev hamda D.D.Vasilyev tomonidan e'lon qilingan.
Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon vohasidagi g`orlarda 
joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o`rin tutadi. Bitiklar 
V.Tomsen tarafidan chop qilingan.
Qozog`iston hamda Qirg`izistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60-70- 
yillarida topilgan) hali chuqur o`rganilmagan. Bular orasida Talas vohasidan 
(Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqo`rg`on, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma Ota, 
Tolg`ar, Tinbas va hokazo) topilgan bitiklar muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. 
Qozog`iston hamda Qirg`iziston hududidan topilgan bitiklarning ba'zilari 
S.Sodiqov, 
M.E.Masson, 
A.N.Bernshtam, 
A.S.Omanjolov, 
G.Musaboyev, 
Ch.Jumag`ulov hamda G.Karag`ulovalar tomonidan e'lon qilingan.
Qadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) Farg`ona, 
Oloy vodiysi hamda Janubiy O`zbekiston va Tojikiston hududidan, ya'ni Bekobod, 
Isfara, Marg`ilon, Farg`ona, Andijon, Quvasoy, o`sh, o`zgand, Kofirnihon, 
shuningdek So`g`ddan ham topilgan va A.N.Bernshtam, B.A.Litvinskiy, 
V.A.Bulatova, E.R.Tenishev, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o`rganilgan.
Umuman, qadimiy turk run yozuvlari xalqimiz tarixini yoritishda juda 
qimmatli manbadir. Mo`g`ulistondan topilgan bitiklar orasida To`nyuquq, Kul 
tegin, Bilga xoqon va Ongin muhim o`rin tutadilar. To`nyuhuh bitigi Ulan-
Batordan 66 km janubi-sharqda, Bainsokgo manzilida joylashgan va ikkinchi turk 
xoqonligining asoschisi Eltarish xoqon (681-691-yy.) ning maslahatchisi sarkarda 
To`nyuquqga atalgan, 712-716-yillar orasida yozilgan. 1897-yili rus olimi D.A. 
Klements (1848-1914) va uning xotini Yelizaveta Klementslar tarafidan ochilgan. 
V.V. Radlov (1899 y.), V. Tomsen (1922 y.), X. Sheder (1924 y.), D. Ross (1930 
y.) hamda G. Aydarov (1971) tarafidan yaxshi o`rganilgan va matni nemischa, 
daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida H.A. 
Abdurahmonov hamda A. Rustamov tomonidan o`zbek tiliga qisqacha tarjima 
qilingan (1982 y.).
Kul tegin bitigi. Bilga xoqonning (716-734-yy.) inisi Kul tegin (731-yili 
vafot etgan) sharafiga yozilgan. Mo`g`ulistonning Kosho Saydan vodiysida 
Ko`kshin O`rxun daryosi bo`yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M. Yadrintsev 
(1842-1894-yy.) tomonidan 1889 yili topilgan. Bitik V.V. Radlov (1891 y.) A. 
Xeykel (1892 y.) V. Tomsen (1896 y.), P.M. Melioranskiy (1897 y.), X. Sheder 
(1924 y.), S.Ye. Malov (1951 y.), G, Aydarov (1971 y.) lar tomoni-dan nemischa, 
frantsuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. H. A. Abduraxmonov va A. 
Rustamov tarafidan qilingan qisqacha o`zbekcha tarjimasi (1982 y.) ham bor.
Bilga xohon bitigi. Yuqorida aytilgan Kul tegan bitigidan 1 km janubi-
g‗arbda - Ko`kshin O`rxun daryosi havzasidan topilgan. Obida 735-yili bitilgan. 


63 
V.V. Radlov, S.Ye. Malov, P.M. Melioranskiy va V. Tomsen tomonidan 
o`rganilgan va chop qilingan.
Ongin bitigi. Mo`g‗ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan. Kimga 
atalganligi aniq ma'lum emas. Ba'zi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga olingan El-
tarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qo`yilgan (735 y.); boshqa 
fikrga ko`ra qopag`on xoqonga (691-716- yy.), yana boshqa bir ma'lumotga (J. 
Kloson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish (taxminan 
731 yilda o`lgan) sharafiga qo`yilgan. Obida 1892 yili V.V. Radlov tarafidan 1957 
yili J. Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi) nashr qilingan. Bundan tashqari, 
qorabalsahun shaxri (Ulan-Batordan gaxminan 400 km janubda joylashgan 
qadimiy shahar) xarobalaridan, Xoyto Tamir, Cho`yren, Beyshin-Udzur, Bayan-
Xo`ngur va boshqa joylardan topilgan yozuvlar ham muhimdir.
Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, qo`shoqoch hamda 
tog`li nohiyalardan topilgan bitiklarni aytib o`tish mumkin. Bular, O`rxun-Yenisey 
bitiklaridan farhli o`laroq, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan 
yozuvlar P.M. Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M. 
Nadelyaev hamda D.D. Vasilev tomonidan e'lon qilingan.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, har bir xalq qadimdan o‗zining dunyo 
qarashini turli ramzlar va timsollar orqali aks ettirganligiga guvoh bo‗lishimiz 
mumkin. Ushbu ramzlar turli ijtimoiy va siyosiy sharoitlarda insonlar uchun ulkan 
ahamiyat kasb etgan. Ramzlar xalqning qahramonona o‗tmishini aks ettirib, 
ularning milliy g‗ururi timsoliga aylangan.
Odatda hukmdorlar yoki davlatlar qo‗llagan ramzlar o‗zida quyidagi 
xususiyatlarni aks ettirgan: xalqning kelib chiqishi va uning qadimiyligi; xalqning 
yoki unga yetakchilik qilgan sulolaning biror-bir buyuk xalq bilan bog‗liqligi; 
xalqning birlashuviga asos bo‗lgan shaxs yoki hodisa; o‗ziga xos madaniyat va 
tarixini ko‗rsatish, erishgan madaniy yoki siyosiy yutuqlarining boshqa xalqlardan 
ustunligini aks ettirish bunda asosiy ahamiyat kasb etgan. 
Arxeologik qazishmalar O‗rta Osiyoda qadimda tamg‗alar, bayroqlar, 
muhrlar, tangalar va turli maishiy buyumlarga urug‗, shahar, davlat yoki 
hunarmandchilik uyushmalarining ramzlarini tushirish keng tarqalganini 
ko‗rsatadi. Ular ajdodlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini, turmush 
madaniyati va san‘atini o‗rganishga, davlatlar va sulolalar tarixini 
oydinlashtirishga xizmat qiluvchi manbalardan biridir. 
Yevropa davlatlaridan farq qilib, qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk 
davlatlarining paydo bo‗lishida xususiy mulk, quldorlik xo‗jaliklari katta rol 
o‗ynamagan. Bu holat, qadimgi Sharqda indivudializmdan jamoaviylikning ustun 
ekanligi bilan bog‗liq edi. Sharqda davlatlar jamoa mulki asosida shakllangan, 
hukmdor jamoa tanlab olgan jamoa yer-mulkining boshqaruvchisiga aylangan. 


64 
Bunda yer mulk hukmdor shaxsiga emas, balki hukmdor lavozimiga taaluqli 
bo‗lgan. Bunday sharoitda davlat mulkini umumiylashtiruvchi va ajratib turuvchi 
ramziy belgilarga ehtiyoj sezilgan. Markaziy Osiyo turkiy xalqlari davlat mulkini 
umumlashtiruvchi belgilarni ―tamg‗a‖ deb atashgan.
Turli qadimgi muhrlar, tangalar va boshqa buyumlarda o‗z aksini topgan 
tamg‗alar O‗zbekistonda qadimgi davlatlarning maxsus ajratib turuvchi belgilari 
bo‗lganligini isbotlaydi. Tamg‗alarning skiflar va Turk xoqonligida hukmdor 
lavozimi belgisi sifatida xizmat qilganligi qadimgi manbalardan ma‘lum. Qadimgi 
va ilk o‗rta asr turkiy xalqlar tarixi manbalarida burgut tasviri davlat tamg‗asida 
markaziy o‗rinni egallaydi. Masalan, Irq bitigidagi burgut emblemasi (timsoli) 
davlat ramzi sifatida keltiriladi, Kul Tegin bitiktoshining yuqori qismida qalqon 
lavha shaklidagi burgut tasviri tushirilgan, Burgut tasviri Baqtriya davlati 
tamg‗alarida ham mavjud. 
Qadimgi turklar tug‗larni urug‗ning ruhi, yanada aniqrog‗i ruhning makoni 
deb hisoblashgan va uni muqaddas timsol sifatida e‘zozlashgan. Tug‗lar 
ko‗chmanchilar harbiy anjomlarining ajralmas qismi sanalgan, har bir urug‗ o‗z 
tug‗iga ega bo‗lgan. Masalan, jujanlarda harbiy va ma‘muriy birlik– ming kishidan 
iborat bo‗likda har yuz kishi hisobiga bittadan, jami o‗nta tug‗ bo‗lib, har bir 
tug‗ning o‗z boshlig‗i bo‗lgan.Turk dunyosida paydo bo‗lgan tug‗lar keyinchlik 
juda keng tarqalgan.
An‘anaviy qadimgi turk tug‗lari uzun tayoqqa mahkamlangan ot dumi yoki 
bir tutam ot yolidan iborat bo‗lgan. Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida (Tibet 
va unga tutash hududlar) qo‗tos dumi ham qo‗llanilgan. Tug‗larga qo‗shimcha 
ravishda turli shakldagi metall uchlik (toji tug‗), turli hajmdagi mato parchalari, 
tasmalar ilingan.
Tug‗lar turkiy xalqlarda hukmronlik ramzi sanalgan. Mahmud Qoshg‗ariy 
tug‗ni bayroq deya ta‘riflaydi. Xonlar to‗qqiz tug‗liq xon yoki xoqon unvoni bilan 
ulug‗langan. Qoshg‗ariyning yozishicha, xonning yuqori martabasi to‗qqiz bilan 
faol qilinadi, ya‘ni qaramog‗ida shahar va o‗lkalar oshib ketsa ham, tug‗ 
to‗qqizdan oshirilmaydi. Xon tug‗lari to‗q sariq, rangli shohi yoki ipak matodan 
qilingan.
―To‗qqiz tug‗li xon‖ haqida gap ketganda eng qudratli xonlar tushunilgan. 
Tug‗lar harbiy bo‗linmalarda ham qo‗llanilib, har qaysi harbiy qismning 
maxsus tamg‗alari bilan ifodalangan. Shunga ko‗ra lavozimlar vujudga kelgan: 
tug‗luq- ―tug‗ egasi‖, to‗qsoba – ―o‗z tug‗iga ega bo‗lgan harbiy qism boshlig‗i‖ 
kabi lavozimlar shular jumlasiga kiradi. 
Tug‗lar turli rangda va shaklda bo‗lgan va hokimiyat ramzi sifatida xizmat 
qilgan. Tug‗lar So‗g‗diyonada ham davlat ramzi hisoblanadi. Afrosiyobdan 
topilgan Samarqand ixshidi Varxuman (Avarxuman)ning VII asrga oid saroyi 


65 
devoridagi suratlardan birida podsho taxtiravonda o‗z a‘yonlari, unga tobe ixshid 
va ixshidliklarning hokimlari bilan elchilarni qabul qilayotgani tasvirlangan.
Taxtiravon yaqinida o‗n bitta tug‗ tasvirlangan, ular Varxumanga tobe 11 hokimlik 
yoki qo‗shin bo‗linmasi ramzi deb taxmin qilinadi. Suratlardagi ko‗pchilik 
suvoriylar ham qo‗llarida tug‗lar bilan tasvirlangan.
Akademik A.Asqarovning fikricha, suratda Varxuman atrofida uning 
yaqinlari, unga tobe 11 ta rustak ixshidlari va ularning tug‗lari (bayroqlari) tasviri
chizilgan. Bir qator qilib, tik terib qo‗yilgan 11 bayroq dastalari qizil lenta bilan 
bir-birlariga ramziy bog‗lab qo‗yilgan. Ushbu manzara Markaziy Sug‗dda 11 ta 
ixshidliklar bo‗lganligi va Samarqand ixshidi (podshosi) Varxuman boshchiligida 
―Sug‗d davlat konfederatsiyasi‖ tuzilganligidan dalolat beradi.
Mamlakatimiz hududida boshqa mintaqalarda bo‗lgani kabi davlat ramzlari 
davlatning ta‘sis belgisi sifatida ilk davlatlarning paydo bo‗lishi jarayonining 
ajralmas qismi bo‗lib vujudga kelgan va huquqiy odatlar bilan mustahkamlangan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə