O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112
Plutarx. 
Plutarx eramizning 46-yilida Gretsiyadagi Beotin o‗lkasining 
shimoli-g‗arbiy qismida joylashgan uncha katta bo‗lmagan Xeron shahrida 
tug‗ilgan. Uning otasi Avtobul o‗z zamonasining o‗qimishli kishilaridan biri edi. 
Shuning uchun ham u Plutarxning chuqur ilm olishiga alohida e‘tibor bilan 
qaraydi. 
Uning bobosi Lampriy ham ilm-ma‘rifatga rag‗batli kishi edi. Lampriy 
xonadoniga xeronlik adabiyot ahllari, donishmandlar tez-tez tashrif buyurib, 
suhbatlar qilib turardi. Bobosining bobosi Nikarx ham Xeronda yashab, eramizdan 
avvalgi 31-yilda Antoniy bilan Oktavian qo‗shinlari o‗rtasida bo‗lib o‗tgan 
Aksium jangining ishtirokchisi bo‗lgan edi. Plutarxning ikkala akasi Lampriy bilan 
Timon ham o‗qimishli bo‗lib ulg‗ayadi. 
Plutarx Timoksena ismli go‗zal ayolga uylanadi. Undan to‗rt o‗g‗il, bir qiz 
ko‗radi. Ikki o‗g‗li-kattasi va eng kichigi hamda qizi yoshligida o‗lib ketadi. 
Qizining o‗limi munosabati bilan xotini Timoksenga yo‗llagan g‗oyat hayajonli 
maktubi hozir ham Plutarxning tanlangan asarlaridan o‗rin olgan. 
Geografik sharoiti qulay bo‗lgan bu shaharda qadimda bosqinchilik urushlari 
ko‗p bo‗lgan. Dastlab, o‗zaro yaqin-atrofdagi o‗lkalarda turli urush xatarlari bo‗lib, 
kichkina Xeronni talab ketardi. Jangu jadallarni boshidan ko‗p kechirgan 
xeronliklar o‗z shahrini jon-jahdlari bilan himoya qilishardi. Bunday qirg‗in 
urushlar ichida eng daxshatlisi eramizdan avvalgi 338 yilda bo‗lib o‗tgandi. Shoh 
Filipp II davrida Makedoniya istilochilari Xeronga bostirib keladilar. Xeronliklar 
katta qo‗shin tuzib, Filipp qo‗shiniga qarshi bir necha kun qattiq turib jang 
qiladilar. Nihoyatda katta kuchga ega bo‗lgan Filipp qo‗shinlarini qaytara olmagan 


57 
bo‗lsa ham, xeronliklarning vatanparvarligi keyinchalik uzoq yillar davomida 
tillarda doston bo‗lib yurdi. 
Xeron tarixiy voqealarga boy shahar bo‗lgani uchun ham uning odamlari 
ko‗proq o‗tmish haqida qiziq-qiziq hikoyalar so‗zlashga odatlanib qolgan edilar. 
Mana shunday tarixiy voqealarni bolaligida Plutarx ko‗p tinglardi. Balki o‗tmish 
sarguzashtlarining ta‘siridadir, Plutarx ulg‗ayganda o‗z-shahrining va umuman 
grek xalqining tarixiga hayrat bilan qaray boshladi. Xeronni juda sevardi. U qasrda 
bo‗lmasin, bu shahar bilan qalban bog‗lanib turardi. 
Plutarx sayohat qilishni yaxshi ko‗rar, o‗zga xalqlar-o‗tmishiga ham qiziqish 
bilan e‘tibor berardi. Keyinchalik u Afinadagi adabiy hayot bilan yaqindan aloqa 
bog‗laydi. Madaniyat markazi bo‗lgan bu shaharda grek donishmandlari asarlarini 
berilib o‗qiydi. Qadimiy tarixga ega bo‗lgan, ilm-ma‘rifat maskani Afina shahri 
Plutarx dunyoqarashiga katta ta‘sir o‗tkazadi. Zamonasining ilg‗or fikrli faylasufi 
Ammon Sakkas bilan yaqin aloqada bo‗ladi. U bilan birga ko‗p o‗tmay Kichik 
Osiyo, Gresiya, Italiya sayohatiga jo‗naydi. Bu sayohat davomida Plutarx ko‗pgina 
sirli voqealarning, g‗aroyib sarguzashtlarning guvohi bo‗ladi. 
Afinada u falsafa ilmini chuqur o‗rgatuvchi Ammoniya maktabiga qatnaydi. 
Bu maktabga u o‗zining dastlabki ijod mashqlari bilan ishtirok etadi. Eramizning 
60-yilida u zamonasining ma‘rifatli kishisi, tarixchi Neron bilan Gretsiya bo‗ylab» 
sayohatga chiqadi. 
So‗ngra Makedoniya safari chog‗ida Aleksandriya shahriga boradi. Plutarx 
bu shaharda bo‗lganida Aleksandr Makedonskiy haqida ko‗plab rivoyat va 
hikoyatlar eshitadi. Aleksandr tarixi bilan yaqindan qiziqadi. U haqda asar yozish 
niyatida fakt va materiallar to‗play boshlaydi. Eramizning 90 yillarigacha Plutarx 
Italiya yerlarida, xususan Rimda bo‗ladi. Rimdagi adabiy hayot uni yangi ijod sari 
undaydi, u lotin tilini o‗rganishga kirishadi. Biroq davlat ishlari bilan band 
bo‗lganligi tufayli u uzoq, yillar bu tilni o‗rgana olmaydi. Faqat keksaygandagina 
lotin tilida yozilgan asarlarni o‗qishga muyassar bo‗ladi. 
Plutarx juda chuqur ilm sohibi edi. Uni qomuschi adib desak ham bo‗ladi. 
Shu bilan birga, u sermahsul yozuvchi, katta talant egasi edi. Keksalik chog‗ida 
Plutarx yana ona shahri Xeronga qaytib boradi. Mazmunli umr kechirib, 
eramizning 127 yilida vafot etadi. 
Plutarxning adabiy hayot yo‗li dramatik voqealarga nihoyatda boy. Uning 
ko‗pgina asarlari bizgacha yetib kelmagan. Plutarxning o‗limidan so‗ng uning 
asarlarini o‗g‗li Lampriyem to‗playdi. Uning aytishicha, otasining asarlari 210 
tadan ziyod bo‗lgan. 
Plutarx asarlarini ikki guruhga bo‗lib o‗rganishimiz mumkin: tarixiy asarlar 
va falsafiy-adabiy asarlar. Plutarx asarlari janr jixatidan ham xilma-xildir. Muhimi 
shundaki, uning asarlari falsafiy fikrlarga boyligi bilan antik adabiyotda yaratilgan 


58 
ko‗pgina asarlardan ajralib turadi. Uning «Qo‗shaloq hayotnomalar» asari greklar 
va rimliklar tarixiga asoslangan bo‗lib, Plutarx nomini tanitadi. Bu asar 
zamondoshlari va o‗tmishdoshlari tarjimai holini tasvirlashga qaratilgan bo‗lib, 
to‗plamda u o‗zining haqiqiy badiiy mahoratini qahramonlariga xarakteristika 
berish va obrazlar yaratish jarayonida namoyish etadi. 
Plutarxning bu asariga prototip bo‗lgan qahramonlar ichida sarkardalar, 
imperatorlar, davlat ishlari bilan band bo‗lgan boshqa kishilar, shuningdek, oddiy 
xalq vakillari, pok qalbli insonlar bor. O‗zi Rim imperatorligiga yaqin kishi 
bo‗lgani, imperatorlikda mansabdor shaxs sifatida ishlaganligi tufayli, saltanatning 
ichki sirlari bilan yaqindan tanish bo‗lgan Plutarx imperatorlar va sarkardalar 
obrazini yaratishga alohida e‘tibor beradi. U o‗z qahramonlarining taqdirini o‗sha 
davr taqdiri bilan bog‗laydi. Qahramonlarining xarakteridan davrning muhim 
xususiyatlarini axtarishga intiladi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə