O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112
Pompey Trog
( milodgacha I-milodning I asrlari o‗rtasida yashab o‗tgan) – 
―Filipp tarixi‖ asari bilan mashhur bo‗lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu 
asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust 
(miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bunyoda bo‗lib o‗tgan 
voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e‘tibor Yunonistonning makedoniyalik
Filipp II (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Iskandar Zulqarnayn davridagi 
ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan. Mazkur asarning qimmati 
shundaki, u bir talay noma‘lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi 
yirik davlatlarning paydo bo‗lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi 
shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. 
Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan. 
―Filipp tarixi‖da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va 
So‗g‗dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin 
yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya 
podsholigini 
tashkil 
topishi, Baqtriya, Parfiya 
va 
Midiyaning 
o‗zaro 
munosabatlariga oid muhim ma‘lumotlar mavjud.


49 
Pompey Trogning bu asari Yustin tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda 
bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop qilingan. 
Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan ―Vestnik 
drevney istorii‖ jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan.
Arrian 
Flaviy
(Arrianos) 
Flaviy 
(taxminan 95-175 y.lar 
o‗rtasi)-
Rim tarixchisi va yozuvchisi. Kichik Osiyodagi Nikomediya shahrida 
tugilgan; yunon faylasufi Epiktet qo‗lida o‗qigan. Rimda yashab, harbiy 
ta‘lim olgan. 
131-137 
yillarda Kappadokiya voliysi bo‗lib, alanlar hujumini 
qaytargan. 
Arrian 
senator,
elchi 
va 
kohin 
ham 
bo‗lgan. 
Falsafa, tarix, geografiya, harbiy va boshqa masalalarga oid asarlar yozgan 
(ko‗pi bizgacha saqlanmagan). Uning bizgacha yetib kelgan eng qimmatli 
asari
Aleksandrga 
bag‗ishlangan 
yetti 
kitobdan
iborat 
"Iskandar 
yurishi" nomli kitobdir. Arrianning "Hindiston", "Nearxning harbiy yurishi", 
"Epiktet haqida esdaliklar" hamda Epiktet ta‘limotiga bag‗ishlangan "Qo‗llanma" 
kabi asarlari ham saqlangan. Uning "Parfiya tarixi", "Alanlar tarixi", 
"Vifiniya tarixi" va "Aleksandrdan keyingi ishlar" nomli asarlaridan ham parchalar 
yetib kelgan. U O‗rta Osiyo to‗g‗risida ham qimmatli ma‘lumotlar yozib qoldirgan. 
O‗zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o‗rganishda Arrianning
―Iskandarning yurishlari‖ nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning 
O‗zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi 
batafsil bayon qilingan.
Asar muallifi A.Makedonskiy va uning faoliyatini ko‗klarga ko‗tarib 
ulug‗laydi. Shunga qaramay asar A.Makedonskiy harbiy yurishlari bo‗yicha 
muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi. Mazkur asarning Yana bir qimmatli 
tomoni shundaki, u ko‗pgina qo‗lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida 
yozilgan. 
Arrian asarining ikkita kitobi: uchinchi va to‗rtinchi kitobi O‗rta Osiyo 
tarixiga bag‗ishlangan. Uchinchi kitobi 30 bobdan tashkil topgan, uchinchi 
kitobining 28-bobidan boshlab O‗rta Osiy tarixining o‗ziga xos tasviri keltiriladi. 
«Aleksandr Oks qirg‗og‗iga keldi» deydi muallif. Bungacha bo‗lgan 
boblarda Aleksandrning Eronga qilgan yurishi, Eron shohi Doro ustidan g‗alaba 
qozonishi hikoya qilinadi. Eron shohi yengilgandan so‗ng, u Kavkaz tog‗lariga 
qarab qochadi. Aleksandr uni izma-iz ta‘qib qilib kelaveradi. Doro Kavkazga 
yashirinmoqchi bo‗ldi. Biroq Bess Eron shohining eng yaqin kishisi bo‗lishiga 
qaramasdan Doroni o‗ldirib, boyliklarini olib O‗rta Osiyoga qochadi. Aleksandr 
Doroning o‗ligini topib olib, uni Sharq udumiga ko‗ra izzat-ikrom bilan dafn 
etishni buyuradida, o‗zi Bessning izidan ketadi. Bir necha vaqt Kavkazda bo‗lib, u 
yerda shahar quradi va unga Aleksandriya deb nom beradi. 


50 
Oks daryosi hozirgi Amudaryoning qadimgi nomidir. Bu daryo Hind 
daryolarini hisobga olmaganda Osiyodagi eng katta daryolardan biri edi deyiladi 
asarda. Daryoning kengligi 6 stadiy (1 stadiy 0 grek o‗lchovida 184 metr 98 
santimetr). Shuning uchun Aleksandr teridan qayiqqa o‗xshash suv o‗tmaydigan 
moslama yasashni buyuradi. Shundan keyin 5 kun ichida Aleksandr qo‗shinlari 
daryodan o‗tadilar. 
«Daryodan o‗ta olmagan urushga yaroqsiz keksa kishilarni uylariga jo‗natib 
yuboradi. Aleksandr O‗rta Osiyoni jangu-jadallarsiz, osongina qo‗lga kiritish 
niyatida bo‗lgan». 
Aleksandr Oks daryosidan o‗tgandan keyin, Sug‗diyona – hozirgi 
O‗zbekiston tomon shoshiladi. Chunki, bu yerda Bess katta qo‗shin bilan 
Aleksandrga qarshi kuch to‗playapti degan xabar tarqaldi…… 
Asar panegrizm-maddohlik ruhida yozilgan – muallif Iskandar Zulqarnayn 
va uning faoliyatini ko‗klarga ko‗tarib ulug‗laydi. U ko‗pgina qo‗lyozma manbalar 
va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo‗lib, mavzu bo‗yicha muhim va asosiy 
manbalardan hisoblanadi. Arrian Flaviyning ―Iskandarning yurishlari‖ asari nemis 
(Myuller, Leypsig, 1886 y.) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va 
M.Ye.Sergeyenko, M.-L., 1962 y.) tillarida nashr etilgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə