O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


Ilk sug„orma dehqonchilikning paydo bo„lishi xususida



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Ilk sug„orma dehqonchilikning paydo bo„lishi xususida. 
O‗rta Osiyo hududi 
o‗zinig tabiiy-geografik sharoitiga ko‗ra, qadimgi dehqonchilik va chorvachilik 


26 
yodgorliklari keng tarqalgan o‗lkalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mazkur xudud 
qadimgi dehqonchilik madaniyatining paydo bo‗lishi va rivoji uchun qulay 
imkoniyatlarga ega. O‗rta Osiyoning mintaqaviy rivojlanishi asosida ibtidoiy urug‗ 
jamoalarining o‗zlashtiruvchi xo‗jaligidan ishlab chiqaruvchi xo‗jalikka o‗tishi, 
ya‘ni dehqonchilik va chorvachilik xo‗jaliklarining paydo bo‗lishi va rivojlanishi 
bosqichi. Uning davriy sanasi mintaqaning tabiiy geografik sharoitidan kelib 
chiqib, turli tarixiy davrlarda, ya‘ni vohalarda bir davrda yuz bermagan. 
O‗lkamizni tabiiy-geografik muhiti, tekislik yerlarda dehqopchilikni rivojlantirish 
uchun, tog‗ va tog‗ oldi hududlarda esa chorvachilikni rivojlantirish uchun qulay 
imkoniyat mavjud bo‗lgan. 
Dehqonchilik madaniyatining ilk bosqichi ilmiy adabiyotlarda turlicha 
nomlar bilan atalib kelingan bo‗lib, ular qayir, liman, qoq, qo‗ltiq (motiga) 
dehqonchiligidan iborat bo‗lgan. Azim daryolar va tog‗ soylari quyi havzalarida 
keng tarmoqlarga bo‗linib, asrlar davomida oqizib kelgan chirindi aralash loyqa 
hisobiga, keng va tekis maydonlarda ilk dehqonchilik paydo bo‗lgan. Odatda, qalin 
va unumdor tuproq o‗zida namlikni uzoq saqlash xususiyatiga ega bo‗lgan va 
ibtidoiy ajdodlar ana shu yerlarga yovvoyi boshoqli donlarni sepib, dehqonchilikni 
boshlaganlar. Sababi qalin unumdor taqir yerlar tarkibida namlik uzoq saqlangan, 
shu bois, dastlab ekinlarni sug‗orishga hojat qolmagan. Ana shunday qoq yerlar 
massivlarida katta va kichik ekin maydonlari paydo bo‗ladi. Bu tarixda qoq 
dehqonchiligi, liman dehqonchiligi, qayir dehqonchiligi, qo‗ltiq dehqonchiligi, 
ya‘ni urug‗ jamoasi dastlab o‗zlashtirgan chegarali maydonida paydo bo‗lgan 
qo‗ltiq dehqonchiligi deb nom olgan. Dastlab bunday dehqonchilik maydonlarini 
ekinga tayyorlashda hayvon kuchidan foydalanilmagan. U joylarni biroz 
yumshatish uchun qo‗l omochi qo‗llanilgan. Shuning uchun qo‗ltiq dehqonchiligi 
fanda motiga dehqonchiligi deb ham yuritiladi 
Dehqonchilik madaniyati o‗z taraqqiyotida ilk, sug‗orma, takroriy sug‗orma 
va yuksak darajada rivojlangan madaniy xo‗jalik bosqichlarini bosib o‗tgan. 
Qachonki, ilk bobodehqonlar tomonidan dehqonchilik qilish uchun yer 
maydonlarini kengaytirilishi va bu yerlarga ishlov berish uchun hayvon kuchidan 
foydalanila boshlashii kashf etishgach, endi ekin maydonlarini sug‗orish uchun 
ariqlar orqali suvlar olib kelish zaruriyati tug‗iladi. Bu esa tarixiy manbalarda 
sug‗orma dehqonchilik deb yuritilgan. 
Oddiy qilib aytganda, dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo‗lishi va 
rivoji mintaqaviy xususiyatning mazmun va mohiyatini tashkil qiladi. Bu ibtidoiy 
ajdodlarimiz hayotidagi tub ma‘nodagi inqilobiy o‗zgarishlar O‗rta Osiyo 
mintaqasida, uning rang barang tabiiy geografik sharoitiga ko‗ra, mil. avv. VII - V 
ming yilliklarda ro‗y berdi, ya‘ni O‗rta Osiyoda neolit davridan boshlab 
rivojlanishning 
mintaqaviy 
yo‗li 
shakllanib 
bordi. 
Bu 
jarayonlarning 


27 
boshlanishidan dalolat beruvchi yirik va muxim yodgorlik Joytun yashash makoni 
bo‗lib, aynan mana shu ob‘ektda O‗rta Osiyo mintaqasining ilk bor qadimgi 
dehqonchilik madaniyati belgilari yaqqol ko‗riladi. Shu kezlarda uning shimoliy 
sarhadlarida bu davrda ibtidoiy jamoalar hali ovchilik bilan kun kechirar edilar. 
Joytun madaniyati madaniy-xo‗jalik an‘analari asosida tarkib topgan eneolit 
va bronza davrining Anov-Nomozga madaniyati O‗rta Osiyo janubining shimoli-
sharqiy mintaqalari tomon, shimoliy Kopetdog‗ bo‗ylab keng yoyildi. 
Eneolit va bronza davrining bobo dehqonlari Zarafshon vodiysiga, Anov-
Nomozgoh madaniyatinig Nomozgoh V - VI bosqichlarida Murg‗ob vohasiga, 
Qadimgi Baqtriyaga kirib boradi. Ularning iqtisodiy xo‗jalik va etnomadaniy 
ta‘sirida bronza davriga kelganda qadimgi dehqonchilik madaniyatining qabilalari 
Ikki daryo oraligi (Movarounnahr) va unga tutash viloyatlarga keng yoyiladi. 
Zarafshon tog tizmalaridan bosh olgan Otchopar soy, Chumali soy va 
Sho‗rnova soy etaklarida Oyim ko‗l tarkib topgan va uni atrofida sug‗orma 
dehqonchilik qilish uchun qulay unumdor yerlar hosil bo‗lgan. Dehqonchilik 
madaniyatining ilk bosqichlarida ushbu yerlar atrofida bobo dehqonlarning qishloq 
maskani paydo bo‗ladi. Bu qishloq maskani Sarazm qishlog‗ini hududida 
joylashganligi sababli shu nomda atalgan. Qadimgi sarazmliklarni paydo bo‗lishini 
O‗rta Osiyoning janubiy mintaqalaridan, ya‘ni Kopetdog‗ tog‗ etaklarida eneolit 
davrida tarkib topgan Nomozgoh madaniyati qabilalarining bu zaminga ko‗chib 
kelishi bilan bog‗lasada, A.A. Asqarov fikriga ko‗ra, Janubiy Turkmanistonning 
qadimgi Geoksyur vohasidan ikki maqsadda, birinchisi dehqonchilik xo‗jaligi 
uchun qulay yerlarni izlab kelgan bo‗lsa, ikkinchisi, rangli metall ma‘dan konlari 
uchun kelib o‗rnashganlar. Yodgorlikda qo‗lga kiritilgai arxeologik topilmalarning 
ilmiy tahlilini ko‗rsatishicha, Qadimgi Sarazm aholisining iqtisodiy asosini 
sug‗orma, lalmikor dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil qilgan. Shu bilan 
birga hunarmandchilikning bir necha turlari hamda binokorlik yuqori darajada 
rivojlangan. Zarafshon vohasini o‗rta havzasida mil.avv. II ming yillik o‗rtalarida 
Sarazmda yuz bergan iqtisodiy va siyosiy inqirozdan so‗ng bu hududda ilk bor qad 
ko‗targan qadimgi dehqonchilik madaniyatiga tegishli Ko‗ktepa yodgorligi 
hisoblanadi 
Zarafshon vohasini quyi oqimlarida ochib o‗rganilgan Zamonbobo 
madaniyati soxiblarining iqtisodiy asosini xonaki chorvachilik va namli qoq 
yerlarga ekiladigan motiga dehqonchilik tashkil qilgan. Bu yerda topilgan mehnat 
qurollari kompleksida tosh yorguchoqlar, o‗roqlar, tosh keli soplari, qorayib ketgan 
boshoqli o‗simlik donlari, ya‘ni arpa, bugdoy, tariq va boshqa o‗simliklarni qayd 
qilinishi dehqonchilik xo‗jaligi mavjud bo‗lganligidan guvohlik beradi. Kompleks 
materiallar tahliliga ko‗ra, Zamonboboliklarda chorvachilik bronza davrida hali 
dehqonchilikdan alohida xo‗jalik sifatida ajralib chiqmagan. Tadqiqotchi D. 


28 
Djurakulova Zarafshon vohasini quyi oqimlaridagi tabiiy-geografik omillarni 
e‘tiborga olgan holda, bu yerda to antik davriga qadar dehqonchilik xo‗jaligi rivoj 
topmaganligini ta‘kidlaydi. 
1968 yildan boshlab Surxondaryoda, Ulanbuloqsoy o‗zanida joylashgan, 
mil. avv. II mingyillikka oid Sopollitepa yodgorligining o‗rganila boshlanishi bilan 
O‗zbekistonda ilk dexqonchilik madaniyati tarixiga oid ilmiy qarashlar va 
yondashuvlar tubdan o‗zgardi. 
O‗zbekistonning janubiy hududlarida sun‘iy sug‗orma dehqonchilikni paydo 
bo‗lishi so‗ngi bronza davriga to‗g‗ri keladi. Buning asosiy sabablaridan biri 
hududning qulay iqlimi va uning subtropik kenglikda joylashganligidadir. Bu 
hududlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga ko‗ra, so‗nggi bronza davriga 
oid sun‘iy sug‗orish ipshootlari ilk bor Ulanbuloqsoy va Bo‗stonsoy atroflarida 
barpo bo‗lgan. 
A.A. Asqarovni ta‘kidlashicha, Ulanbuloqsoy o‗zanlari miloddan avvalgi 
1700-1500 yilliklarda Sopollitepadagi istiqomat etgan aholi tomonidan 
o‗zlashtirilgan. Sopollitepa va uning atrofida kengligi 5-6 metr va chuqurligi 1-1,5 
metrni tashkil etgan sun‘iy sug‗orish inshootining qisman saqlanib qolganligi 
bundan dalolat beradi. Bundan tashqari, ilk dehqonchilik madaniyatlarida 
sug‗orma dehqonchilikni yuqori darajada rivojlanganligini bildiruvchi juda ko‗plab 
mehnat qurollari topilgan. Bularga toshdan qilingan yorg‗uchoqlar, hovoncha
o‗g‗ir dastasi va uchli motigalarni misol qilib keltirish mumkin. Sopollitepa 
manzilgohidan esa motigani eslatuvchi bir necha topilmalar o‗rganilgan bo‗lib, 
bular ikkita yirik o‗lchamdagi uchli motiga va ikkita yer kavlashga oid motigaga 
o‗xshash qilib suyakdan yasalgan mehnat qurollaridan iborat bo‗lgan. Ularga 
ishlov berish tomoni yaltiroq ko‗rinishda bo‗lib, buning sababi qurollar yerlarni 
yumshatish uchun ishlatilgan. 
O‗rta Osiyoning dehqonchilik madaniyatlarida yerga ishlov beruvchi mehnat 
qurollari qattiq materiallardan, ya‘ni tosh va bronzadan yasalgan, lekin 
tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, qo‗shni madaniyatlarda dehqonchilik qilish 
uchun ajratilgan yerlarni yumshatish uchun qadimgi dehqonlar daraxtdan yasalgan 
mehnat qurollaridan foydalanilgan. 
Lekin Sopollitepa manzilgohida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, 
metalldan yasalgan mehnat qurollari uchrasada, lekin bu yerda yerni yumshatish 
uchun yog‗och va suyakdan yasalgan mehnat kurollari hozircha qayd qilinmagan. 
A.A. Asqarov va T.Sh. Shirinovlarning Jarqo‗ton yodgorligida olib borgan 
tadqiqotlari 
natijasida 
bu 
yerda 
o‗troq dehqonchilik madaniyatining 
rivojlanganligi, dehqonchilikda sun‘iy sug‗orish sistemasining kashf etilganligi, 
Bo‗stonsoydan magistral kanallar orqali yangi yerlarga suv chiqarilganligi, yerni 
ishlashda omochdan va hayvon kuchidan foydalanilganligi isbotlab berilgan. 


29 
Sun‘iy sug‗orishga asoslangan dehqonchilikni har tomonlama rivojlantirgan va 
O‗rta Osiyoda ortiqcha boylikning paydo bo‗lishiga olib kelgan bir yer maydonida 
bir necha marotaba xosil olish usulini qo‗llashgan. Shundan xulosa qilish 
mumkinki, sun‘iy sug‗orishga asoslangan dehqonchilik O‗zbekistonning janubiy 
hududlarida bronza davridayoq shakllangan. Tadqiqotchilar ta‘kidlaganidek, har 
qanday dehqonchilik emas, balki ekinni ko‗p marta sug‗orish tizimi hosildorlikni 
oshirib, mehnat unumdorligining yuqori bo‗lishiga olib kelgan. A.A. Asqarov 
fikriga ko‗ra, Sopolli madaniyati yodgorliklarida har bir ko‗p xonali uylarni bir 
xonasida zahira mahsulotlari, ya‘ni bug‗doy, arpa saqlaydigan maxsus saqlash 
xonalari mavjud bo‗lgan. Olib borilgan ilmiy tahlillarni guvohlik berishicha, bu 
yerda past bo‗yli galla (zerno karlikovoy), yumshoq navli bugdoy va uzum 
urug‗lari qoldiqlari uchragani aniqlangan. 
Miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi yarmiga kelib Jarqo‗ton 
Sherobod vohasidagi dehqonchilik jamoalarining himoya qal‘asiga aylangan. 
Aftidan shu davrdan boshlab aholi soni, ishlab chiqarish kuchlarining o‗sishi va 
aholining turli dehqon-chilik vohalariga tarqalib borishi sodir bo‗lgan. Aholining 
ko‗payishi o‗z navbatida yangi vohalarni o‗zlashtirishga va bu vohalarda sun‘iy 
sug‗orish inshootlarining barpo etilishiga olib keldi. Mirshodi (Bandixon) 
sug‗orish inshootlari ilk temir davriga borib yanada takomilashadi. Bu jarayonni 
biz Surxondaryo viloyatida yangi vohalarning paydo bo‗lishidan ham kuzatamiz. 
Boshqa vohalarda, jumladan Xorazm, Toshkent, Farg‗ona vodiysida ilk 
sug‗orma dehqonchilik jaryonlari birmuncha kechroq, ya‘ni so‗nggi bronza va ilk 
temir davrida sodir bo‗la boshlagan. 
Sopolli madaniyati moddiy manbalarini o‗rganish uning tadqiqotchilariga 
shunday xulosa chiqarishga imkon berganki, Sopolli davrida dehqonchilikdan 
ikkinchi mehnat taqsimoti -hunarmandchilikning ajralib chiqishi yuz bergan. 
Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma‘lum bir sohalariga 
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu o‗z 
navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‗sishi va ularning bir yerga to‗planishi 
uchun imkoniyatlar paydo qiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‗sishi esa 
mahsulot hajmining o‗sib, qo‗shimcha mahsulot paydo bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Bu 
davrda xo‗jaliklarning ixtisoslashuvi, sug‗orma dehqonchilikning rivojlanishi, 
hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o‗zaro ayirboshlash va savdo-
sotiqni taraqqiy etishi natijasida jamiyat hastida ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarga 
olib keladi. Ushbu o‗zgarishlar ilk shaharlarni va ilk davlatchilikni paydo 
bo‗lishida asosiy poydevor bo‗lib xizmat qildi. 
Yuqordagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib aytadigan bo‗lsak, qadimgi 
sug‗orma dehqonchilik uchta bosqichni bosib o‗tadi: Birinchi bosqichda eng oddiy 
liman usulida sug‗orishni paydo bo‗lishi va uni rivojlanishi. Bunda mavsumiy suv 


30 
toshishidan tabiiy sug‗oriladigan yerlarda dehqonchilik qilingan. Ikkinchi 
bosqichda tabiiy sug‗oriladigan yerlardan hosil olish mobaynida dehqonlarda 
ularni tartibga solish ko‗nikmalari asosida dastlabki irrigatsiya inshootlari bunyod 
etildi. Natijada irrigatsiya tizimidan foydalanib sun‘iy sug‗orishga o‗tildi va 
dastlabki magistral kanallar paydo bo‗ladi. Uchinchi bosqichda esa rasman endi 
kanallardan ariq kovlab suv chiqarish boshlandi. 
Mamlakatimiz xududida ilk dehqonchilik belgilari Zarafshon xavzasida 
dastlab Sarazmda va Zamonbobo madaniyati zamirida va bir oz keyin Sopolli 
madaniyati yodgorliklarida yaqqol ko‗rinadi. 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, epigrafika dastlabki yozuv asorati sifatida 
o‗rganadi. Epigrafika (grekcha epi – ustidan, tepasida, grafio – yozuv, biror 
predmet ustidagi yozuv), tosh, metall, buyumlar, yog‗och va boshqa predmet 
ustida o‗yib yozilgan qadimgi yozuvlarni o‗rganadi. 
Bunday yozuvlar Ahmoniylarning qadimgi poytaxti Persepol, shuningdek 
Suza va Ekbotana (Hamadon) shaharlari va ularning atrofida topilgan. 
Miloddan avvalgi 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik 
davlatiga podsho Kir II asos soladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors 
podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko‗p mamlakatlar ustidan o‗z hokimiyatini 
o‗rnatishni rejalashtirganlar. 
Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar Markaziy Osiyoning 
Parfiya, Marg‗iyona, Baqtriya va Sug‗diyona viloyatlarini buysundirganlar. Sak-
massagetlarga qarshi Kir II ning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda
muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Saklarni Doro I miloddan avvalgi 518 yilda istilo 
qilgan. 
Doro I davrida (miloddan avvalgi 522—486 yillar) ahamoniylar sulolasi 
Hind vodiysidan O‗rta yer dengiziga qadar bo‗lgan keng hududda o‗z 
hukmronligini o‗rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati 
deb hisoblanadi. Bu davlat ko‗p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni 
birlashtirgan. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik 
qilganlar (miloddan avvalgi 330 yilgacha). 
Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va 
viloyatlari to‗g‗risida turli xil ma‘lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI-
IV asrlarga oid bo‗lib, Behistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepol 
va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Ular qadimgi fors tilida turli ijtimoiy, 
siyosiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat.
Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo‗lib, Doro I davrida 
Karmanshox va Xamadon shaxri o‗rtasidagi yo‗lda baland qoyatoshda yozilgan. 
Behistun yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro I bunday 
xabar qiladi: «Men — Doro, ulug‗ podsho, shaxanshox, mamlakatlar podshosi, 


31 
Vishtasp o‗g‗li, Arshan nevarasi, Ahamoniy. 
Shoh Doro ayturki: «Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni 
qo‗limga kiritib, ularning podshosi bo‗ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, 
Arabiston, Misr, Lidiya, Moniya, Midiya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, 
Drang‗iyona, Ar‘yo, Xorazm, Baqtriya, Sug‗diyona, Gandhara, Saka, Sattagadiya, 
Araxoziya, Maka: hammasi bo‗lib 23 davlat». 
...Men Bobilda bo‗lganimda, quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib 
ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg‗iyona, Sattagadiya, 
Saka. 
... Shoh Doro ayturki: «Marg‗iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib 
ketdi. Marg‗iyonalik Frada ismli bir odam o‗zini viloyatning hokimi deb e‘lon 
qildi. Keyin men, Baqtriya satrapi, buysunuvchi odamimni fors Dadarshishni 
chaqirib, unga gapirdim: «Menga buysunmaganlarni tor-mor qilish kerak». 
Dadarshish qo‗shinlari bilan otlanib, marg‗iyonaliklar bilan jang qildi. 
Axuramazda menga yordam ko‗rsatdi. Axuramazda irodasi bilan mening 
qo‗shinlarim qo‗zg‗olonchilarni butunlay mag‗lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy 
oyining 23 chi kunida sodir bo‗ldi. Shundan so‗ng davlat mening qo‗limga kirdi. 
Mana men Baqtriyada nimalarni qildim. 
... Podsho Doro xabar qiladi: «Bundan so‗ng men saklarga qarshi sak yurtiga 
bostirib bordim, ularning o‗zlari cho‗qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib 
keldim, daryoda kemalardan ko‗prik qilib, saklarni tor-mor qildim. Ularning 
sardori Skunxa ismli odamni tutib, menim huzurimga keltirdilar. Men o‗z 
xohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. Shundan so‗ng mamlakat 
mening qo‗l ostimga o‗tdi». 
Shoh Doro ayturki: «Bu saklar Axuramazdani qadrlaganlar, men 
Axuramazdani ulug‗layman. Axuramazda irodasi va o‗z xohishim bilan men ularni 
tinchitib qo‗ydim». 
Hamadon yozuvlarida Doro I bunday xabar qiladi: «Men — Doro, ulug‗ 
shoh, shahanshoh, davlatlar podshosi, Vishtasp o‗g‗li, Ahamoniy. 
Shoh Doro ayturki: «Mana huzurimda bo‗lgan podsholik: Sug‗diyonaning 
narigi yonidagi saklar yurtidan Efiopiyagacha, Hindistondan Midiyagacha - bu 
podsholikni menga Axuramazda — xudolar o‗rtasidagi ulug‗ xudo, tortiq qilgan». 
Behistun yozuvlarida Doro I birinchi bo‗lib Ahamoniylar davlatining g‗arbiy 
viloyatlarini ko‗rsatib bergan bo‗lsa, Naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar 
ro‗yxati Midiya va Elamdan so‗ng sharqiy viloyatlardan boshlanadi: «Men-Doro, 
ulug‗ podsho, shahanshoh, ko‗p qabilali mamlakatlarning podshosi, keng sayhon 
yerlarning podshosi, Vishtasp o‗g‗li, Ahamoniy, fors, forsning o‗g‗li, ariylar 
urug‗idan kelib chiqqan ariy. 
Shox Doro ayturki: «Fors viloyatidan tashqari quyidagi mamlakatlarni men 


32 
bo‗ysundirganman, menga xiroj to‗lovchi bo‗lgan, mening so‗zimni ijro etgan, 
mening qonunimga asoslanib rivojlanayotgan: Midiya, Elam, Parfiya, Ar‘yo, 
Baqtriya, Sug‗diyona Xorazm... Saka Xaumavarka, Saka Tigraxauda... dengizdan 
narigi yerdagi saklar». 
1972 yilda Suza shaxrida topilgan Doro I haykalidagi yozuvlarda Baqtriya, 
Sug‗diyona va Xorazmdan tashqari «balchiq va tuproq o‗lkasi saklari» tilga 
olingan. 
Suza shahrida topilgan pishiq sopol taxtachaga o‗yib yozilgan bir qatibada 
Doro I (mil.av. 522-486 yy.) bunday e‘lon qiladi: «Suzadagi saroyni men bino 
qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog‗ochi-
Gandxaradan, oltin-Sard va Baqtriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvard-
Sug‗diyonadan, firuza-Xorazmdan, kumush va bronza-Araxoziyadan, tosh 
ustunlari-Elamdan yetkazib berilgan». 
Ayniqsa, Perespoldan (520-450) topilgan yozuvlar va tabiiy suratlar 
(releflar) zo‗r ilmiy qimmatga ega. 
Bunda Perespoldagi fors shohlari saroy devorlariga o‗yib ishlangan 
manzarada Markaziy Osiyo xalqlari boshqalar qatori ahmoniylarga xiroj olib 
kelishi tasvirlangan. 
Sakkizinchi guruh – Sug‗diylar. Ular yetti nafar, o‗ziga xos oyoq kiyimida, 
qo‗llarida qadah, mato va hayvon terisi, ular ikki bosh qo‗yni yetaklab kelmoqda. 
O‗n birinchi guruh – uchi o‗tkir kigiz qalpoqli Sakatigraxaudalar. Ular ot 
yetaklagan va qo‗llarida sarpo. 
O‗n uchinchi guruh – parfiyaliklar, qo‗llarida qadah, baqriya tuyasini 
yetaklaganlar. 
O‗n birinchi guruh – baqtriyaliklar, yaktak kiyib, sholvorlarini himarganlar. 
Qo‗llarida idishlar va tuya yetaklaganlar. 
O‗n yettinchi guruh – Xorazmliklar. Kalta qilich va oybolta bilan 
qurollanganlar, ot yetaklaganlar. 
Shunday qilib, Ahmoniylar imperiyasiga tobe bo‗lgan 23 satraplikdan 
(mamlakatlardan) o‗lpon olib kelgan kishilar surati tasvirlangan. Ya‘ni 
Baqtriyaliklar turli idishlar, teri, mo‗yna va tuya, sug‗diyaliklar turli gazlamalar, 
teri va qo‗ylar, saklar ot va chakmon, parfiyaliklar idishlar va tuya, Xorazmlar ot 
va qurol-aslaha bilan kengliklari tasvirlanadi. 
Persepoldan 6 milya (qariyb 5 km.) masofada, uning shimol tarafida 
Husaynko‗h qoyalarida Ahamoniylaridan Doro I, Kserks I, Artakserks, hamda 
Doro III larning maqbaralari hamda ularga kiraverishda o‗yib yozilgan yozuvlar 
bor. Shuningdek, Doro I ning 19 marta qilgan urushlari va u asirga olgan 9 
podshoning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada Ahamoniylar 


33 
imperiyasiga tobe bo‗lgan 23 satralik va xalqlarning to‗la ro‗yxati yozilgan. Bular 
orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, sug‗diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor. 
Yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri mashhur Bexustun 
yozuvlaridir. Bu yozuvlar (uzunligi 22 m., umumiy balandligi 7-8 m.) Shimoliy 
Eronda, Kirmonshohdan 30 km masofada, daryo bo‗ylab o‗tgan qadimgi yo‗l 
yoqasida Zagros nomli tik qoyaga (taxminan 105 m balandlikda) Doro I ning amri 
bilan yozdirilgan g‗alaba yodgorligidir. Yozuv Elam, bobil va qadimgi Eron 
tillarida bitilgan va 523-522 yillari Ahmoniylar imperiyasini larzaga keltirgan 
Gaumata (522 y. 24 sentyabrda halok bo‗lgan), Frada (Marg‗iyonalik 522 y. 10 
dekabrda asirga olingan), Skunka (Qozog‗iston va O‗zbekiston hududida istiqomat 
qilgan sak qabilalarining yetakchisi) boshliq xalq harakatlari haqida hikoya qiladi. 
Forslarning saka – tigraxudalar ustiga yurishi haqida tarixchi Poliyen 
tomonidan (mil.av. II asr) keltirilgan boshqa rivoyat ham mavjud. U quyidagicha 
talqin etiladi: 
Forslar qo‗shiniga sak qabilalaridan cho‗pon Shiroq keladi. U ko‗p 
joylaridan yaralangan, quloq – burni kesilgan edi. Shiroq o‗z qabiladoshlarining 
uni o‗ldirmoqchi bo‗lganligini, buning uchun ulardan o‗ch olish qasdida 
ekanligini bildirib, forslarni hech kim bilmaydigan yo‗l bilan saklarning orqa 
tomoniga boshlab borishini aytadi. «Qo‗shinlar Shiroq bilan yetti kunlik yo‗lga 
tushdilar. Suvsiz qum sahrosi va bepoyonga kirib bordilar. Mingboshi Ranosbat 
quloqsiz (yo‗lboshchidan) so‗radi: «Buyuk qa‘riga boshlab borishga seni nima 
majbur etdi? Bu yerlarda qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‗i kuyadi. Na bir 
chashma, na bir jonzod uchraydi. Ilgari yurmoq yoki ortga qaytmoqning iloji 
yo‗q». 
Shiroq qah-qah urib kulib, javob berdi: «Men yengdim. Saklarni halokatdan 
qutqazmoq uchun sizlarni tashnalik va ochlik balosiga giriftor qildim». 
Avesto
. O‗rta Osiyoning qadimgi tarixini o‗rganishda ―Avesto‖ ning o‗rni 
beqiyosdir. Unda diniy e‘tiqod va xalqlarning o‗zaro aloqalari bilan bir qatorda 
ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu 
buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya 
va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi 
ma‘lumotlar to‗plangan. 
―Avesto‖ da bayon etilgan asosiy g‗oyalar, diniy e‘tiqodning ilk sodda 
bilimlari Zardusht nomi bilan bog‗langan. Olimlar zardushtiylik dini ta‘limotini 
quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo‗lib o‗rganadilar, birinchisi, eng qadimiy 
qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu 
sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug‗chilik tuzumidagi e‘tiqodlar, ko‗p xudolik 
tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlar deb atalgan qismidir. Bunda 
Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko‗pxudolik 


34 
va keyingi yakkaxudolik g‗oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi 
V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. ―Avesto‖ bu 
dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. 
Mil.av. 1 ming yillikning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda zardushtiylik 
dini keng tarqaldi. Bu dinning asoslari ibtidoiy jamoa sharoitida odamlar tevarak-
atrofdagi tabiyatni ilohiylashtirgan bir davrga keldi. Zardushtiylar o‗shanda olov 
(quyosh)ga, yer, suv, oy, yulduzlarga sig‗inganlar va ularni muqaddas deb 
bilganlar. Zardushtiylik (turli tillarda zarashtira, zoroastr) ismidan olingan. 
Zardusht miloddan oldin 1 ming yillikning birinchi choragida yashagan. U 77 
yoshida Zardushtiylik e‘tiqodi dushmanlari qo‗lida halok bo‗lgan. Keyinroq bu din 
targ‗ibotchisini Zoroastr (yunoncha «astron» - yulduz) deb atay boshlaganlar. Shu 
nomdan kelib chiqib, uning ta‘limotini zoroastrizm deb yuritganlar. 
Juda ko‗pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy 
bo‗lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, 
qadimgi fors tilida Zardusht, o‗rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi. 
Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo‗lib, otasini Porushasp, 
onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi ―oltin tuchli‖, ―oltin tuya yetaklagan 
odam‖ ma‘nosini beradi. Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo‗lib, 
u tug‗ilgan mamlakat bizga noma‘lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti 
tarixi, uning tug‗ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki 
yoyilgan hududlari haqida to‗la ma‘lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning 
maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. 
Zardushtiylik yoyilayotgan davri ibodatxona ham, o‗qib, unga sig‗iniladigan 
maxsus kitoblar bo‗lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, guxgan yonida ado 
etilgan, keyinchalik kohinlari zardusht vazifasini yozib berganlar. Zardusht dini 
kohinlari bunday din matnlarini yod bilganlar va ibodat paytida o‗qiganlar. 
Zardusht vafotidan bir necha asr o‗tgach barcha marosimlar, madhiya va duolar 
kitob holiga keltirilgan. 
Avesto zoroastrizm (otashparastlik, er.av. VI – eramizning VII asri) dinining 
muqaddas kitobi (mil.av. VI – V asrlarda yozilgan), Eron hamda O‗rta Osiyo 
xalqlarining qadimiy madaniyatini (e‘tiqodi, tili, adabiyoti), qisman tarixini 
o‗rganishda asosiy manba hisoblanadi. 
Sharqshunoslar orasida ―Avesto‖ ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud: 
ularnining ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko‗hna madhiyalar, miflar va 
mifologik obrazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX 
asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan. Ular ba‘zi matn va madhiyalar 
yakkahudolik e‘tiqodi paydo bo‗la boshlagan ilk paytlarda kohinlar tomonidan 
yaratilib, keyinchalik ―Avesto‖ni tuzganlar ulardan ham foydalangan, deb 
uqtirishadi. Bir guruh avestoshunoslar kitobninig yozila boshlashini bevosita 


35 
Zardushtning Sablon tog‗ida kechgan hayoti bilan bog‗laydilar va bunda Hotlar 
asosan payg‗ambar she‘rlaridan tashkil topganiga suyanadilar. Har xolda 
―Avesto‖da ajdodlarimizning eng qadimiy she‘rlari, musiqa, badiiy tafakkur 
mevalari, diniy aqidalariyu ilmiy dunyoqarashlari mujassamlangani aniq. 
Asarning yozilgan joyi haqida birmuncha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar 
(fpansuz J.Dermeteter, Rossiya olimi I.Aliev). «Avesto» Midiyada (hozirgi 
Eronning g‗arbiy-shimoliy qismi va Ozarbayjon) yozilgan desalar, V.V.Strui, 
S.P.Tolstov, F.Altaem va boshqalar u Amudaryo bo‗yida joylashgan viloyatlarda, 
Balx va Xorazm oralig‗ida yaratilgan deb hisoblaydi. Oxirgi fikr so‗nggi vaqtlarda 
Eron olimlari (Ibrohim Pur Dovud) tarafidan e‘tirof etildi. 
―Avesto‖ Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yozilib, 
to‗planib bo‗lgach, maxsus kotiblar tomonidaning ho‗kiz terisidan tayyorlangan 
qog‗ozga oltin suvi bilan ko‗chirilgan. Yuqorida ta‘kidlanganidek, ―Avesto‖ 21 
nask (kitob) dan iborat bo‗lgan. Bu haqda ―Tarixi Balamiy‖da ham aniq ma‘lumot 
mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, ―Avesto‖ ning ―dijnabisht‖-
arxiv, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nushasini tarjima qildirib 
olib, o‗zini yoqtirib yuboradi. Gushtasp xazinasidagi ―Avesto‖ nusxasining taqdiri 
hamon noma‘lumligicha qolmoqda. Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi 
Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga ―Aveston‖ ni qayta tiklash 
vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorlikda obidani 
asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan 
yetti mu‘bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar. 
Ular Turonzaminda ―avesto‖ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar. 
Natijada ―Gohlar‖ hamda ―Vendidod‖ning eng mukammal nushalarini xorazmlik 
uchta mu‘bad og‗zidan yozib olishadi. Sarchashmalarning guvohlik berishicha, 
zardushtiylik uzil-kesil shakllangan davrlarda markaziy shaharlarda podsho yoki 
hokim farmonlari, markaziy hokimiyatning mahalliy boshqaruvchilarga, qo‗shni 
davlatlarga yo‗llagan maktublarining nushalari har xil nask (kitob)lar saqlanadigan 
―dijnabisht‖ (arxivlar) mavjud bo‗lgan. Samarqand dijnabishtida ―Avesto‖ning 
nodir nushalaridan biri saqlangan. 
Asarning saqlangan qismlarini tayyorlash va kitob holiga keltirish ishlari 
Parfiya podshosi Volgash III (148-192 yy.) hamda Sosoniylar (milodning III asri) 
davrida ham davom ettirildi. 
Shundan so‗ng Shopur ikki davrida mu‘badlarning mu‘badi Ozorpod 
Mehrospondon ―Avesto‖ning parokanda qismlarini to‗playdi, to‗la tartibga solindi, 
izohlar va qo‗shimchalar bilan boyitildi va to‗la kitob holiga keltirilib, asosiy 
qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi, unga ko‗p nom, tushunchalarni keng 
sharhlovchi ―Zend Avesto‖ kitobini yaratadi.


36 
Afsuski, «Zand Avesto» ham bizning zamonamizgacha to‗la yetib 
kelmagan. Uning bir qismi A.Makedonskiyning yurishlari vaqtida boshqa qismi 
esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida yo‗q qilingan. Asarning bizgacha yetib 
kelgan qismi, professor Ye.E.Bertesning ma‘lumotiga qaraganda 83 ming so‗zdan 
iboratdir. U asosan 4 qismdan iborat, ayniqsa birinchi qismga «Yasna» kirgan 
qo‗shiqlar «Avesto»ning eng ko‗hna va qimmatli qismlari hisoblanadi. 
Arablar istilosi davrida o‗z e‘tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar 
xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab 
qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o‗rganadigan Koma ilmiy 
markazi ham mavjud. Ana shu ma‘naviyat o‗chog‗ida Ardasher davrida 
ko‗chirilgan ―avesto‖ nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo‗lyozmasi 
Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi 
Davlat kutubxonasining Sharq qo‗lyozmalari bo‗limida ham mavjud. Bundan 
tashqari ―Avesto‖ XIX asrning o‗rtalarida fransuz, ingliz va nemis, rus tillarida 
ilmiy izohlar bilan bir necha marotaba nashr etilgan: endilikda biz ―Avesto‖ning 
ikki muallif tomonidan bajarilgan nomukammal tarjimasiga ham egamiz. 
«Avesto» ayniqsa, uning qo‗shiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning 
«Shohnoma» asariga manba bo‗ldi. 
«Avesto»da «Serquyosh mamlakat» Xorazm (Amudaryoning quyi oqimida) 
«fuqarosi ko‗p va chorvaga boy» Sug‗diyona (Zarafshon vodiysida), «qudratli va 
muqaddas» Marv, «…shon-shavkati olamni tutgan mamlakat» Baktriya 
(Amudaryoning yuqori oqimi) deb yoziladi. 
Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil.av. VII-VI asrlarda 
O‗zbekiston hududida sug‗diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget 
elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan 
shug‗ullanuvchi ko‗plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud 
Sug‗da («Avesto») da Sug‗uda (Bexustun yozuvlari) Arrian, Strabon, Kursiy Ruf 
asarlarida Sug‗diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi so‗g‗diylar 
deb atalgan. 
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‗troq dehqon elatlari xorazmliklar 
bo‗lgan. Ularning yurti Xvarizom («Avesto»da) Xvarazmish (Behustun 
yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan. 
Sug‗diylarning eng yaqin qo‗shinlari baqtriyaliklar bo‗lib, ularning yurti 
Surxan vodiysi, Afg‗onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida 
joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi («Avesto»da), Baktrish (Bexustun 
yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-Rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya 
deb ataganlar. 
Milodiy I-IV asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi faqatgina 
qadimgi Baktriya hayotida muhim davr bo‗libgina qolmasdan, balki butun 


37 
Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyotida hal etuvchi davrlardan biridir. 
Surxondaryoning kushon davri madaniyatini o‗rganish borasidagi ilk arxeologik 
qazishmalar 1926 yilda amalga oshirildi. 
1936-1938 yillarda prof. M.Ye.Masson boshchiligida faoliyat ko‗rsatgan 
Termez arxeologik ekspedisiyasi ko‗hna Termiz Kushon davri yodgorliklarini 
o‗rganishda bir muncha muvaffaqiyatga erishdi. 
Kushon davri shaharlari aholisining diniy e‘tiqodlari ularning tili va 
yozuvini o‗rganishda ko‗hna Termezning buddaviylik ibodatxonalari, Qoratepada 
amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar tufayli g‗oyatda qimmatli dalillarga ega 
bo‗lindi. Ko‗hna Termezning Kushon davri diniy markazi hisoblanishi Qoratepa 
1961 yil Moskvadagi ta‘mirlash instituti sharqshunoslik va Sankt-Peterburg davlat 
Ermitajining B.YA.Stavskiy boshchiligidagi birlashgan ekspedisiya tadqiqotlar 
olib bordilar. 33 yildan ortiqroq davr mobaynida Qoratepada amalga oshirilgan 
arxeologik qazishmalar natijasida Markaziy Osiyo va Shimoliy Hindiston xalqlari 
madaniyati va madaniy aloqalari shuningdek buddaviylik dinining bu o‗lkaga 
tarqalishidan darak beruvchi ko‗plab ashyoviy dalillar topildi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə