O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112
Ἡρόδοηος 
Ἁλικαρνᾱζζεύς
) – qadimgi 
yunon tarixchisi, yirik qomusiy olim, tarix fanining ―ota‖si, asli Kichik Osiyoning 
Galikarnas shahridan, ba‘zi manbalarda Furiyada tug‗ilgan deyiladi; 455-447 
yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo‗ylab sayohat qilgan, yunon-fors urushlari va oʻz 
davrining koʻplab xalqlarini urf-odatlarini taʼriflagan, birinchi toʻliq tarixiy traktat-
―Tarix‖ning muallifi. Geradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, 
Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 
479 yilgacha bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 kitobdan iborat
―Tarix‖ nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo‗nalishida 
yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Gerodotning asarlari antik madaniyat uchun 
katta ahamiyatga ega boʻlgan. Sitseron uni, hayotligidayoq ―tarix otasi‖― deb 
ataydi. 
Gerodot (yun. Herodotos) yoshligida mustabid hokimiyat (tiraniya)ga qarshi 
faol kurashgan va Galikarnasda shunday hokimiyat oʻrnatilgach, vatanini tark 
etishga majbur boʻlgan. Bir necha vaqt Samos orolida yashagan. Mil. av. taxminan 
455-447 yillarda butun Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, 
Yunonistonning Bolqondagi shaharlari. Qora dengiz sohillari boʻylab (Olviya 
shahrigacha) sayohat qilib, skiflar haqida maʼlumot toʻplagan. Uzoq muddat 


47 
Afinada yashagan; Gerodotning Afina demokratiyasining yoʻlboshchisi Periklga 
yaqinligi uning siyosiy qarashlariga kuchli taʼsir qilgan. Gerodot taxminan 443 yil 
Afinadan Furiyaga koʻchib oʻtgan. 
Gerodotning asari shartli ravishda "Tarix" deb nom olgan boʻlib, yunonlar 
tarixining eng muhim siyosiy voqeasi-yunonfors urushlari (mil. av. 500-449 
yillar)ga bagʻishlangan. Keyinchalik aleksandriyalik olimlar Gerodot asarini 
muzalar soniga qarab 9 kitobga ajratganlar, har bir kitob muzalardan birining nomi 
bilan atalgan. Gerodot "Tarix"ining asosiy gʻoyasini yunon dunyosining 
sharqdunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. Gerodot Lidiya, Midiya, Axomaniylar 
davlati tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining oʻtmishi, dini, oʻziga 
xos urf-odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik bilan bayon etib, tarixiy 
voqealarni keng taxlil qilgan. Asarning 5-kitobida Gerodot oʻzining asosiy 
maqsadi yunon-fors urushlari tarixini bayon qilishga kirishgan. Geradot garchi o‗zi 
bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to‗g‗ri 
bayon etishi, o‗zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan 
qarashi bilan ba‘zi tarixchilardan ajralib turadi. Antik adabiyotda birinchi boʻlib 
skiflarning hayoti va turmush tarzlari Gerodot asarida tadrijiy suratda bayon 
etilgan. Geradotning asarida O‗zbekistonning qadimiy xalqlari bo‗lmish 
agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, 
urf-odatlari hamda qo‗shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli 
ma‘lumotlarni uchratamiz. Xususan Gerodot Oʻrta Osiyoda yashagan massagetlar 
haqida batafsil maʼlumotlar keltirib, massagetlar malikasi Toʻmarisning 
axomaniylar podshosi Kir II bilan boʻlgan jangini yuksak mahorat bilan bayon 
qilgan. 
Gerodot O‗rta Osiyo haqida tarixiy jihatdan juda muhim ma‘lumotlar 
keltiradi. Bu yerda bir necha hokimlar mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron 
davlatiga qaram ekanligini ta‘kidlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan aytadi. 
Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, Sug‗dlar, Saklar, Xorasmiylar va Ariylar. 
(Bu o‗rinda izoh talab nomlardan ariylar Afg‗onistonning g‗arbiy qismida 
joylashgan elatlardir). Ularning turish-turmushlari, urf-odatlarini qo‗shni 
mamlakatlarda uchratamiz. Baqtriyaning poytaxti o‗sha vaqtda Balx shahri 
bo‗lgan, Kaspiy hokimligiga Turkmanistonning janubiy-g‗arbiy qismida 
joylashgan 
qabilalar 
kirgan. 
Xorasmiylar-xorazmliklar, 
Sug‗dlar-Politimet 
Zarafshon bo‗ylarida, saklar, Tyan-Shan tog‗ining g‗arbiy etaklarida joylashgan 
edilar. Bu xalqlar Sharqdan to Kaspiy dengizigacha bo‗lgan hududga tarqalgan. 
Girkaniya bilan Xorasm o‗lkasi o‗rtasidan Ares daryosi o‗tadi. Bu daryodan 
uzun-uzun kanallar qazilib, sug‗orish shaxobchalaridan dehqonchilikdan unumli 
foydalanadilar. 


48 
―Tarix‖ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 
yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) hamda rus 
(F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda 
asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, 
D.P.Kallistov hamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan.
Diodor
(miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sisiliyaga 
qarashli Argiriya shahridan. U ―Tarixiy kutubxona‖ nomli 40 kitobdan iborat asar 
yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo‗nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston 
va Rimning qadim zamonlaridan to milodning I asr o‗rtalarigacha bo‗lgan tarixini 
o‗z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O‗zbekistonning qadimiy 
xalqlari skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo‗lgan 
munosabatlari haqida qimmatli ma‘lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko‗p jihatlari bilan ko‗chirma-kompilyasiya hisoblanadi. 
Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko‗p 
hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog‗lanmay qolgan. Shunga qaramay, 
bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Diodorning asari to‗la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. 
Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida 
hikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron 
urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilgacha 
bo‗lgan tarixini o‗z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saqlangan, xalos. Bu asar 
1774-1775 yillari I.Alekseyev tomonidan olti qismda va 1874-1875 yillari F.G. 
Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə