O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112
Kvint Kursiy Ruf
(milodning I asri) – mashhur Rim tarixchisi. Kvint 
Kursiy Rufning ―Shoh Aleksandrning tarixi‖ asarining yozilish davri va uning 
hayoti haqida aniq malumot yo‗q. Kursiy millodning 50-yillarida, Klavdiy 
hukmronligi davrida yashagan, Aleksandr Makedonskiyning Eron, O‗rta Osiyo va 
boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat «Buyuk 
Aleksandr tarixi» nomli asar yozib qoldirgan. Muallif Ptolomey Lag va 
A.Makedonskiyning safdoshlari Onisikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan 
keng foylananilgan. Aleksandrning davriga bag‗ishlab yozgan keng mazmunli 
ilmiy tarixiy asari ham o‗sha davrda yozilgan, degan taxmin bor (Slovar 
antichnosti. 302-bet).
Chunki milodning II asrlariga kelib, Aleksandrning yurishi haqida yozilgan 
Plutarx va Arrianning boshqa taxlildagi asarlari Kursiy kitobining shuhratini
yo‗qotdi. O‗n kitobdan iborat bo‗lgan ―Aleksandrning tarixi‖asarining sakkiztasi 
bizgacha yetib kelgan bo‗lib, Kursiyning asariga qiziqish XV asrdan boshlandi. 
Aniqrog‗i, 1470-yilda Venesiyada, 1472 yilda Rimda va 1478 yilda Milanda 
qo‗lyozma asosida chop qilindi. Ilk bor 1709 yilda Pyotr I ko‗rsatmasiga asosan 
rus tiliga tarjima qilingan. 
Rufning mazkur asarida O‗rta Osiyoning A.Makedonskiy tomonidan istilo 
qilinishi, O‗rta Osiyo xalqlarining chet el bosqinchilariga qarshi kurash, xususan 
Spitamen boshliq qo‗zg‗olon keng yoritib berilgan. Bu asarning O‗rta Osiyo 


51 
haqidagi boshqa asarlaridan farqli tomoni shundaki, unda ikki daryo Oks (Amu) va 
Yaksart (Sir) oraligidagi tarixiy voqealar keng ifodalangan. 
Kursiy Rufning ushbu asari Diodor, Yustin, hatto jahon adabiyotida muhim 
o‗ringa ega bo‗lgan Plutarxning «Aleksandr» tomonidan ham ustun ekanligini 
ko‗ramiz. 
Asarda ifodalanishicha, Aleksandr Sug‗diyona yerlariga qo‗shni bo‗lgan 
Gerkotyaga katta qo‗shin bostirib kiradi. «Atrof qumlik, sahro, quyosh qizdiradi. 
Suv tanqis edi. Qumlik xuddi olov purkayotgandek». 
Asardan keltirilgan bu parcha yozuvchi Amudaryoning narigi tomonidan 
turkman cho‗llarini tasvirlayapti. Makedoniyaliklarning O‗rta Osiyoning olov 
purkab turgan issig‗iga moslashishlari qiyin bo‗ladi. «Bu yerlarda kechasi yurish 
ancha qulay. Ayniqsa, tong pallasidagi muzdakkina sahro shabadasi, quyosh 
chiqishi bilan harorat ko‗tariladi. So‗ngra butun a‘zoi badaningiz yona boshlaydi. 
Jangchilar avval ruhan tushkunlikka tushadi, so‗ngra issiqlikka bardosh berolmay, 
holdan toya boshlaydi». 
Yana bir o‗rinda yozuvchi jangchilar issiqqa bardosh beraolmay, oxirgi 
vinolarigacha, hatto moylarigacha ichib qo‗yganligini aytadi. Ularga suyuqlik 
bo‗lsa bas edi, qarab o‗tirmasdan ichaveradi. Ayrimlarining qorni shunday shishib 
ketgan ediki, hatto qurol ko‗tarishga darmoni yetmas edi, deb hikoya qiladi 
yozuvchi. Haqiqatdan ham Kurc Ruf asari O‗rta Osiyoga bag‗ishlangan boshqa 
ko‗pgina grek va Rim adabiyotidagi asarlardan shu bilan farq qilar edi-ki, unda 
tabiat tasviriga alohida e‘tibor berilgan. 
Oksdan o‗tgandan to‗rtinchi kuni Aleksandr Makedonskiy shahriga yetib 
keladi. «Maroqandning devori baland va mustahkam edi. Uning ichida joylashgan 
qal‘a ikkinchi devor bilan o‗ralgan. Aleksandr u yerda qo‗shinini qoldirib, o‗zi 
yaqin oradagi qishloqlarni yoqib talay boshlaydi». Mana shu epizoddan ham 
ko‗rinib turibdiki, Aleksandr O‗rta Osiyoda o‗ta shafqatsizlik va talon-tarojlikni 
avjiga chiqargan…. 
Kvint Kursiy Ruf o‗zining bu asarida Avgust prinsipati davridagi 
tarixchilarning Sharqning istilochisi Aleksandr haqida tarqalgan rivoyatlarga 
bergan tanqidiy fikrlarini davom ettirib, aleksandriyalik tarixchi Klitarx va 
Aleksandr tomonidan qatl ettirilgan tarixchi Kallisfen asarlaridan foydalanib, 
shuningdek, Siseronning ―Aleksandrning davlati Rim imperiyasi oldida hech narsa 
emas. U oddiy bosqinchi, aniqrog‗i, qaroqchi bo‗lgan‖ degan, Tit Liviyning 
―Aleksandr taqdirning erkasi, tanobi tortilmagan, hissiyotga berilgan, shuhrat 
orqasidan quvuvchi o‗smir bo‗lgan. Agar u Rim legioni bilan to‗qnash kelganda 
edi, uning g‗alabalariga nuqta qo‗yilgan bo‗lar edi‖ degan fikrlariga qo‗shilgan 
holda, Aleksandr hamisha unga nisbatan norozilik bildirib, ko‗z yoshi to‗kishga 
majbur qilgan qo‗shinlariga tobe edi, degan fikrni bildirgan. K.Kursiy 


52 
Aleksandrning davlat arbobi, siyosatchi, buyuk lashkarboshi kabi sifatlariga emas, 
balki uning shaxsiy fazilatlariga nisbatan tanqidiy fikr bildirgan. Kvint Kursiy Ruf 
Makedoniya davlati bilan Fors davlati o‗rtasidagi jangni tasvirlash emas, balki 
Aleksandr bilan Doro III o‗rtasida dunyoni egallashdagi shaxsiy jangini 
tasvirlashga harakat qiladi. 
Kvint Kursiy Ruf Aleksandrning tabiatida qarama-qarshi xislatlar
mavjudligiga to‗xtalib, u jasur, telbalarcha jasoratga ega, shoh avlodlariga tegishli 
asiralarga nisbatan olijanob, askarlarga nisbatan xushmuomala kabi fazilatlarini
tasvirlaydi. 
Kursiy Rufning ―Aleksandrning tarixi‖ asari Vatanimiz hududida mavjud 
bo‗lgan qadimgi Baktriya, Sug‗diyona va Oks, Yaksart daryolari atrofida yashagan 
xalqlar, joylarning nomlari va tabiati haqida ma‘lumot beruvchi eng qadimgi
yozma manbalardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
―Buyuk Iskandar tarixi‖ 1841 yili Myusel, 1867 yili T.Nyoldeke va 1885 yili 
Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida 
chop etilgan (M.,1963 y.).

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə