O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
Polibiy 
(miloddan avvalgi 201-120- yy.) – yirik yunon tarixchisi, 40 
kitobdan iborat ―Umumiy tarix‖ asari bilan mashhur. Unda Yunoniston, 
Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146-yillar orasidagi ijtimoiy-
siyosiy tarixini o‗z ichiga oladi. Umumiy tarix yo‗nalishida yozilgan bu asarning 
katta qismi saqlanmagan, bizgacha faqat 1-5- kitoblargina yetib kelgan, xolos.
Polibiyning ―Umumiy tarixi‖ daliliy ma‘lumotlarga boyligi, voqealarning 
nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir. Unda Oks – 
Amudaryo va Yaksart – Sirdaryo haqida, Antiox I ning Baqtriya podshohi 
Yeftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma‘lumotlar bor. ―Umumiy 
tarix‖ning matni 1889-1905 yillar orasida to‗rt jildda Leypsigda chop etilgan. 
Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, London, 1957-
1960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3 jildlari. Moskva,1890-1899) tarjimalari 
mavjud.
O‗zbekistonning qadimiy tarixini o‗rganishda qadimiy Yunoniston va Rim 
tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir.
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-330-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan 
milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (milodning 11 asri), Korneliy 
Tasit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 
430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Poliyen (milodning 11 asri) va 
boshqalarning asarlari ham ana shunday qimmatga egadir.
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zo‗r ilmiy qiymatga 
egadir.
Strabon
(miloddan avvalgi 63 – milodning 23 y.) qadimgi Yunonistonning 
atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohlaridan), 
nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotelning 
(miloddan avvalgi 384-322-yy.) shogirdi, qariyb 80 yil umr ko‗rgan. Strabonni 
dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat ―Geografiya‖ nomli asaridir. Asarning 
1-2- kitoblari ―Muqaddima‖ deb ataladi va unda geografiya ilmi va uning 
hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o‗rni va roli haqida gap boradi. 
Eratosfen, Poseydon va Polibiyning Yer tuzilishi haqidagi ta‘limoti tanqid 
qilinadi, Yer yuzini tavsiflash haqida umumiy tushuncha beriladi. 3-10-kitoblarida 
Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10-kitoblar Ellada va unga tutash 
mamlakatlarga bag‗ishlangan. Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o‗rin berilib, 
ular to‗g‗risida 11-16 kitoblarda ma‘lumot berilgan. 17 kitob Afrika 


56 
mamlakatlariga bag‗ishlangan. Strabon Polibiyning ―Umimiy tarix‖ini davom 
ettirib, unga miloddan avvalgi 146-31-yillar orasida bo‗lib o‗tgan voqealarni 
qo‗shgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin 
uning ayrim qismlari, xususan O‗zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim 
parchalar olimning ―Geografiya‖ nomli asariga kirib qolib saqlangan.
Strabonning 
―Geografiya‖sida 
Girkaniya, 
Parfiya, 
Baqtriya 
va 
Marg‗iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo‗llari, Oxa 
(Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida, O‗zbekistonning qadimiy xalqlari – 
saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toharlar hamda xorazmliklar va ularning 
kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e‘tiqodi, shuningdek Parfiya 
va Baqtriyaning miloddan avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va 
o‗zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma‘lumotlar mavjud. Strabonning 
ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va 
sharhlar bilan qo‗shib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831-
1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879, G.A.Stratanovich, Moskva, 
1964) tarjimalari ham mavjud.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə