O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
Ptolomey Klavdiy
(taxminan 90-160 yy.) – mashhur qomusiy olim
Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, 
mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan. Jahonga mashhur 
―Almagest‖- ―Al-majastiy‖ (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya 
ilmlarini o‗z ichiga oladi), ―Optika‖ (5 kitobdan iborat), ―Germanlar haqida 
tushuncha‖ (3 kitobdan iborat) va nihoyat, ―Geografiya‖ shular jumlasidandir. 
Lekin olimga shuhrat keltirgan asarlari ―Almagest‖ va ―Geografiya‖dir. 
―Geografiya‖ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog‗i uning 24- bobi 
jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag‗ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. 
Shunisi muhimki, asarda shaharlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari 
keltirilgan va unga 27 ta xarita ilova qilingan.
Ptolomeyning ―Geografiya‖sida Girkaniya, Marg‗iyona, Baqtriya, 
So‗g‗diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va 
So‗g‗diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o‗sha mamlakatlar va ular bilan 
tutash o‗lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma‘lumotlar keltirilgan. 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Yozma manbalar va ularning asosiy xillarini tushuntirib bering. 
2.
Manbalarni tanlab olishning asosiy shartlari nimalardan iborat? 
3.
Aleksandr Makedonskiyning O‗rta Osiyoga yurishini qanday manbalardan 
bilamiz? 
4.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi qanday ataladi va qachon yozilgan? 
5.
Antik davr tarixiga oid Xitoy va Eron manbalarini aytib bering. 
 


59 
IV-BOB: O„RTA OSIYO TARIXIGA OID ILK O„RTA ASR YOZMA 
MANBALARI. 
 
V-VI asrlarda O‗rta Osiyo tarixi Eftalitlar («xepti», «Xaytal», «ay-da», «i-
da» nomlari bilan mashhur) va Eftalitlar davlati tarixi bilan bog‗liqdir. Tarixiy 
manbalar, shuningdek arxeologik qidiruvlar bergan ma‘lumotlarga qaraganda, 
eftalitlar mil.av. I va milodning IV asrlari o‗rtasida Yettisuv vohasidan Sirdaryo 
va Amudaryo oralig‗idagi yerlariga ko‗chib kelgan xunnlar bilan aralashib ketgan 
saklar va massagetlarning avlodidir. Ular juda katta territoriyada o‗z hukmronligini 
o‗rnatdilar. Eftalitlar davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo‗ylarigacha bo‗lgan 
yerlar qarar edi. Eftalitlar milodning 457 yilida Chag‗oniyon Tohiriston va 
Badaxshonni bo‗ysindirishga muvaffaq bo‗ldilar. Eron podshosi Sosoniy Peruz 
(459-484 yy.) eftalitlarga qarshi uch bor qo‗shin tortdi, lekin hamma yurishlari 
mag‗lubiyat bilan tugadi. Buning ustiga Eron eftalitlarga o‗lpon turishga majbur 
bo‗ldi. 
Qisqasi, Eftalitlar davlati O‗rta Osiyoning, Eronning sharqiy rayonlari, 
Afg‗oniston, Shimoliy Hindiston hamda Sharqiy Turkiston ustidan hukm yurgizdi. 
563-567 yillarda Turk hoqoni Istemi Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, 
eftalitlar davlatiga zarba berdi va ularni bo‗ysindirishga muvaffaq bo‗ldi. Natijada 
ular Amudaryo va Orol dengizigacha o‗lkalar ustidan o‗z hukmronligini 
o‗rnatdilar. VI asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan 
Chjau va Si davlatlarini ham bo‗ysundiradilar. 
VI asr o‗rtalariga kelib Turk hoqonligi zaminida ilk feodal kurash kuchaydi 
va bunday Suy imperiyasi hukmronlari ustalik bilan foydalanishdi. Oqibatda Turk 
hoqonligi ikki qismga: Sharqiy va G‗arbiy hoqonligiga bo‗linib ketadi. 
G‗arbiy Turk hoqonligi harbiy-siyosiy bir muncha qudratli edi. VII asrning 
unga Sharqiy Turkistodan to Kaspiy dengizigacha bo‗lgan yerlar qarar edi. Uning 
ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida shaharlarning o‗sishi va Xitoy, Eron, 
Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab bo‗ldi. Manbalarda keltirilgan 
ma‘lumotlarga ko‗ra, G‗arbiy Turk hoqonligining poytaxti Suyabda har yili katta 
markazlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. 
G‗arbiy Turk hoqonligi markazlashgan davlat bo‗lib, 15 ga yaqin yarim 
mustaqil hoqonliklardan (m-n, Sug‗dda Yuxchxon xalqidan chiqqan Jabg‗u, 
Buxoroda Mahliy buxor xudot, Farg‗ona ixshidlari va h.k.) tashkil topgan edi. 
Hoqonlik tarkibiga kirgan xalqlarning bir qismi dehqonchilik va savdo-sotiq 
bilan uning tog‗ va cho‗l rayonlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa 
chorvachilik bilan shug‗ullangan. 
Arablar istilosi arafasida O‗rta Osiyo mayda-mayda davlatlardan iborat edi.
Sharq va Xitoy manbalariga qaraganda, VIII asr boshlarida O‗rta Osiyo 15 ga 


60 
yaqin mustaqil davlatlarga bo‗linib ketgan edi. Bulardan eng kattalari Xorazm
Sug‗d, Buxoro, Chag‗oniyon, Tohiriston, Choch-Farg‗ona hisoblangan. 
Arablar O‗rta Osiyo territoriyasiga 674 yildan boshlab bostirib kira 
boshladilar. Bosqinchi qo‗shinga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn 
Ziyod boshchilik qildi. O‗shanda ular Poykent va Buxorodan (1 mln. dirham va 
4000 ming va boshqalar) bilan qaytgan edi. 
705-yildan boshlab arab feodallarining O‗rta Osiyoga istilochilik yurishlari 
kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi noibi Kutayba Ibn Muslim boshchilik 
qildi. U 712 yilda Xorazm va Samarqandni ham bo‗ysindirdi. Samarqand podshosi 
Gurak (716-737yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga ko‗ra Samarqand va 
Sug‗diyona xalqi arablarga har yili 2 mln. 200 ming dirham miqdorida boj to‗lash 
va arab qo‗shiniga 100 ming kishi to‗plab berishga majbur etildi. 713-715 yillarda 
Choch, Farg‗ona viloyatlarni, shuningdek yettisuv va Qoshg‗argacha bo‗lgan 
yerlarni ham bosib oldi. 
Qadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir hamda Mo`g`ulistonda, 
Oltoy hamda O`zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida qiymatga ega. Bu 
yozuvlarning yetti guruhi-Lena-Baykalbo`yi bitiklari, Yenisey, Mo`g`uIiston, 
Oltoy, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma'lum. Bu bitiklar O`zbekiston 
xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini 
o`rganishga yordam beradi.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə