O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112
Li Yan-shou
(taxm.595-678-yy.). Tan sulolasi (618-907 yy.) davrida 
yashagan. ―Bey shu‖ (―Shimoliy sulolalar tarixi‖) 100 bobli asar bo‗lib, Li
Yan-shou qalamiga mansub. Unda Shimoliy Xitoyda hukmronlik Vey (386-
535-yy.), Si (550-577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi hukmronligi, ya‘ni
386-581 yillar tarixi bayon etilgan.
Asarda O‗zbekiston, xususan Xorazm hamda Sharqiy Turkiston haqida 
qimmatli ma‘lumotlarni uchratamiz. ―Bey shu‖ning matni 1958 yili Shanxayda 
chop etilgan.
Fan-Xua
(398-445yy.). U Xitoyning avali Xan sulolasi davridagi tarixini 
o‗z ichiga olgan «Xou-xan-shu» (Keyingi Xan sulolasi tarixi nomli katta asar – 
130 bobdan iborat) muallifi. Asarda O‗rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va 
Jungoriyaning 25-221 yillar orasidagi tarixi haqida diqqatga sazovor ma‘lumotlar 
bor. 
“Suy shu”
(―Cuy xonadonining tarixi‖) Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan
yozilgan asar. Uni yozishda Vey Chjen (580-643 yy.) –Tan sulolasi davrida o‗tgan 
tarixchi, imperator Chjen-Guan (626-650) davrida uning o‗g‗li va toju taxt


67 
vorisiga tarbiyachi bo‗lgan, Yan Shi-Gu hamda Kxun In-da bilan birgalikda 
ishtirok etib, asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida, V-VI asrlardagi ijtimoiy-
siyosiy tarixi 85 bobda bayon etilgan. Kitobning 55 bobi 637 yili yozib 
tamomlangan. Qolgan 30 bobiga esa 20 yil vaqt ketgan.
Asarda 
imperatorning 
iqtisodiy 
siyosati, 
qo‗shinning 
tuzilishi,
mamlakatning ahvoli, xalqning urf-odatlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Uning 
83-bobida O‗zbekiston va Sharqiy Turkiston haqida ham diqqatga sazovor 
ma‘lumotlarni uchratamiz.
Ko‗p jildli ―Sulolalar tarixi‖ tarkibida 9 jild sifatida 1958 yili Shanxayda 
bosilgan.
“Szyu Tan shu”
(―Tan sulolasining eski tarixi‖) imperator Jen-Szun 
(1023-1063-yy.)ning topshirig‗i bilan 940-945 yillari yozilgan.
Ouyan Syu (1007-1072-yy.) va Sun si (998-1061 yy.) 960-1279 yillari
hukmronlik qilgan Sun (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari1043-
1060-yillari shu sulolaning yangi tarixi ―Cin Tan shu‖ (―Tan sulolasining
yangi tarixi‖) yozganlar. Har ikkala asar ham o‗ziga xos afzalliklariga ega bo‗lib, 
ma‘lum darajada bir-birini to‗ldiradi.
XVIII asrda tarixchi Shen Bin-chjen har ikkala tarixni bir-biriga
bog‗lab, unga ―Sin szyu Tan shu xechao‖ (―Tan sulolasining bir-biri bilan 
qo‗shilgan yangi hamda eski tarixi‖) deb nom qo‗ydi. Asarda 618-907- yillar 
voqealari bayon etilgan.
―Sin Tan shu‖da O‗zbekiston janubi, Afg‗oniston, Eron hamda Sharqiy 
Turkiston haqida ma‘lumotlar uchraydi. 1958 yili ko‗p jildli ―Sulolalar
tarixi‖ning 12 jildi sifatida Shanxayda chop etilgan.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə