O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112
Xitoy manbalari
. Xitoy manbalari haqida gapirishdan avval shuni alohida 
qayd qilib o‗tish kerakki, ular ham Xitoy hukmdorlarining maqsad va 
manfaatlarini ko‗zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi esa ko‗p hollarda bir 
taraflama yoritilgan. Lekin, Xitoy manbalarida bo‗lib o‗tgan voqealarning vaqti va 
o‗rni aniq ko‗rsatiladi, u yoki bu territoriyada istiqomat qilgan xalqlar, shuningdek 
bir-biriga qarshi turgan qo‗shinlarning umumiy soni aniq ko‗rsatiladi. 
O‗rta Osiyo xususan O‗zbekistonning uzoq o‗tmishdagi ijtimoiy-siyosiy 
tarixini o‗rganishda quyidagi Xitoy manbalari muhim rol o‗ynashi mumkin. 
Sima Syan-
(taxminan miloddan avvalgi 145 yoki 135-86-yillar)
Lunmin (hozirgi Shensi viloyati) shahrida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida
tug‗ilgan, mamlakat bo‗ylab ko‗p sayohat qilgan, otasi vafot etgandan (miloddan 
avvalgi 108 yili) keyin uning o‗rniga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan.
―Shi 
szi‖ (―Tarixiy esdaliklar‖) xitoy tarixshunoslarining otasi
hisoblanadigan Sima Syanning 130 bobdan iborat asaridir.
Miloddan avvalgi 98 yili imperatorga qarshi chiqib, sarkarda Li Linni
himoya qilgani uchun qattiq jazoga tortilib (bichilgan) saroydan quvib 
yuborilgan. Lekin u ruhiy tushkinlikka tushib qolmadi va bo‗lajak tarixiy kitobi 
ustidagi ishni davom ettirdi. Ko‗p vaqt o‗tmay Sima syan yana saroyga taklif etildi 
va imperator Bosh mahkamasi boshlig‗i etib tayinlanadi, kitobini yozib 
tamomlashga sharoit yaratib berildi.
Uning ―Shi szi‖ nomli asarida Xitoyning qadimiy zamonlardan to 
miloddan avvalgi 1 asr boshlariga qadar o‗tgan tarix bayon etilgan. Asarda 
O‗zbekiston, uning 123 bobida xususan Farg‗ona va uning qadimiy xalqi,
hayoti haqidagi qimmatli ma‘lumotlar mavjud.


66 
―Shi szi‖ning to‗la matni olti jild qilib 1959 yili Pekinda e‘lon etilgan, 
rus tiliga tarjima etilib (I.Ya.Bichurin, L.S.Vasilev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol va 
boshqalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E.Shavann (1865-1905) 
tomonidan fransuz tiliga tarjima qilinib, 1895-1918 yillari 5 jildda bosmadan 
chiqqan.
Ban-Gu
(39-92)-yirik tarixchi olim. Tarixchi Anlin (Shensi viloyati) 
shahrida G‗arbiy Xan sulolasi (miloddan avvalgi 206 – milodning 220 y.)
xizmatida turgan yirik mansabdor va tarixshunos oilasida tug‗ilgan, 47-55 yillari 
Loyanda oliy ta‘lim olgan. ―Syan Xan shu‖ (―Avvalgi Xan sulolasining tarixi‖) 
yirik tarixchi olim Byan Gu asaridir. 58-82 yillari u o‗z asarini yozgan.
―Syan Xan shu‖ning 95 bobida O‗zbekiston (ayniqsa, kangli, yuechji va
usunlar haqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning
hayoti haqida ko‗p muhim ma‘lumotlarni uchratamiz.
―Syan Xan shu‖ 1962 yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. Inglizcha
tarjimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) ham bor.
Fan Xua
(398-445 yy.) ―Xou Xan shu‖ (―Keyingi Xan sulolasi tarixi‖)
tarixchining yirik asaridir. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220-yy.)ga xizmat 
qilgan. Kichik davlat lavozimida turgan va 424 yili viloyat hokimligiga 
ko‗tarilgan. Davlatga qarshi isyonda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. ―Xou 
Xan shu‖ Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixni o‗z ichiga olgan katta
asar (130 bobdan iborat. Unda O‗zbekiston, Sharqiy Turkiston va
Jung‗oriyaning 25-221-yillar orasidagi tarixi haqida diqqatga sazovor ma‘lumotlar 
bor.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə