O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


Manbani ichki belgilariga qarab tahlil qilish



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
Manbani ichki belgilariga qarab tahlil qilish.
Manbani ichki belgilariga 
qarab tahlil qilish deganda, uni mazmuniga qarab tahlil qilish, tushuntirish, 
g‗oyaviy-siyosiy va ilmiy qimmatini aniqlash masalalari aniqlanadi. 
Har qanday asarning ilmiy qimmati, unda bayon etilgan voqealarning, 
ob‘ektivligi, keltirilgan faktlarning to‗g‗riligi, nihoyat oldinga surilgan fikr va 
g‗oyalar bilan o‗lchanadi. Shuning bilan bir qatorda bunda asarning original (asl 


16 
nusxasi) yoki kompilyasiya (terma) bo‗lishi, to‗la va qisqaligi, voqelarning qay 
tarzda bayon etilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi, chunki odatda ilmiy 
tadqiqotda original va mo‗tabar nusxalariga tayanib ish olib boriladi. 
Yana shunga e‘tibor berish kerakki, sinfiy jamiyat sharoitida yozilgan 
asarlarning mualliflari ko‗pincha o‗zlari keltirilayotgan faktlardan to‗g‗ri xulosa 
chiqarmaydilar, ularning fikrlarida noaniqlik, chalkashlik va qarama-qarshiliklar 
ham uchraydi. Bu tabiiy hol, albatta, chunki ular yashab, ijod etgan muhitning o‗zi 
ziddiyatlar bilan to‗lib toshgandadir. 
Manbaning mazmunini tahlil etishda yana bir narsaga e‘tibor berish zarur. 
Muallifning dunyoqarashidan sinfiy cheklanish, voqealar va faktlar ustidan xulosa 
chiqarganda yuz beradigan zaruriyat va qarama-qarshiliklar bilan bir qatorda, 
ayrim hollarda ob‘ektiv fikr yuritish hollari ham uchrab turadi. Bunday paytlarda 
muallif ko‗pincha o‗z fikr va mulohazalarini pardozli iboralar va istiorali so‗zlar 
orasiga yashiradi, shuningdek ko‗p asr avval bo‗lib o‗tgan va aynan muallif bayon 
qilmoqchi bo‗lgan voqeaga o‗xshash faktlarni misol tariqasida keltirish yo‗li bilan 
bayon etganlar. 
«Abdullanoma» asarining (XVI asr) muallifi mashhur Juyboriy xojalaridan 
biri yirik feodal xoja Muhammad Islom (taxm. 1493-1563yy.) va uning «Yetti 
iqlimning chaqqon hisobchilari yuzdan birini ham hisoblamaydigan bema‘ni 
kitoblariga tayanib, manna bu so‗zlar bilan ifodalaydi: «Tafsirat ul-mubtadin» ning 
uchinchi bobida aytilganki, «Jahon a‘yonlari bo‗lganliklari uchun emas, balki unga 
tegishli bo‗lishlari va mol-dunyoga hirs qo‗yishda o‗zini tiymaganlari yomondir». 
Shu boisdan hazrat Risolatpanoh (Muhammad Payg‗ambar) …. Bu ma‘nodan 
xabar beradi (va dediki) «mol-dunyoni do‗st tutish har qanday gunohning 
boshidir». Ashtarxoniylardan Ubaydullaxon (1702-1711 yy.) kotibi muarrix Mir 
Muhammad Amin Buxoriy mazkur xonning o‗ldirish sabablarini, uning 
faoliyatidagi nuqsonlardan aniqrog‗i atrofga tuban va sotqin kishilarni to‗plab olib 
saltanat va xalq ahvolidan beparvo bo‗lganligidan qidiradi. 
Mirxond (XV asr) «Ravzat ul-safo» asarida aytganki, «jahon ustidan hukm 
yurgizishning bir sharti shulki hukmron sir saqlay oladigan, muhim davlat ishlarida 
mustaqil fikrga ega bo‗lgan maslahatchilarni tarbiyalab yetkazgani zarur. Jahon 
ustidan hukm yurgizishning ikkinchi sharti shulki, hukmdor o‗ziga yetuk, oqil, 
vijdonlik, kamtarin va iste‘dodli kishilarni yaqinlashtirmog‗i lozim… ». Shunga 
o‗xshash «Siroj ul-muluk» kitobi (podsholar va oliy tabaqali mansabdorlarning 
xulq-atvori kodeksi)da hikoya qilinganki, Nushirvon (Sosoniylardan Xusrav 
Anushervon) kunlardan bir kuni bosh kohindan so‗radi: «Davlatning inqiroziga 
sabab nima?» Bosh kohin javob qiladi: «bunga sabab uchta: birinchidan, 
davlatning umumiy ahvoli oliy hukmdordan yashirin tutilsa; ikkinchidan xalq 
podshoga nafrat ruhida tarbiyalansa; uchinchidan, soliq to‗lovchilarning jabr zulmi 


17 
ortib ketsa». Mir Muhammad Amin Buxoriy yuqorida aytilganlardan xulosa yasab 
bunday deydi:
Afsuski, har uchchala zarur shart Sayyod Ubaydullaxon hukmronligiga 
taaluqlidir…. Podsho hukmronligining ikkinchi yarmida ilgari o‗tgan podsholar 
tarixidan ota-bobolarning tutimidan chetga chiqadi. Tamom kuch-quvvatini tubdan 
va zaif, sust va manfur kishilarni tarbiyalashga sarfladi, ularni o‗ziga 
yaqinlashtirdi; mutahhamlar, harom xodimlar va kohinlar bilan yaqin munosabatda 
bo‗ldi. Mana shularning hammasi uning davlatini inqirozga uchratdi.
Manbani ilmiy tahlil qilishdan kuzatilgan maqsad, uning muhim va ilmiy 
tomonlarini aniqlash, ularda keltirilgan faktlarning birinchi darajadagisini ikkinchi 
darajadagisidan, to‗g‗risini haqiqatdan yiroq bo‗lganlaridan ajrata bilish hamda, 
eng muhim asarda bayon etilgan voqealarni to‗g‗ri baholay olishdan iboratdar. 
Yana shuni aytish kerakki, manbani faqat uning bir o‗zida keltirilgan fakt va 
ma‘lumotlarga qarab baholab bo‗lmaydi. Ba‘zi hollarda keltirilgan faktlar soxta, 
bayon etilayotgan voqea esa soxtalashtirgan bo‗lishi ham mumkin. Shuning uchun 
ham biron asar haqida qat‘iy bir fikr aytishdan avval uni o‗ziga o‗xshash boshqa 
asar bilan solishtirish va tekshirish zarur. 
Tarixiy manbalar tadqiqoti jarayonida quyidagi masalalar belgilab olinadi: 
qoʻlyozma asarlar va hujjatlarni topish va ajratib olish; asosiy matnni va soʻnggi 
qoʻshimcha yoki ilovalarini belgilash; manbaning yuzaga kelishi, asliy yoki 
koʻchirma nusxaligini aniqlash; manbashunoslik jihatidan qoʻlyozma matni 
qanchalik toʻliqligi, unda berilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va aniqligi hamda 
bitilgan davrini belgilash. Chunki har qanday mavzu yoki tarixiy voqelik bayoni 
manbashunoslik jihatdan keng qamrovlik va mukammallikni taqozo etadi. Shu 
boisdan tarixiy manbalarning yaratilish davrining aniqligi manbashunoslikda 
muhim ahamiyatga molikdir, yozilgan yoki koʻchirilgan vaqti qayd etilmagan 
asarlar tamaddun tarixi davomida uchraydi.
Yozma manbalarni yuzaga kelish tarixini oʻrganish borasida asarning yili, 
yozilish uslubi, matnda uchraydigan davr va sanalar, ogʻirlik va uzunlik 
oʻlchamlari, pul birliklari, geografik nomlar hamda shaxsiy ismlarni belgilash 
manbashunoslikda ayniqsa muhimdir. Chunki tarixiy asarlarning aksariyati oʻz 
davrida muallifi tomonidan maʼlum darajada tuzatishlar yoki qisqartirishlar 
kiritilgan boʻlsa, keyinchalik esa uning muharrir tarjimonlari yoki tegishli 
nazoratchilari tomonidan qandaydir oʻzgartirishlar amalga oshirilgan yoki boshqa 
tilga tarjima etilgan boʻlishi mumkin. Natijada matn, mazmun va gʻoyaviy 
yoʻnalish jihatidan aslidan oʻzgacha nusxalari paydo boʻlgan. Shu boisdan tarixiy 
manba muallifi, tarjimoni va kotiblarini aniqlash muhim ahamiyatga molikdir. 
Manbalarning asliy va koʻchirma nusxalarining yaratilishi bilan bevosita bogʻliq 
boʻlgan muarrixlarni belgilab olish bilan manba nusxalari, ayniqsa tarjimalarining 


18 
qanchalik asliga monandligi hamda ularda keltirilgan tarixiy atama, nom va 
sanalarning haqqoniyligi aniqlab olinadi. 
Manbashunoslik koʻp asrlik tarixga ega. Amaliy manbashunoslik dastavval 
Sharqning Misr va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniyat o‗choqlarida qadimgi 
podsholiklar (Misr, Shumer, Akkad va Ossuriya) va ularning boshqaruv tizimlari 
shakllanayotgan davrlarda yuzaga keldi. Manbashunoslikning ilk omillari 
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq kabi xoʻjaliklarning 
kengayib rivojlanishi natijasida hayotiy ehtiyojlar yaratgan eng qadimgi yozuvlar 
(Misr iyerogliflari, Mesopotamiya mixxati) kashf etilishi, ilmiy-amaliy 
bilimlarning vujudga kelishi bilan chambarchas bogʻliq holda paydo boʻldi. 
Manbashunoslikning asosi hisoblangan ilk yozuvlar miloddan avvalgi 4-ming 
yillikda shakllandi. Eng qadimgi hujjatlar tosh, sopol, poʻstloq, xom gisht, yogoch, 
teri, papirus poyasiga bitilgan. Dastlab ularda eng muxim voqea va hodisalar, 
nasihatnoma va diniy sheʼrlar yozilgan boʻlsa, keyinchalik podsholiklar tashkil 
topgach, podshoh qonunlari (Hammurapi, miloddan avvalgi 1792-1750 yil, Xett, 
miloddan avvalgi 2-ming yillik-qonunlari toʻplami), madhiya (gimn)lar, 
davlatlararo bitimlar (miloddan avvalgi 1280 yil Xattusili III va Ramzes II larning 
tinchlik shartnomasi) kabi tarixiy hujjatlar bitilgan hamda yillik taqvim va oʻlka 
haritalari (Misr, Urartu, Bobil va ularning tevarak atroflari) chizilgan. Haqiqiy 
tarixiy hujjat tusini olgan bunday qadimgi lavhalar miloddan avvalgi 4-ming 
yilliklarda ko‗chirilib, o‗ziga xos kitoblar yaratilgan va ularni saqlash uchun 
kutubxona va arxivlar tashkil etilgan (Ur, Nippur, Nineviya, Bobil, Ashshur 
shaharlari). Masalan, birgina Ossuriya podshohi Ashshurbanipalning Nineviyadagi 
kutubxonasida 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan. Oʻsha davrlardayoq 
Shumer, Akkad va Ossuriya maktablarida hujjatli lavhalardan nusxalar 
ko‗chiruvchi va ularni jamlab saqlovchi davlat kotib (mirzo)lari tayyorlanib, 
amaliy 
manbashunoslikka 
asos 
solingan. 
Mesopotamiya 
arxivi 
va 
kutubxonalaridan esa hatto miloddan avvalgi 3-ming yillikka mansub mamlakat 
tarixi va geografiyasiga oid maʼlumotlar topilgan. 
Tarixiy hujjatlar va yozma manbalarga tanqidiy yondashish, ularda 
keltirilgan maʼlumotlarni taxlil qilish va asarlar yaratishda manbalardan 
foydalanish yo‗llari qadimgi dunyo tarixchilarining nomi va tarixnavislik ijodi 
bilan bogʻliqdir. Dastlab yunon muarrixi Gerodot ayrim yozma manbalarga shubha 
ko‗zi bilan boqqan boʻlsa, Polibiy, Livii, Tatsit, Iosif Flaviy kabi tarixchilar oʻz 
asarlarida manbalarni tanqidiy ajratish, bir-biriga zid maʼlumotlarni solishtirish 
bilan tarixiy manbalarni tekshirib koʻrish yoʻlini qoʻllaganlar. Oʻrta asrlarda 
manbalarga tanqidiy munosabatda boʻlish deyarlik barham topgan boʻlsada, ammo 
Uygʻonish davrida u qayta jonlandi. Uning rivojiga maʼlum darajada gumanistlar 
oʻz hissalarini qoʻshdilar. 


19 
16-17-asrlarda manbashunoslikning rivojlanishi, asosan, diplomatiya 
ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻlangan boʻlsada, ammo bu davrda yozma 
manbalar, tarixiy hujjatlarni ilmiy-nazariy tadqiq qilish uslubiyati va amaliy 
usullari (B. G. Nibur, L. Ranke, T. Momzen) ishlab chiqildi. 
Oʻzbekistonda amaliy manbashunoslikning yuzaga kelishi va rivoji, agarda 
arxeologik topilmalarga asoslanilsa, bir necha ming yillik tarix bilan uzviy 
bogʻlanadi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestoning charmga bitilgan 
ilk nusxalari hamda qadimgi Niso va Tuproqqalʼa shahar harobalaridan topilgan 
charm, yogʻoch va sopol boʻlaklariga yozilgan xoʻjalik hujjatlarining guvohlik 
berishicha, qadimgi Turon hududlarida ilk qoʻlyozma manbalar miloddan avvalgi 
1-ming yillikda yuzaga kelgan. Ular shahar ibodatxonalari va poytaxtlarda qad 
koʻtargan podshoh qarorgohlarida saqlangan. Masalan, Koʻhna Niso harobalarida 
oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida 2 mingdan ortiqroq sopol boʻlaklariga 
parfiya yozuvi bilan bitilgan xoʻjalik hujjatlari topilgan. Ularda Nisoning 17 
bogʻdorchilik tumani va 10 ta qishlogʻidan qaysi yilda qancha miqdorda musallas 
keltirilib topshirilgani qayd etiladi. Xorazmshoxlarning qadimgi poytaxti 
Tuproqqalʼa harobalaridan qazib ochilgan podsholik arxividan esa teri va 
yogʻochga yozilgan 100 dan ortiq kirim hujjatlari topilgan. Ularda podsho 
xazinasiga tushgan soliqlarning nomi, miqdori va qayerdan keltirilgani 
belgilangan. Yogʻochga bitilgan hujjatlarda esa, ozod, qul, xizmatkor, malika 
choʻrilari, shahzoda xizmatkorlari, qullari kabi qadimgi Xorazmda hukm surgan 
ijtimoiy hayot bilan bogʻliq tabaqalarni belgilovchi atama va iboralar tilga olingan. 
Oʻzbekiston hududida qayd etilgan bunday yozma yodgorliklar va ularning 
ibodatxona va podsho saroylarida saqlanishi, shubhasiz, bu hududda Baqtriya, 
Sugʻd va Xorazm kabi dehqonchilik vohalarida ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar 
(ziroatkorlik, chorvachilik, hunarmandchilik) va savdo-sotiq munosabatlarining 
kengayishi oqibatida tashkil topgan qadimgi davlat birlashmalarining va ularda 
boshqaruv tizimlarining shakllanishi bilan chambarchas bogʻliq tarzda yuzaga 
kelganidan dalolat beradi. 
Oʻrta asrlarda Arab xalifaligi, somoniylar, qoraxoniylar, gʻaznaviylar, 
saljuqiylar va xorazmshohlar boshqargan yirik davlatlarning tashkil topishi, 
poytaxt shaharlarda masjid, madrasa va rasadxonalar qad koʻtarib "Bayt ul hikmat" 
(Bagʻdod), Dor ul-ilm (Xorazm, Samarqand), Dor ush shifo (Hirot) va 
kitobxonalar kabi ilm-fan va amaliyot dargohlarida bilimdon olimu-fuzalolarning 
toʻplanishi bilan, shubhasiz, manbashunoslikka eʼtibor kuchayadi. Bu davrda 
amaliy manbashunoslik faoliyati birmuncha kengayib qoʻlyozma manbalarni ilmiy 
jihatdan tadqiq qilishga kirishiladi. Yozma asarlarni toʻplash, saqlash va nusxalar 
koʻchirish, noyoblarini oʻzga tillardan tarjima qilish bilan bir qatorda asar 
matnlarini qisqartirish, soʻnggi maʼlumotlar kiritilib, qisman boʻlsada, ularni 


20 
toʻldirish ishlari kabi tahririyat ishlari ham amalga oshiriladi. Birgina "Bayt ul 
hikmat"da 9-11-asrlarda oʻrta osiyolik olimlardan Yahyo ibn Abu Mansur, Muso 
al-Xorazmiy, Xolid Marvarrudiy, Abul Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy, Abul 
Fazl ibn Turk Xuttaloniy, Ahmad Fargʻoniy, Bonu Muso, Ahmad Saraxsiy, Abu 
Homid Sagʻoniy, Abdulloh ibn at Turk, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, 
Talxa Xuzoiy, Ali ibn Rabbon at Tabariylar faoliyat koʻrsatgan edilar. Bagʻdodda 
kutubxonalar ochilib Sharq va Gʻarb antik dunyosining ilmiy va maʼnaviy merosi 
oʻrganiladi. Hind, yunon, suryoniy, paxlaviy, sankskrit tillaridan koʻpgina asarlar 
arab tiliga tarjima qilinadi. 
10-12-asrlarda Movarounnahrda tarix va geogrfiyaga qiziqish va mahalliy 
aholi tilida yozilgan asarlarga boʻlgan ehtiyojning ortishi bilan tarixiy kitoblar arab 
tilidan fors tiliga tarjima qilina boshladi. Ayni shu davrda Gardiziynij "Zayn ul-
axbor" ("Xabarlar koʻrki"), Bayhaqiyinng 30 jildli "Tarixi oli Mahmud" ("Mahmud 
xonadoni tarixi") tarixiy asari, Majiduddin Adnoning "Tarixi muluki Turkiston" 
("Turkiston mamlakati tarixi"), Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Tarixi 
Buxoro" kabi asarlari arabchadan fors tiliga tarjima qilingan. 
943-944 yillarda arab tilida yozilgan "Buxoro tarixi" kitobining tarjimoni va 
muharriri Abu Nasr Axmad Kuboviy asarning arab tilidan fors tiliga tarjima 
qilinishi haqida quyidagilarni yozgan edi: "...Koʻpchilik kishilar arab tilida 
yozilgan kitobni oʻqishga ragʻbat koʻrgazmaganliklari sababli, doʻstlarim mendan 
u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qiladilar... 522 yilning jumad ul-avval 
oyida" (1128 yil may) kitobni fors tiliga tarjima qildim. Biroq, arab tilidagi 
nusxada keraksiz va buning ustiga oʻqiganda (kishi) tabiatiga malollik orttiradigan 
narsalar (haqida ham) soʻzlangan ekan. U narsalarning bayoni (tarjimaga) 
kiritilmadi". 1178 yilda esa "Tarixi Buxoro" kitobi Muhammad ibn Zufar 
tomonidan 2marta qisqartirildi va tahrir etilib qayta bayon etildi. Ushbu asarning 2 
marta qisqartirilib qayta yozilgan nusxasi hozirgi kungacha saqlanib qolgan. 
Oʻrta asrlarda manbashunoslikda tarixiy asardan nusxa koʻchirish bilan bir 
qatorda ularning tarjimasi muhim oʻrin tutgan. Asar matnlarini koʻchirib, tarjima 
qilishda, ayniqsa, joy nomlari (toponim), suvlar (gidronim), togʻlar (oronim)lar 
hamda shaxs ismlarini aniq va toʻgʻri yozilishi, buzilish hollari hamda oʻzga 
tillarga agʻdarish oqibatida yuzaga kelgan oʻzgarishlar kabi masalalarga jiddiy 
ahamiyat berilgan. Abu Rayhon Beruniy "Hindiston" asarida bu haqda 
quyidagilarni taʼkidlaydi: "Boshqa xalq mahalliy nomlarni buzib talaffuz etadi... 
tili boshqa boʻlgan qabilalar biron joyni egallaganlarida nomlar tez-tez oʻzgarib 
turadi... nomlarning maʼnosini boshqa tilga tarjima qilganda yoki talaffuzini 
osonlashtiradigan tovushlar bilan yozganda nomlar oʻzgarib ketadi. Koʻpincha, 
arablar chet el nomlarini, arabchalashtirib, shunday oʻzgartiradilar va buzib 
aytadilar" ("Hindiston"). Xasart (Sirdaryo) boʻyidagi shaharni turkiy aholi 


21 
Yangikent va Janikent, arablar "Qariyat ul hadisa" (Yangi qishloq) va "Madinat ul-
Jadida" (Yangi shahar), tojiklar Dehinav deb atashgan. 
Shy boisdan oʻrta asr manbashunoslikda kutubxonalarda faoliyat 
koʻrsatadigan tarjimon, musannif va kotiblar tanlovida ularning tub joyligiga 
alohida eʼtibor bilan qaralgan. Chunki qoʻlyozma matnlarining bexato 
koʻchirilishi, joy nomlarining buzilmasdan toʻgʻri yozilishi va tarixiy asar 
tarjimalarining benuqsonligi koʻp jihatdan kotibu musanniflarning lingvistik 
salohiyatiga bogʻliq boʻlgan. 
Abulgʻoziy Bahodirxon "Shajarayi turk" nomli asarini yozishga kirishganida 
Rashiduddin Fazlullohning "Jome at tavorix" va "Chingiznoma" kabi kitoblar va 
ularning nusxalaridan istifoda etgani haqida yozar ekan kitob nusxalarining qayta-
qayta koʻchirilishi oqibatida matnlarining deyarlik yarmi gʻaliz boʻlib qolganini 
taʼkidlaydi. 
Manbashunoslik tarix fanining maxsus sohasi va alohida tadqiqot predmeti 
sifatida 19-asrning 2-yarmi-20-asr boshlarida shakllandi. Manbashunoslikning 
rivojida Gʻarbiy Yevropa va Rossiya olimlaridan G. Droyzen, E. Berngeym, 
E.Frimen, Sh. V. Langlua, Sh. Senobos, N. M. Karamzin, V. N. Tatishchev, S. M. 
Solovyev, N. I. Kostomarov, V. O. Klyuchevskiy, A. A. Shaxmatov, A. S. Lappo - 
Danilevskiy va boshqa olimlarning tadqiqotlari va asarlari muhim ahamiyat kasb 
etdi. 
Bu davrda Sharq qoʻlyozma asarlarini toʻplash, tadqiq etish, boshqa tillarga 
tarjima qilish va nashrdan chiqarish bilan bogʻliq ilmiy-amaliy ishlar yoʻlga 
solinib, manbashunoslikning ilmiy-nazariy uslubiyati ishlab chiqildi. Bu borada 
Sankt Peterburg kabi qator ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat koʻrsatgan 
sharqshunos olimlar - V. V. Bartold, V. V. Velyaminov Zernov, N. I. Veselovskiy, 
V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, K. G. Zaleman, N. I. Ilminskiy, P. M. 
Melioranskiy, V. V. Radlov, V. R. Rozen, A. N. Samoylovich va boshqalarning 
xizmatlari katta boʻldi. 
Turkistonda bu davrda, boshlangʻich tusda boʻlsada, arxeologiya, etnografia 
va numizmatikaga oid topilma va maʼlumotlarni toʻplash, tadqiq etish, koʻrgazma 
va muzey fondlarini tashkil qilish boshlanadi. Toshkent, Samarqand va Buxoroda 
(V. V. Bartold, V. L. Vyatkin, V. V. Grigoryev, V. A. Jukovskiy, L. A. Zimin) 
dastlabki arxeologik qazishlar oʻtkaziladi. Bu izlanishlarga va mahalliy havaskor 
oʻlkashunoslar (Akram Askarov, Mirzo Abdulloh Buxoriy, Muhammad Vafo) jalb 
etiladi. 
Oʻzbekistonda shoʻrolar davrida, garchi fanga maʼlum darajada ahamiyat 
berilib, yetuk mutaxassis olimlar voyaga yetib, manbashunoslik fani ilmiy-amaliy 
jihatda yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, ammo shoʻrolarning tuzumi xudbinlik va 
mahsudlik mafkurasi tufayli butun bir tarixiy davrlar (Amir Temur va temuriylar), 


22 
oʻzbekona sharq maʼnaviyati, serqirra davlatchilik va xoʻjalik yuritish hamda 
xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti bilan uzviy bogʻlangan sulolalar shajarasi va 
maʼrifat maktablari tarixiga doir noyob yozma manbalar va hujjatlar tadqiqot 
rejalaridan chetda qoldi. 
Oʻrta Osiyoda oliy taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqot institutlari tashkil topib 
keng koʻlamda rivojlanishi bilan tarixiy tadqiqot ishlari yoʻlga qoʻyildi. 
Oʻzbekistonda, xususan, fanlar akademiyasi tizimida Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi sharqshunoslik, tarix va arxeologiya institutlarida olib borilgan ilmiy 
tadqiqotlar natijasida manbashunoslik alohida fan sifatida shakllandi va taraqqiy 
topdi. Oʻrta asr Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish, tarjima qilish va ularni toʻla 
sharhlar bilan nashr qilish ishi keng rivojlandi. 
Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutining 
Sharq qoʻlyozmalar fondida 150 mingdan ortiq, shu jumladan, 26 ming jild 
qoʻlyozma, 28 ming jild bosma asarlar saqlanadi (2003). 1952-2000 yillar 
mobaynida "Sharq qoʻlyozmalari toʻplami"ning 11 jildi nashr etildi. Mazkur 
toʻplamlarda fanning turli sohalari boʻyicha 8 mingdan ortiq arab, fors, oʻzbek va 
boshqa tillarda yozilgan qoʻlyozmalar sharhlab berilgan. 
Shular bilan bir qatorda bu davrda oʻrta asrlarning mashhur mutafakkirlari 
Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari"; Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Geodeziya", "Masʼud qonuni", 
"Maʼdanshunoslik", "Farmakognoziya", "Munajjimlik sanʼati boshlangʻich 
tushunchalar"; Abu Bakr Roziyning "Sirlar siri kitobi"; Ali Qushchining 
"Astronomiyaga oid risola"; Mirzo Ulugʻbekning "Koʻragoniyning yangi jadvali", 
"Toʻrt ulus tarixi"; Abu Bakr Narshaxiyning "Buxoro tarixi"; Abul Fazl 
Bayhaqiyning "Masʼud tarixi"; Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi"; 
Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"; 
Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy"; Hofiz Tanish Buxoriyning 
"Abdullanoma"; Muhammad Yusuf Munshiyning "Muqimxon tarixi"; Mir 
Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma"; Mirzo Badeʼ Devonning 
"Raqamlar yigʻindisi"; Mirzo Abdulazim Somiyning "Mangʻit xonlari tarixi" va 
boshqa koʻpgina qoʻlyozma manbalar oʻzbek va rus tillarida nashr etildi. 
Shuningdek, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga doir muhim rasmiy 
hujjatlar (vaqfnoma, vasiqa, garovnoma, tilxat va boshqalar)ni kataloglashtirish va 
tadqiq qilish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 14-16-asrlar va 20-asr rasmiy 
hujjatlari (P. P. Ivanov, O. D. Chexovich, R. G. Mukminova) chop qilindi. Xiva, 
Qoʻqon xonliklari va Buxoro amirligi arxiv materiallarini tadqiq etishga kirishildi. 
A. L. Troitskaya tomonidan "Qoʻqon xonligi arxiv hujjatlari" katalogi, A. R. 
Muhammadjonov tahriri ostida "Buxoro amirligi joy nomlari" kitobi nashr etildi. 


23 
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozma 
asarlar fondida saqlanayotgan manbalarni soha fanlari boʻyicha sharxlash va 
kataloglashtirish ustida jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1997-2001 yillar 
mobaynida "tarix", "tabiiy va aniq fanlar", "tabobat", YUNESKO hamkorligida 
"Sharq miniatyuralari", Yaponiyaning Kioto universiteti bilan birgalikda 
"Xivaning qozilik hujjatlari" (19-asr oxiri-20-asr boshlari) kabi toʻplam kataloglar 
nashrdan chiqarildi. Bu maxsus toʻplamlarda arab, fors, oʻzbek tillarida yozilgan 
4300 dan ziyodroq qoʻlyozma manbalar qisqacha sharhlangan. Bulardan tashqari, 
bu davrda "qabrtoshlar epigrafikasi" bilan shugʻullaniladi. 1997 yilda Visbaden 
shahrida doktor Lyudvig Rayxert nashriyotida "Shayboniylar qabr toshlaridagi 
bitiklar" (B. Bobojonov, A. Moʻminov, Yu. Paul) oʻzbek, nemis va rus tillarida 
chop etildi. Bu o‗ziga xos bitiklar toʻplamida 16-asrga mansub 84 ta qabrtosh 
yozuvlari sharhlangan. Qabrtosh epigrafikasi manbashunoslikda alohida soha 
boʻlib, oʻrta asrlarda butun islom dunyosida, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda keng 
tarqalgan yozuv sanʼati hisoblanadi. 
Oʻzbekistonda manbashunoslikning taraqqiyotiga S. A. Azimjonova, M. A. 
Salye, A. A. Semyonov, A. K. Arende, P. G. Bulgakov, I. Abdullayev, B. 
Ahmedov, B. Valixoʻjayev, B. Vahobova, A. B. Vildanova, L. M. Yepifanova, R. 
Jalilova, N. I. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzayev, Q. Munirov, S. 
Mutalibov, G. Ostanova, A. P. Qayumov, A. Rasulov, A. Rustamov, H. 
Sulaymonov, U. Uvatov, T. Fayziyev, A. Xoʻjayev, X. Hikmatullayev, 
Sh.M.Shoislomov, O.Sharafuddinov, P. Shamsiyev, D. Yusupova, A. Oʻrinboyev, 
B.Ergashev, I.Saidov kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. Ularning saʼy harakatlari 
va betinim tadqiqotlari tufayli Oʻzbekistonda milliy manbashunoslik maktabi 
tashkil topdi. Hozirgi kunda bu maktabda B. Abduhalimov. A. Aytboyev, B. 
Bobojonov, O. Boʻriyev, Gʻ.Joʻrayeva, H. Karomatov, S. Karimova, A. 
Madraimov, X. Toʻrayev, M. Hasaniy kabi manbashunos tadqiqotchilar ijod 
qilmoqdalar. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə