O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Savol va topshiriqlar:
1.
 
Manbashunoslik fani asosan qanday yo‗nalishlarga ega?
 
2.
 
Tarixiy geo-kosmografik asarlar haqida nimalarni bilasiz?
 
3.
 
Tarixiy biografik asarlar haqida qanday fikrdasiz?
 
4.
 
Yozma manbalar o‗z navbatida nechhi turga bo‗linadi?
 
5.
Moddiy (ashyoviy) manbalar deganda nimalarni tushunasiz? 
 
 
II-BOB. TARIXIY MANBALARNI TURKUMLASH, TANLASH VA ILMIY 
TAHLIL QILISHNING UMUMIY YO„L-YO„RIQLARI 
Manbalarni turkumlash. 
Avvalo shuni e‘tirof etish kerakki, hanuzgacha 
manbalarni turkumlashning aniq bir qoidasi ishlanmagan. Ba‘zi manbashunos 
mutaxassislar ularni mazmuniga qarab (ya‘ni asarda qaysi masala bayon etilganiga 
qarab) turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruhi asarning kelib 
chiqishiga, ya‘ni qaerda va qachon yozilganligiga qarab turkumlashni lozim 
ko‗radilar. Yana bir guruh olimlar esa ularni turlariga (rasmiy hujjatlar, tarixiy, 
geo-kosmografik va biografik asarlar) qarab turkumlashni tavsiya qiladilar. 
Manbalarni avtograf (mualliflarning o‗z qo‗li bilan yozilgan nusxa) yoki ko‗chirma 
nusxasiga qarab turkumlash hollari ham uchraydi, hozirgi paytda tarixchi 
manbashunoslar manbalar ustida ishlashning faqat bittasiga, ya‘ni ularning 
turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Chunki boshqa 
tadqiqot yo‗llari yozma manbani chuqur va atroflicha o‗rganish hamda tahlil qilish 
vazifalariga to‗la javob bera olmaydi.
Birinchidan, faqat birgina masalani (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va 
h.k.) qamrab olgan asar deyarli uchramaydi, qolaversa asarning kelib chiqishi
qanday nusxaligi (avtograf yoki ko‗chirma) aniqlash masalasi manbani turkumlash 
yo‗l-yo‗riqlaridan bo‗lmay balki ularni o‗rganishning bosqichlaridan biri 
hisoblanadi. 
Mana shularni inobatga olganda, manbani ularning turlariga qarab 
turkumlash 
qoidasi 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Hozirgi 
vaqtda 
Rossiya 
Federatsiyasining ko‗pgina oliy o‗quv yurtlarida o‗qitilayotgan «Rossiya tarixi 


13 
manbashunosligi», «O‗rta asrlar tarixi manbashunosligi» darsliklari ham mana shu 
qoidaga asoslangan.
B.A. Ahmedov O‗zbekiston tarixi (o‗rta asrlar) manbalarini (yozma 
manbalarni) quyidagi uch turga bo‗lib o‗rganishni tavsiya qilgan: 1) ashyoviy 
manbalar, ya‘ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar; 2) rasmiy 
hujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik hamda biografik asarlar. Ushbu turkumda 
qayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, ya‘ni qadimda ajdodlarimiz 
turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o‗rganish uchun asosiy manba bo‗lib xizmat
qiluvchi manbalar, asosan arxeologiya fani tomonidan o‗rganiladi va biz
uchun qo‗shimcha yoki yordamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi
mumkin.
O‗zbekiston tarixiga oid yozma manbalarni, asosan ikki turga bo‗lib
o‗rganish maqsadga muvofiqdir. 
1) Rasmiy hujjatlar-yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar, hisob-
kitob daftarlari, rahnomalar, rasmiy yozishmalar, maktublar va boshqalar. 
Umuman, tarixiy hujjatlarning o‗ttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-
siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari, ya‘ni feodal yer egaligi, ijtimoiy 
munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga o‗xshash masalalar bo‗yicha daliliy
ma‘lumotga boyligi bilan tarixiy manbalaming boshqa turlaridan ajralib turadi. 
Ular, asosan hujjatshunoslar tomonidan maxsus o‗rganilsada, tarixiy manba 
sifatida manbashunoslikda ilmiy qiymati juda katta. 
2) Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik hamda biografik manbalar.
Bunday asarlarda rasmiy hujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va 
to‗la yoritiladi. Shuning bilan bir qatorda ular daliliy ma‘lumotlarga boyligi bilan 
ko‗zga tashlanadi. Yozma manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab
bo‗lmaydi. Xususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bayoni mavjud bo‗lib, faqat ularning o‗ziga xos bayon 
uslubi, badiyatini nazardan qochirmaslik kerak. Chunki tarixchi bor haqiqatni 
yozishi kerak bo‗lsa, shoir yoki ijodkor badiiy to‗qima, bo‗rttirish, 
mubolag‗aga yo‗l qo‗yishi, ya‘ni o‗z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga ega.
Masalan, Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir davriga va zamondoshlariga 
oid qimmatli fikr, mulohazalar mavjud.
Alisher Navoiyning ―Xamsa‖ asari tarkibidagi dostonlarida ham tarixiy 
ma‘lumotlar, xususan Mirzo Ulug‗bek shaxsi va uning ilmiy merosi 
to‗g‗risida juda qimmatli fikrlar mavjud. 
Yozma manbalardagi o‗ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan 
voqea, hodisalarga subyektiv yondashuv, ayrimlarini xaspo‗shlash yoki buzib
talqin etish hollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib
borilganda, ularga tanqidiy yondashish talab etiladi. Bu esa 


14 
manbashunoslikning asosiy ilmiy talab va tamoyillaridan biridir. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə