O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/112
tarix09.02.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#100556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
V.Miniatyura. 
X-XIX asrlar davomida qo‗lyozma kitoblarini ziynatlash 
uchun yaratilgan nafis mo‗jaz rasmlar ham tarixiy manba bo‗lib xizmat qiladi. 
Yurtimiz tarixi va moddiy ashyolar, hunarmandchilik, kiyim-kechak, me‘morchilik 



obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini o‗rganmoqchi 
bo‗lsak, nafis mo‗jaz tasviriy san‘at namunalari-miniatyura rasmlar qimmatli 
manba rolini o‗taydi. Chunki, ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba‘zan badiiy 
ijod xususiyatlariga moslashtirilgan holda aks ettiriladi. Masalan, buyuk musavvir 
ustod Kamoliddin Behzodning ―Samarqanddagi Bibixonim masjidining qurilishi‖ 
nomli mashhur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XV asrdagi mehnat qurollari, 
qurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalar to‗g‗risida mukammal tasavvur 
beriladi. Bunday rasmlardan tarixni o‗rganishda tasviriy vosita sifatida unumli 
foydalanish mumkin. Biz so‗nggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan 
shunchaki befarq foydalanishlarini ko‗rishimiz mumkin. Umuman, bizgacha yetib 
kelgan qadimgi devoriy rasmlar va qo‗lyozma kitoblarga ishlangan hamda alohida 
muraqqa‘lardagi rasmlarning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati juda katta. 
VI.Yozma manbalar:
Tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi. 
Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog‗i kishilarning o‗zaro munosabatlarining 
natijasi o‗laroq yaratilgan va o‗sha zamonlarda sodir bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy 
voqealarni o‗zida aks ettirgan manba sifatida o‗rta asr (VI-IX asr) tarixini 
o‗rganishda muhim o‗rin tutadi. Yozma manbalar o‗z navbatida ikki turga 
bo‗linadi: 
1.Oliy va mahalliy hukmdor mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar 
(yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy hisobot daftarlari, rasmiy 
yozishmalar) 
2.Narrativ (lotin. Narratio-qissa, hikoya) yozma manbalar. Bunday 
manbalarga tarixiy, geografik va kosmografik, biografik, agiografik, memuar 
asarlar, sayyoh va elchilar esdaliklarini kiritish mumkin. 
Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni 
o‗rganishda rasmiy hujjatlar, moliyaviy hisobot daftarlari va yozishmalarining 
ahamiyati nihoyat kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy siyosiy hayotini ma‘lum 
yuridik shaklda bevosita va ko‗p hollarda aynan qayd etish bilan qimmatlidir. 
Lekin ularning olamda ayniqsa rasmiy yozishmalarda soxtalari ham uchrab turadi. 
Shuning uchun ham ulardan foylanilganda diqqat-e‘tibor va zo‗r ehtiyotkorlik 
talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, aniqrog‗i undan biron ijtimoiy-
siyosiy voqea yoki faktni talqin etish uchun foydalanish jarayonida bir hujjat bilan 
kifoyalanmasdan o‗xshash bir nechta hujjatni qo‗shib o‗rganmoq zarur, chunki 
bitta hujjatda faqat bir kelishuv yoki bir fakt ustida gap boradi, shuning uchun 
faqat bir hujjat bilan ma‘lum ijtimoiy siyosiy masala ustida qat‘iy fikr yuritib 
bo‗lmaydi. 
Tarixiy geo-kosmografik hamda biografik asarlar masalasiga kelganda 
avvalo shuni aytish kerakki, ular hukmron sinfning topshirig‗i bilan yozilgan va 
shu tufayli ularning sahifalarida ko‗proq podsholar va xonlarning amirlar va yirik 


10 
ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan, mehnatkash xalqning tarixi esa ko‗p 
hollarda chetlab o‗tilgan. Bu asarlarda hukmron feodal sinfning dunyoqarashi o‗z 
ifodasini topgan, o‗sha tabaqaning maqsad va manfaatlarini himoya qiladi. Bu 
tabiiy hol, albatta. Lekin, shu sababdan bunday asarlarni e‘tiborsiz qoldirish xato 
bo‗lur edi, chunki uzoq o‗tmishda bo‗lib o‗tgan voqealar tafsilotini faqat shu 
asarlarning sahifalaridagina saqlanib qolgan. Qisqa qilib aytganda o‗tmishni bu 
asarlarsiz o‗rganib bo‗lmaydi. Lekin ularni o‗rganish jarayonida, ularning 
sahifalarida keltirilgan axborot va faktik materiallardan foydalanishda hushyor 
bo‗lib, ya‘ni ularga sinfiy va tanqidiy yondoshish talab qilinadi. 
Tarixiy, geo-kosmografik va biografik asarlar bizgacha ko‗p miqdorda yetib 
kelgan va o‗rta asrlar davri tarixini o‗rganishda ular asosiy manba hisoblanadi. 
Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi sohalari: paleografiya, 
diplomatika, geroldika, sfragestika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va 
xronologiya qo‗lga kiritgan yutuqlarga tayanadi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə