137
Xalqaro bank amaliyoti va xo‗jalik yuritish tajribasidan ma'lumki,
milliy
valyuta sotib olish qobiliyatining tushib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya
darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi
va aksincha. Ya'ni, inflyatsiya darajasining pasayishi esa mamlakatda ishsizlik
darajasining oshishiga olib keladi.
Markaziy bank aynan shu iqtisodiy jarayonni milliy iqtisodiyotga salbiy ta'sir
etmaydigan darajada ushlab turish va milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash
uchun pul – kredit siyosati usullarini amaliyotga joriy etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul – kredit siyosati
―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‗g'risida‖gi Qonunning 23 –
moddasiga binoan kelgusi yil uchun mamlakat monetar siyosatining asosiy
yo‗nalishlari sifatida ishlab chiqiladi.
Xususan, ushbu siyosat:
– iqtisodiy kon'yunkturaning tahlili va istiqbol ko‗rsatkichlarini;
– muomalada bo‗lgan pul massasining iqtisodiy
jihatdan asoslangan
chegaralarini;
– pul massasi yillik o‗sish sur'atining aniq maqsadli ko‗rsatkichlarini, shu
jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o‗zgarishini;
– valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo‗nalishlarini;
– pul – kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli
asosiy ko‗rsatkichlarini o‗z ichiga oladi.
Majburiy zaxira (rezerv) talablari (inglizcha – ―Reserve requirements‖) – pul-
kredit siyosatining an'anaviy instrumenti hisoblanib,Markaziy bankning tijorat
banklariga o‗rnatgan majburiy zaxiralar siyosati hisoblanadi. Majburiy zaxira
(rezerv) talablari AQSh Federal Zaxira Tizimi (Federal Reserve System)
tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta'sir etish maqsadida 1863
yilda
ishlab chiqilgan
1
. Bugungi kunda, dunyoning ko‗plab rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlari (AQSh, Shveysariya, Xitoy, Rossiya, Hindiston,
Braziliya va boshqalar)da majburiy zaxira talablari qo‗llanib kelinmoqda.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan ham majburiy
zaxira talablari pul massasini tartibga solish hamda mamlakat bank tizimining
likvidliligiga ta'sir etishning muhim va ta'sirchan vositasi sifatida amaliyotda
qo‗llanilmoqda. Mazkur amaliyot tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda
alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga pul mablag'lari
o‗tkazish orqali amalga oshiriladi
2
. Ya'ni, majburiy
rezervlar tijorat banklari
tomonidan jalb qilingan milliy va xorijiy valyutadagi depozit mablag'larga nisbatan
o‗rnatilgan me'yorlardan kelib chiqib, Markaziy bankdagi maxsus hisobvaraqqa
o‗tkazilishi lozim bo‗lgan pul mablag'larini anglatadi. Xususan, ushbu instrument
Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlar uchun qo‗llaniladi:
-
tijorat banklarining likvid mablag'lari hajmini muvofiqlashtirgan holda,
kreditlash faolligiga ta'sir ko‗rsatish;
-
tijorat banki bankrot bo‗lgan sharoitda uning
majburiyatlari yuzasidan
hisoblashish;
138
-
pul massasining o‗sish sur'atlarini tartibga solgan holda, pul massasining
multiplikativ ko‗payishiga bevosita ta'sir ko‗rsatish.
Bunda, Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 25 aprelda 3002-son bilan
ro‗yxatga olingan ―Tijorat banklarining O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
bankida depozitga o‗tkaziladigan majburiy rezervlari to‗g'risida‖gi
Nizomga
muvofiq, Markaziy bank tijorat banklari tomonidan Markaziy bankka o‗tkazilishi
lozim bo‗lgan majburiy rezervlar hajmi (normativ miqdori)ni hamda depozitga
o‗tkazish tartibini belgilaydi.
O‗z navbatida, majburiy rezervlarning normativ miqdorini hisoblashda
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining rezerv shakllantiriladigan
majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira me'yorlari belgilangan bo‗lib, 2019 yil 1
iyuldan:
milliy valyutadagi depozitlar uchun - 4%;
xorijiy valyutadagi depozitlar uchun - 14%
3
etib belgilangan bo‗lib, majburiy
zaxira rezervlari har ikkala valyuta uchun ham milliy valyutada shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: