O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165
pul va banklar

Majburiy zaxiralar stavkalari
21
 
Majburiat 
turi 
2018 yil 1 iyungacha 
2018 yil 1 iyundan 
muddati 
Normativ- 
lar, % da 
muddati 
Normativ- 
lar, % da 
Yuridik 
shaxslarning 
milliy valyutadagi 
depozitlari 
3 yildan ortiq 

yildan 

yilgacha 
10,5 
2 yildan ortiq 

12 

yildan 

yilgacha 
12 
1 yildan 2 yilgacha 

Boshqa 
depozitlar 
15 
Boshqa depozitlar 
14 
Yuridik 
shaxslarning chet 
el 
valyutasidagi 
depozitlari 
3 yildan ortiq 
10,5 
2 yildan ortiq 


yildan 

yilgacha 
12 
1 yildan 2 yilgacha 

Boshqa 
depozitlar 
15 
Boshqa depozitlar 
16 
Jismoniy 
shaxslarning 
milliy valyutadagi 
depozitlari 
2 yildan ortiq 

2 yildan ortiq 


yildan 

yilgacha 

1 yildan 2 yilgacha 

Boshqa 
depozitlar 

Boshqa depozitlar 

Jismoniy 
shaxslarning chet 
el 
valyutasidagi 
depozitlari 
2 yildan ortiq 

2 yildan ortiq 
0

yildan 

yilgacha 

1 yildan 2 yilgacha 

Boshqa 
depozitlar 

Boshqa depozitlar 

21
www.cbu.uz


139 
2019 yil 1 iyuldan majburiy zaxiralar stavkalari
22
 
Majburiyatnin
g valyuta turi 
muddati 
Yangi 
normativlar 
Amaldagi 
 normativlar 
Milliy valyutada 
2 yildan ortiq 
4% 
0 % 
1 yildan 2 yilgacha 
2 % 
Boshqa depozitlar 
4 % 
Chet el valyutasi 
2 yildan ortiq 
14% 
0 % 
1 yildan 2 yilgacha 
7 % 
Boshqa depozitlar 
14 % 
Majburiy rezervlarning normativ miqdori — banklar tomonidan Markaziy 
bankka o‗tkazilishi lozim bo‗lgan majburiy rezervlar hajmi bo‗lib, bunda majburiy 
rezervlarning normativ miqdori rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-
kitob davridagi o‗rtacha miqdoriga majburiy rezervlar normativini ko‗paytirish 
orqali hisoblanadi.
Markaziy bank ushbu siyosati orqali, birinchidan banklarning resurslarini 
chegaralashi natijasida iqtisodiyotda pul massasini tartibga soladi,ikkinchidan bank 
iqtisodiy jihatdan to‗lovga layoqatsiz holatiga tushib qolgan paytda, qisman 
bo‗lsada uning mijozlarining manfaatlarini himoya qiladi. 
Majburiy zahiralarning ob'ektlari bo‗lib, tijorat banklari tomonidan jalb 
qilingan mablag'lari hisoblanadi. Banklar chet – el valyutasidagi mablag'lar, 
jismoniy shahslar depozitlari, depozit va jamg'arma syertifikatlari, ipoteka 
obligaciyalari chiqarish yo‗li bilan jalb qilingan mablag'lar hisobidan zahiralarni 
amalga oshirmaydi. 
Banklar yoki ularning filiallari har bir oy boshlangandan so‗ng uch ish kuni 
mobaynida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga bank rahbari va bosh 
buhgaltyeri imzolagan majburiy zahiralar hisob – kitobini taqdim etadi. Bunda 
bankning jalb qilingan mablag'larining hajmi oshishi natijasida zahiraga 
qo‗shimcha o‗tkazish yoki jalb qilingan mablag'lar hajmining kamayishi natijasida 
oldin zahiraga o‗tkazilgan summaning bir qismini qaytarish zarurligi ko‗rsatiladi. 
Markaziy bankning hududiy Boshqarmalari har oyning 8 – kunigacha banklar 
tomonidan majburiy zahiralarni deponentlashga doir talablar bajarilishi to‗g'risida 
hisob – kitobni Markaziy bankka taqdim etadi. 
Tijorat bankida majburiy zahiralar summasi 10309 – «Markaziy bankdagi 
majburiy zahira hisobvarag'i» da hisobga olinadi. Markaziy bankda esa ushbu 
summa 21312 – hisobvaraqda yuritiladi. 
Bundan tashqari, o‗rtachalash koeffitsienti va majburiy rezervlarning 
o‗rtachalashtirilgan miqdori kabi tushunchalar hamda ularni amaliyotda 
qo‗llashdan ko‗zlangan pirovard maqsadlar xususida ham to‗xtalib o‗tsak. 
O‗rtachalash koeffitsienti — majburiy rezervlar normativ miqdorining 
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag'ida saqlanadigan o‗rtachalashtirilgan 
22
www.cbu.uz


140 
miqdorini aniqlashda foydalaniladigan qiymati 0 dan 1 gacha bo‗lgan koeffitsient 
hisoblanadi. 
Majburiy rezervlarning o‗rtachalashtirilgan miqdori — banklar tomonidan 
majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o‗rtachalash koeffitsientini 
qo‗llash orqali hisoblangan hamda banklarning Markaziy bankdagi vakillik 
hisobvaraqlarida saqlash davri mobaynida saqlanishi lozim bo‗lgan o‗rtacha 
hisobdagi pul mablag'larining eng kam miqdoridir. 
O‗zbekistondagi joriy makroiqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib, tijorat 
banklarining likvidligini samarali tartibga solishda pul-kredit instrumentlaridan 
foydalanish ko‗lamini kengaytirish, bank tizimi likvidligini qo‗llab-quvvatlash va 
to‗lov 
tizimining 
barqaror 
ishlashini 
ta'minlashda 
majburiy 
rezervlash 
instrumentining samaradorligini oshirish maqsadida 2020 yilning 15 iyunidan 
boshlab majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan amaldagi 0,35 o‗rtachalash 
koeffitsienti 0,75 gacha oshirildi. 
Bunda majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o‗rtachalash 
koeffitsientini belgilash orqali Markaziy bankka o‗tkazilishi lozim bo‗lgan 
majburiy rezervlar miqdorining 75 foizini banklarning vakillik hisobvarag'ida 
qoldirishga ruxsat etiladi. Bank tizimiga taqdim etilgan ushbu likvidlik, birinchi 
navbatda to‗lovlarning uzluksizligini ta'minlaydi. 
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar uchun resurs 
bazasi sifatida foydalaniladi. O‗z navbatida, transmission mexanizmlar orqali pul 
bozorini yanada faollashtirgan holda bank tizimidagi qisqa va o‗rta muddatli foiz 
stavkalarining pasayishiga xizmat qiladi. 
Markaziy bank kelgusida bank tizimidagi likvidlilikning joriy holati tahlilidan 
kelib chiqqan holda o‗rtachalash koeffitsientini o‗zgartirib borishi mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, majburiy zaxiralash instrumenti Markaziy 
bank pul-kredit siyosatining tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini 
ta'minlashning zaruriy sharti bo‗lgan minimal likvidlilik darajasini ta'minlovchi 
asosiy omillardan biri bo‗lib, bank tizimidagi likvidlik darajasini boshqarish va shu 
orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishda keng foydalaniladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə