O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165
pul va banklar

Valyuta va depozit siyosati
. Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy 
maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo‗lgan 
nisbatining barqarorligini ta'minlashga qaratilgan. Markaziy bank o‗zining vakolati 
doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo‗yicha 
siyosatining asosiy yo‗nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining 
joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab 
chiqadi. Bularning ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning to‗lov balansi, 
hukumatning valyuta munosabatlari bo‗yicha ichki va tashqi pul –kredit siyosati va 
milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning tartibini 
ta'kidlash mumkin. 
Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni 
bajaradi: 
1. Tijorat banklariga xorijiy valyutalarda operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
bir marotabalik va Bosh litsenziyalarni beradi hamda qaytarib oladi; 
2. Vakolatli tijorat banklarining o‗zlari va mijozlari nomidan chet el 
valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya'ni ochiq valyuta pozitsiyalarini 
belgilaydi. 


133 
Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi 
aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu 
aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi. 
3. O‗zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va 
sotib olishni tartibga solib boradi; 
4. Tijorat banklarida chet el valyutasi va to‗lov hujjatlari hamda boshqa 
qimmatliklar bo‗yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning 
tartibini belgilaydi; 
5. Vakolatli banklarda norezedentlarning O‗zbekiston Respublikasi milliy 
valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi; 
6. Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy shahs)larga 
chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini belgilaydi; 
7. O‗zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el valyutalarini 
qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni tartibga 
soladi; 
8. Investicion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini belgilaydi. 
Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta intyervenciyasidan 
keng miqiyosda foydalandi. Valyuta intyervenciyasi –bu Markaziy bankning 
milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta'sir etishi uchun moliya 
bozorida 
chet 
el 
valyutasini 
sotish 
va 
sotib 
olish 
bilan 
bog'liq 
operatsiyasidir.Markaziy bank depozit siyosati orqali mamlakat resurs bozori, 
tijorat banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta'sir ko‗rsatadi. 
Odatda Markaziy bank tijorat banklari depozit operatsiyalari bo‗yicha foiz 
stavkalarining eng yuqori darajasini belgilaydi. Shuningdek,tijorat banklari depozit 
siyosatini ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo‗nalishlari bo‗yicha asosiy 
mezonlarni aniqlab beradi. 
Xulosa qilib aytganda, Markaziy banklarning vujudga kelishi va ularning 
faoliyatini tashkil etilishi ijtimoiy – iqtisodiy jarayon bo‗lib, dastlabki Markaziy 
banklar tijorat banklari bazasida tashkil topgan, ularning faoliyati va bajaradigan 
funktsiyalari doimiy ravishda takomillashib kelmoqda. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə