O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165
pul va banklar

X.4.Banklarning turlari 
 
Kapitalistik 
tuzumning 
rivojlanishi 
turli 
mulkchilik 
shakllarining 
rivojlanishiga, moliyaviy mablag'larning alohida moliyaviy muassasalar ixtiyorida 
markazlashuviga olib keladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‗pchilik kapitalistik 
mamlakatlarda ayrim banklarning milliylashtirilishi yuz berdi. Bu o‗z navbatida 
banklarning mulkiy, huquqiy, funktsiyasi, tabiati va boshqa qator mezonlari 


127 
bo‗yicha tavsiflanishiga sabab bo‗ldi. Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi 
mezonlar bo‗yicha tavsiflanadi. 
Mulkiy jihatdan – davlat banki, aktsiyadorlik banki, koopyerativ bank, hususiy 
va horijiy kapital ishtirokida qo‗shma banklariga bo‗linadi.Banklarni mulkchilik 
nuqti nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning 
ulushi 51 foizdan yuqori bo‗lsa, bank shu shahslarning nomlarini oladi.Masalan, 
bank kapitalining asosiy ulushi hususiy yoki kooperativ tashkilotlar hissasiga 
to‗g'ri kelsa, mazkur banklar xususiy yoki kooperativ bank deya yuritiladi.Davlat 
banklari kapitalining asosiy ulushi davlatga tegishli bo‗ladi, ko‗pchilik 
mamlakatlarda 
mamlakat Markaziy banklari davlat banki 
hisoblanadi. 
O‗zbekistonda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat – aktsiyadorlik Xalq 
banki, aktsiyadorlik tijorat ―Asaka‖ banklarning kapitali tarkibida asosiy ulush 
davlatga tegishli bo‗lganligi bois mazkur banklar davlat banklari hisoblanadi. 
Mamlakatimizda aktsiyadorlik tijorat banklari sifatida, aktsiyadorlik tijorat 
Agrobank‖ni, Aloqabank, Turonbank va boshqalarni keltirish mumkin. 
Mamlakatimizda yopiq turdagi aktsiyadorlik tijorat banklari mavjud emas
18

Xorijiy kapital ishtirokida qo‗shma banklar mamlakat qonunchiligiga asosan 
belgilangan miqdordagi ustav kapitali xorijiy ishtirokchilar tomonidan 
shakllantirilsa mazkur banklar shu maqomga ega bo‗ladi. Mamlakatimizda xorijiy 
kapital ishtirokidagi banklarni tashkil etish O‗zbekiston Respublikasining tegishli 
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Huquqiy jihatdan – banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida 
tasniflanadi. Banklarning ustav kapitalini asosiy ulushi yuridik shahslar hissasiga 
to‗g'ri keladi, ushbu banklar ochiq aktsiyadorlik yoki yopiq aktsiyadorlik banklari 
bo‗lishi mumkin. Ochiq yoki yopiq aktsiyadorlik banklari deyilishiga sabab 
ularning aktsiyalarini sotish va sotib olish jarayoni bilan bog'liq bo‗ladi. 
Qatnashchilari o‗zlariga tegishli aktsiyalarini o‗zga aktsiyadorlarning roziligisiz 
boshqa shahslarga berishi mumkin bo‗lgan aktsiyadorlik jamiyati ochiq 
aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Aktsiyalari faqat o‗z muassislari yoki 
oldindan belgilangan doiradagi shahslar orasida taqsimlanadigan aktsiyadorlik 
jamiyati yopiq aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Mamlakatimizda mulkiy 
jihatdan tashkil topishidan qa'tiy nazar, faoliyat yuritayotgan barcha banklar ochiq 
aktsiyadorlik banklari hisoblanadi. 
Banklar bajaradigan funktsiyasi (operatsiyalari) jihatidan –emission, tijorat, 
investicion, ipotekali va jamg'arma banklar sifatida tasniflanadi. Emission banklar 
mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya qilish, shuningdek, kredit muassasalari 
faoliyatini tartibga solish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan 
shug'ullanadi. Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari 
bajaradi. Markaziy banklar bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‗rsatmaydi va 
tijorat faoliyati bilan shug'ullanishi ta'qiqlanadi. 
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari tarkibidagi 
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ushbu banklar 
banklar bajarishi mumkin bo‗lgan barcha operatsiyalarni bajaradi.Investicion 
18
www.finance.uz


128 
banklarning asosiy faoliyati passiv operatsiyalari natijasida shakllantirgan 
moliyaviy mablag'larini asosiy ulushini qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishdan 
iborat bo‗ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli 
qog'ozlar bozori rivojlangan va etarli darajada investitsion muhit yaratilgan 
bo‗lishi lozim. 
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shahslarga garov asosida uzoq muddatli 
kreditlar berish bilan shug'ullanadi. Ipoteka atamasi ko‗chmas mulklarni garovga 
qo‗yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo‗lib, uning o‗ziga hos 
hususiyatlaridan biri garovga qo‗yilgan ko‗chmas mulk kredit (qarz) oluvchining 
tasarrufida qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy yo‗nalishini 
ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‗lishi lozim. Biroq, amaliyotda ushbu qoida 
doimo ham o‗zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan 
ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida nafaqat ipoteka krediti, balki boshqa 
maqsadlarga yo‗naltirilgan kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil 
etadi.Jamg'arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shahslar bo‗lib, ushbu 
banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan 
bo‗ladi. Jamg'arma sifatida shakllantirilgan mablag'larni yirik tijorat banklariga, 
savdo va qurilish tashkilotlariga investiciya va kreditlar ko‗rinishida joylashtiradi. 
Banklar bajaradigan operatsiyalarining tabiati jihatidan –universal va 
ixtisoslashgan banklarga bo‗linadi. Universal banklar banklar bajaradigan barcha 
operatsiyalarni bajaradi. Bunga misol sifatida tijorat banklarini keltirish mumkin. 
Ixtisoslashgan banklar esa iqtisodiyotning ma'lum tarmog'iga xizmat ko‗rsatish va 
shu 
tarmoqni 
rivojlantirish 
maqsadida 
tashkil 
etiladi. 
Mamlakatimiz 
mustaqilligining 
dastlabki 
yillarida 
qator 
ixtisoslashgan 
banklar 
(O‗zmevasabzavot, Zaminbank,Yengilsanaot, G'allabank, Pahtabank) tashkil etildi. 
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va bozor munosabatlarining chuqurlashuvi 
natijasida ushbu banklar univyersal banklarga aylantirilib, bir – biriga qo‗shib 
yuborildi yoki universal tijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, ixtisoslashgan 
banklar, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni bajarish, investicion faoliyat bilan 
shug'ullanishi mumkin. Biroq mamlakatimizda, alohida tarmoqqa xizmat 
ko‗rsatadigan yoki operatsiyalarni bajaradigan ixtisoslashgan banklar faoliyat 
yuritmaydi. Shu bilan birga banklarning faoliyati xizmat ko‗rsatadigan tarmoqlari, 
filiallarining soni, xizmat ko‗rsatish doirasi, kapitalining hajmi nuqtai nazaridan 
ham tasniflanadi. 
Xizmat ko‗rsatadigan tarmoqlari bo‗yicha – banklarning faoliyatiga e'tibor 
qaratadigan bo‗lsak, ayrim banklar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xizmat 
ko‗rsatadi. Jumladan, avtomobilsozlik, neft' sanoati, qurilish va boshqa sohalar. 
Masalan, mamlakatimiz Sanoatqurilishbanki ko‗plab tarmoqlarga xizmat 
ko‗rsatadi, biroq asosiy faoliyati og'ir sanoat korxonalariga xizmat ko‗rsatishga 
qaratilgan. Shuningdek, Agrobankning asosiy faoliyati qishloq xo‗jaligi 
korxonalariga, Asakabank mashinasozlik sohasiga va hokazo. 
Filiallarining soni bo‗yicha – ayrim banklarda filiallar umuman mavjud emas, 
ayrimlarida 
esa 
mamlakatning 
barcha 
hududlarida 
filiallari 
mavjud. 
Mamlakatimizda 
bunday 
banklar 
sirasiga 
Agrobank, 
Xalqbank, 


129 
Mikrokreditbanklarni kiritish mumkin. Ushbu banklarning mamlakatimiz 
tumanlarining deyarli barchasida o‗z filiallari faoliyat yuritadi. Banklarning 
filiallari yuridik shaxs sifatida barcha huquq va majburiyatlarga ega bo‗lmaydi, 
ular tegishli nizom asosida bosh bank tomonidan berilgan chegaralangan huquq va 
majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi. 
Xizmat ko‗rsatish doirasi bo‗yicha – banklar ma'lum hududga, hududlararo, 
xalqaro darajada mijozlarga xizmat ko‗rsatishi e'tiborga olinadi. Buning uchun 
banklar Markaziy bankning tegishli litsenziyalariga ega bo‗lishi talab etiladi. 
Masalan, mamlakatimizda Markaziy bankning tegishli talablarni bajargan tijorat 
banklariga milliy valyutada va xorijiy valyutalarda faoliyat yuritishi uchun alohida 
– alohida litsenziyalar beradi. 
Kapitalining hajmi bo‗yicha – banklar kichik, o‗rta va yirik tijorat banklarga 
guruhlanadi. Masalan, mamlakatimiz barcha banklari ustav kapitalining 40 foizdan 
ortig'i TIF Milliy banki hisasiga to‗g'ri keladi, yoki mamlakatimizda beshta yirik 
bankning (TIF Milliy banki, Sanoatqurilishbank, Agrobank, Asakabank, 
Ipotekabank) kapitali jami banklar kapitalining 85 – 90 foizini tashkil etadi. 
Yakuniy so‗z sifatida ta'kidlash mumkinki, banklarning turlarini ko‗pqirraligi, 
ularning bajaradigan operatsiyalarining sonini ortib borishi jamiyatning ijtimoiy – 
iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bog'liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
bularning barchasi tegishli qonun, qoida, tartib va mexanizmlar asosida tartibga 
solib boriladi. 
Xulosa o‗rnida ta'kidlash mumkinki, banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat 
banklarning o‗ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga 
bevosita bog'liq. O‗z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi 
mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita 
bog'liqdir. Bir so‗z bilanaytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri 
holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to‗ldirgan holda, 
bir – biriga o‗zaro hamohang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy 
– moliyaviy sub'ektlar hisoblanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə