O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   165
pul va banklar

X1.3. Banklarning funktsiyalari 
 
Banklarning mohiyati ularning funktsiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon 
bo‗ladi. Banklarning funktsiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e'tirof 
etiladi. Shu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator 
mulohazali holatlar ularning funktsiyalarini yoritishda ham mustasno emas. 
Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funktsiyalari haqida qator mulohazali 
va tushunmovchilik holatlari mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar 
bajaradigan operatsiyalar ularning funktsiyalari sifatida qayd etiladi
17
. Bu yerda 
bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari 
nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta'kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari 
ham ularning funktsiyalari bo‗la olmaydi. Bank funktsiyasi uning ma'lum 
ko‗rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‗lishi lozim.Shunga 
qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‗lov aylanmasi, kassaga naqd 
pullarni qabul qilish va berish, kredit berish,qimmatli qog'ozlarni saqlash va 
boshqarish, naqd va naqdsiz ko‗rinishda horijiy valyutani sotish va sotib olish, 
shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning 
funktsiyalari sifatida ta'kidlanadi. Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda 
banklarning qimmatbaho metallar va buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar 
berish, xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, 
kreditlash uchun resurslarni jalb etish va boshqa shu kabi operatsiyalari ularning 
funktsiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, bu banklarning pul – kredit siyosatini 
amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning 
imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi 
17
Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. О.И.Лавшурина. 
– 5 – е 
изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 251 – 252. 


124 
banklarning 
funktsiyalari 
bo‗lib 
xisoblanmaydi. 
Chunki 
yuqorida 
ta'kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning funktsiyalari 
sifatida e'tirof etadigan bo‗lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq 
funktsiyani bajaradi degan fikr paydo bo‗ladi. 
Banklarning funktsiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar 
nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‗z 
yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funktsiyalarini o‗rganishda ularni 
quyidagi mezonlariga e'tibor qaratish lozim: 
1. makroiqtisodiy darajada, banklar va real sector ishtirokchilari o‗rtasida 
iqtisodiy munosabatlar; 
2. banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi 
(Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar). 
Banklarning funktsiyalari to‗g'risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni 
e'tibordan chetda qoldirish kerak emas. Birinchidan, banklarning funktsiyalari 
ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat qilishi lozim, ikkinchidan, 
banklarning funktsiyasi sifatida ta'kidlangan iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy 
institutlarning xususiyatlariga xos bo‗lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina 
xos bo‗lgan iqtisodiy kategoriya bo‗lishi lozim. 
Ma'lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo‗sh pul 
mablag'larini tegishli shartlar asosida o‗ziga jalb etishga qaratilgan. Bu banklarning 
funktsiyasi bo‗la oladimi, degan savol tug'iladi. Markaziy bankda tijorat 
banklarining majburiy zahiralari jamg'ariladi, banklarda esa aholi va mijozlarning 
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'lari jamg'ariladi. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‗sh 
pul mablag'larni jamg'arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri hisoblanadi. 
Bu yerda asosiy masala shundan iboratki, vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larni 
jamg'arish faqatgina banklarga xos bo‗lgan operatsiya emas, ushbu operatsiyani 
jismoniy shahslar yoki boshqa yuridik shahslar ham amalga oshirishi mumkin. 
Chunki, har qanday sub'ekt u yoki bu ob'ektni moliyalashtirish uchun dastlab 
ma'lum miqdordagi moliyaviy mablag'larni jamg'arishi lozim. Biroq, masalaga 
yanayam chuqurroq yondashadigan bo‗lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda 
boshqa xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq 
qiladi. Ular asosan quyidagi xolatlarda namoyon bo‗ladi: 
1. banklar pullarni jalb etganda o‗z pullarini emas, balki begona shahslarning 
mablag'larini jamg'aradi; 
2. banklar jamg'argan mablag'larni o‗zining ehtiyoji uchun emas, balki boshqa 
shahslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida). 
Banklarning funktsiyalari hususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan 
yiroq ekanligimizni ta'kidlagan holda, ularning quyidagi funktsiyalari mavjudligini 
qo‗llab – quvvatlaymiz. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə