O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   165
pul va banklar

Nazorat va muhokama uchun savollar: 
 
1. Tashqi iqtisodiy munosabatlarda kreditning roli nimalardan iborat? 
2. Xalqaro kreditning asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 
3. Xalqaro kreditning asosiy funktsiyalari nimalardan iborat? 
4. Хаlqаrо kreditning ishlаb chiqаrishni rivоjlаntirishdаgi rоli nimalardan 
iborat? 
5. Xalqaro kredit munosabatlarida kredit siyosatining mazmun mohiyati 
nimalardan iborat? 
6. Kredit blokadasini tushuntiring. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


112 
XI.bob. Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi 
X.1.Banklar va ularning kelib chiqish asoslari 
Bank deb, pul mablaglarini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa 
vositachilik operasiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo‗lishining asosi bo‗lib tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo‗lishi va ularning rivojlanib 
borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo‗lishini taqazo 
etadi.
Bank (
lotincha:
ansa
— 
sarrof 
peshtaxtasi) 
— kredit-moliya
 muassasasi; 
asosan, vaqtincha bo‗sh 
pul
 mablag‘larini to‗plash, korxonalarga va umuman pulga 
muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul 
va turli qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish, 
oltin
 va chet el valutalari bilan bog‘liq 
operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug‘ullanadi. 
Bank" so‗zi italyancha "banco" so‗zidan kelib chiqqan va "stol", "skameyka" 
degan ma'noni anglatadi. Banklarning o‗tmishdoshlari o‗rta asrlarda pul 
almashtiruvchilar - pul va tijorat kapitalining vakillari bo‗lgan; ular savdogarlardan 
pul olib, turli shahar va mamlakatlardan pul almashtirishga ixtisoslashgan. Valyuta 
ayirboshlovchilar ushbu depozitlardan, shuningdek o‗z mablag'laridan qarz berish 
va 
foizlarni 
olish 
uchun 
foydalanishni 
boshladilar, 
bu 
esa 
valyuta 
ayirboshlovchilarning bankirlarga aylanishini anglatardi, Angliyada kapitalistik 
bank tizimi XVI asrda vujudga keldi, yoki zargarlardan ham, savdogarlardan ham 
bankirlar paydo bo‗ldi. 
Bank 
ishining 
asosiy 
yo‗nalishlari 
depozit
 (omonat) 
qabul 
qilish, 
kreditlar
 berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati ko‗rsatishni amalga 
oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qog‘ozlarni saqlash, saqlashga o‗tkazilgan 
qimmatbaho 
qog‘ozlarni 
joriy 
boshqarish, 
birja 
topshiriqlarini 
bajarish, 
seyflarni 
ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham ko‗rsatadi. Turli iqtisodiy 
xizmatlarni amalga oshiruviga ko‗ra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy 
turlari faoliyat ko‗rsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki. 
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo bo‗lgan. Ular 
asosan, savdogarlarning pul bilan bog‘liq hisob-kitob ishlarini bajargan jiro-
banklar (mijozlar o‗rtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) 
shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul 
almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan 
shug‘ullangan. Bankning ayrim belgilariga ega bo‗lgan muassasalar o‗rta asrlarda 
shimoliy Italiya shaharlarida, so‗ngra Gollandiya va Germaniyaning savdo 
markazlarida yuzaga keldi. 
Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib 
ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi bo‗lib 17-asrdan boshlab 
Angliyada, so‗ngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan 
boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga 
aylandi. bankning ko‗payishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan 
biri bo‗lib qoldi. Asta-sekin bank yiriklashib, ular bajaradigan operatsiyalar doirasi 


113 
kengayib bordi. bank muomalaga xususiy veksellar o‗rnida ishlatiladigan kredit 
pullari — banknotlar (bank biletlari) chiqara boshladi. Ko‗pgina mamlakatlarda 
cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo bo‗ldi. 
Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va to‗lovlarda vositachilik vazifasini 
bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank bo‗sh pul vositalarini yig‘ib, 
ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varag‘ini 
yuritib, korxonalar o‗rtasida o‗zaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank 
o‗rtasida eng yiriklari paydo bo‗ldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab 
chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini 
qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular o‗rtasida o‗zaro 
raqobat kurashining kuchayishiga sabab bo‗ldi. Bank to‗lov va kredit 
operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari 
aksiyalarini sotib ola boshladi, ularning xo‗jaliklari yoki muassislaridan biriga 
aylandi, yangi korxonalar ta‘sis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat 
kapitalining birga qo‗shilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi 
vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta 
mavqeni egalladi. 
Tarixdagi birinchi bankirlar zargarlar bo‗lgan. Ular doimo oltin yoki zargarlik 
buyumlarining bir qismini saqlashlari kerak edi, shuning uchun ular ishonchli 
seyflar va qulflarga ega edilar. Boshqa odamlar bundan foydalanishni boshladilar, 
ular zargarlardan o‗zlarining xazinalarini bir muncha vaqt saqlash uchun olishni 
iltimos qildilar va buning uchun ozgina pul to‗ladilar. Oxir oqibat, ba'zi zargarlar 
mijozlar depozitlarini kamdan-kam hollarda qaytarib olishlarini va shuning uchun 
oltinning katta qismi foizlar bilan qarzga berilishi mumkinligini angladilar. 
Birinchi bankirlar shu tarzda paydo bo‗lgan. Va banklar tadbirkorlar va omonat 
egalari o‗rtasida vositachiga aylandi. 
Xozirgi davrda ko‗pgina mamlakatlarda ko‗plab (masalan, 90-yillar boshida 
AQShda 14,5 mingdan ortiq bank bo‗lgan) bank bo‗lishiga qaramay, ulardan 3—4 
tasigina yetakchi o‗rinda turadi. Turli mamlakatlardagi yirik bank nihoyatda 
sertarmoq bo‗lib, o‗z mamlakati doirasidagina emas, shu bilan birga jahonning 
juda ko‗p mamlakatlarida bo‗lim va filiallariga ega. Rivojlangan mamlakatlarda 
bank iqtisodiyotni boshqarish va rag‘batlantirish muassasasi vazifalarini bajaradi. 
bank pul kapitalini iqtisodiyotning sohalari va tarmoqlari bo‗yicha taqsimlanishida 
qatnashib, fonda normasining tenglashuvini ta‘minlaydi. 
Banklar qadimgi muassasalardan bo‗lib, dastlab tanga pullarni saqlab bеruvchi 
xazinachi sifatida paydo bo‗lgan. Oltin tangalarni, pullarni Yevropada qadimgi 
chеrkov muassasalari saqlab bеrgan. Kеyinchalik bunday saqlanib turgan bo‗sh pul 
mablag‘larini unga muhtoj bo‗lganlarga foiz bilan (daromad olgan holda) qaytarib 
olinadigan, ya‘ni ssuda opеratsiyalari hamda turli mamlakatlar va shaharlarning 
tangalarini o‗zaro ayirboshlash bo‗yicha ehtiyoj tug‘ilgani uchun pullarni 
ayirboshlash opеratsiyalari amalga oshira boshlangan. Shu boisdan ―Bank‖ so‗zi 
italyancha ―Banco‖ so‗zidan olingan bo‗lib, ya‘ni ayirboshlovchining oldidagi stol 
ma‘nosini bildiradi. Asta-sеkinlik bilan iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi bilan 
banklar ko‗rsatadigan xizmat turlari (pullarni saqlash, ayirboshlash, hisob-


114 
kitoblarni amalga oshirish, ssuda bеrish va hokazolar) ko‗payib, banklar, 
iqtisodiyotning muhim sub‘еktlariga aylanib qoldi. Hozirgi paytda barcha 
rivojlangan mamlakatlarda ikki pog‘onali bank tizimi qabul qilingan. 
O‗zbеkistonda ham jahonda qabul qilingan ikki pog‘onali bank tizimi joriy 
qilingan bo‗lib: birinchi pog‘onali bank O‗zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki 
hisoblanadi; ikkinchi pog‘onali banklarga esa barcha tijorat banklari kiradi. 
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancheri» deb atalib, agar 
puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma‘suliyatsizlik qilsa, u 
o‗tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Bancorotto», ya‘ni bankrot deb atashgan. 
Banklar paydo bo‗lishining boshlang‘ich nuqtasi bo‗lib XVI asrda Florensiya va 
Venesiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday 
banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, 
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‗z mijozlari – savdogarlarga xizmat 
qilgan, ular o‗rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat 
hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib 
chiqqan.
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda 
aksioner bank sifatida tashkil bo‗lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida 
banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo‗lgan.
Natural xujalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining 
rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo‗l 
ochdi.
Ssuda kapitalisti asosan o‗z bo‗sh mablag‘ini karzga berib ssuda foizi sifatida 
daromadga ega bo‗lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag‘larni 
kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, 
aholi bo‗sh pul mablag‘larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag‘ni jamlab 
uni xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini 
takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib 
keldi.
Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning 
muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan 
farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‘larini yig‘uvchi, 
uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va 
pul mablag‘larini samarali ishlatish asosida o‗z faoliyatini olib boruvchi muassasa 
hisoblanadi.
Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi 
subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda 
vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta‘minlab jamiyatning 
ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a‘zolari farovonligiga 
zamin yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda 
rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib 
beradi.


115 
Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos 
keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug‘ildi.
O‗zbekiston Respublikasi «Bank siri to‗g‘risia»gi qonunning 3-moddasiga 
binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi:
- o‗z mijozlarining (vakillarining) operasiyalari, hisob varaqlari, va 
omonatlariga doir ma‘lumotlar 
- bank o‗z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko‗rsatishi munosabati bilan 
mazkur mijoz (vakil) to‗g‘risida olgan ma‘lumotlar
- mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, 
uning xususiyati va qiymati haqidagi ma‘lumotlar 
- mijoz (vakil) topshirigiga binoan yoki uning foydasini ko‗zlab amalga 
oshirilgan banklararo operasiyalar va bitimlar to‗g‘risidagi ma‘lumotlar 
- bank sirini tashkil etuvchi ma‘lumotlarning banklar o‗rtasida muomilada 
bo‗lishi natijasida ma‘lum bo‗lib qolgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir 
ma‘lumotlar. 
Bank sirini tashkil etuvchi ma‘lumotlar mijozning (vakilning) o‗ziga, u vakolat 
bergan vakillarga, shuningdek hisob palatasiga (uni zimmasidagi vazifaga kirsa), 
tergov, prokuratura va surushturuv organlariga (tergovchi va surushtiruvchining
asoslangan qaroriga ko‗ra qo‗zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‗lganda) taqdim
etiladi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə