O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165
pul va banklar

XI.2. Bank tizimi 
 
Kredit tizimi va uning tarkibiy tuzilishi.
Kredit tizimi deb kredit 
munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil qiluvchi va amalga 
oshiruvchi kredit institutlar yig'indisiga aytiladi. Kredit tizimi orqali huquqiy va 
jismoniy shahslarning vaqtincha bo‗sh mablag'lari yig'iladi va korxona, 
tashkilotlarga, aholiga, davlatga vaqtincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi bir 
necha bo‗g'inlardan iborat bo‗lishi mumkin. Mab-lag'larni jalb qilishi va 
taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo‗g'inlari o‗z hususiyatlariga ega bo‗ladi. 
Jahon amaliyotida kredit tizimi o‗zining tashkil qilinish turiga qarab quyidagi 
guruhlarga bo‗linadi: 
– Markaziy bank; 
– tijorat banklar; 
– mahsus-kredit institutlar. 


116 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog'onali kredit bank tizimi ko‗p mamlakatlar 
iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va nobank 
kredit muassasalaridir. 
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 
– tijorat banklar; 
– investiciya banklari; 
– jamg'armalar jalb qiluvchi banklar (O‗zbekistonda Halq banki); 
– ipoteka banki; 
– savdo banklari; 
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo‗yicha banklar;
– tarmoqlar bo‗yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. 
Nobank kredit tashkilotlarga: 
– investiciya kompaniyalari; 
– sug'urta kompaniyalari; 
– nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 
Kredit tizimida asosiy o‗rinni bank institutlari, bank institutlari tarkibida 
salmoqli o‗rinni tijorat banklari egallaydi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa 
bo‗g'inlariga nisbatan ko‗proq bo‗sh resurslarni jalb qiladi va ko‗p miqdorda 
mijozlarga kreditlar beradi. 
Mahsus ixtisoslashgan kredit institutlari (banklar) tijorat banklari faoliyatini 
to‗ldiradi va ular iqtisodiyotning kam rentabellik, kam foydali tarmoqlariga 
(qishloq ho‗jaligi, uy-joy qurilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) engil 
sharoitda kreditlar berish yo‗li bilan ularning faoliyatini rag'-batlantirib, 
rivojlantirib boradi.
Kredit uyushmasi deb yuridik va jismoniy shahslar tomonidan kreditlar berish 
maqsadida ihtiyoriy teng huquqli a'zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti e'tirof 
etiladi. 
Kredit 
uyushmasi 
O‗zbekiston Respublikasi hududida bank 
hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqlidir. 


117 
Kredit uyushmasi o‗zining firma nomi davlat tilida to‗liq yozilgan hamda 
joylashgan manzili ko‗rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‗lishi lozim. Muhrda ayni 
paytning o‗zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‗rsatilishi mumkin. 
Kredit uyushmasining firma nomida "kredit uyushmasi" so‗z birikmasi 
ifodalanishi va u boshqa kredit uyushmalarining firma nomiga o‗hshash 
bo‗lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shahs o‗z 
nomida "kredit uyushmasi" so‗z birikmasidan foydalanishga haqli emas.Kredit 
uyushmasi o‗z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‗z emblemasiga ega 
bo‗lishga haqlidir. 
Kredit uyushmasi ishlab chiqarish, sug'urta, savdo-vositachilik hamda ushbu 
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug'ullanishga haqli 
emas‖ deb aytilgan. Ammo bu Qonun 2006 yil 14 aprelda kiritilgan 
o‗zgartirishlarni inobatga olib talqin qilinganda, to‗rt yillik davr ichidagi 
o‗zgarishlarni va qonunga bo‗lgan talabni inobatga olgan holda loyiha tuzilganligi 
ma'lum bo‗ladi. Qonun loyihasini tayyorlashdan maqsad, kredit uyushmalari 
tizimini yanada rivojlantirish, ularni tashkil etish va boshqarish, shuningdek, kredit 
uyushmalari 
tizimini 
tartibga 
solish 
va 
nazorat 
qilish 
mehanizmini 
takomillashtirishga qaratilgan. 
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‗rsatish 
bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq boshqa 
mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi yuridik shahs mikrokredit tashkilotidir. 
Mikrokredit 
tashkiloti 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
hududida 
bank 
hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli. 
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug'urta, savdo-vositachilik va qonunda 
nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug'ullanishga haqli emas. 
Lombard tashkilotlari deb qimmatbaho metallarni garovga olgan holda kredit 
beruvchi yuridik shahs maqomiga ega tashkilotlar hisoblanadi. Lombard 
tashkilotlari jismoniy shahslarga o‗zining moliyaviy xizmatlarini ko‗rsatadi.
Bank tizimi- bu mamlakat hududida tariхan shakllangan va qоnun bilan
mustaхkamlangan kredit tashkilоtlarining faоliyat ko‗rsatish shaklidir. Хuddi pul 
va mоliya tizimi kabi bank tizimi o‗ziga хоs milliy belgilariga egadir. Shu belgilar 
shu hududning, geоgrafik shartlari оb-хavо aхоli milliy tuzilishi, ularni nima bilan
mashgulligi, kushnilar bilan munоsabati, savdо yo‗llari va оmillar asоsida 
shakllanadi. 
Shu bilan birga banklar sоlik tizimi, bahо tizimi, bahо va darоmad siYosati, 
tashki faоliyat iqtisоdiy faоliyat shartlari bilan uzviy alоqada bo‗lishlari shartdir. 
Bu shunday darak beradiki mamlkatdagi ijtimоiy-iqtisоdiy uzgarishlar kup 
хоllarda bank tizimi faоliyatiga bоshqa ijtimоiy - хujalik meхanizmi bilan 
alоqadоrligidagi harakatiga bоg‘liqdir.
Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog‘onali 
bank tizimi bo‗lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog‘ini o‗z ichiga oladi.
Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismidir. Tovar pul 
munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi 
operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi. 


118 
Bank tizimi o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lib, u milliy iqtisodiyotda 
ishlaydigan boshqa tizimlardan farqli o‗laroq o‗ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. 
Bank tizimining o‗ziga xos xususiyati uning elementlari va ular o‗rtasida yuzaga 
keladigan munosabatlar bilan belgilanadi. Tizim umuman har doim harakatda 
bo‗lib, u yangi komponentlar bilan to‗ldirilib, takomillashtirilgan. Uning ichida 
doimo yangi aloqalar paydo bo‗ladi. Bank tizimi "yopiq" turdagi tizimdir. Chunki, 
banklar o‗rtasida ma'lumot almashinuviga qaramay, bank sirlari mavjud... 
Qonunga ko‗ra, banklar hisobvaraqlardagi mablag' qoldiqlari, ularning harakati 
to‗g'risida ma'lumot berishga haqli emas. O‗z-o‗zini tartibga soluvchi, ya'ni o‗zini 
o‗zi boshqaradigan tizim xarakteriga ega. Iqtisodiy muhit va siyosiy vaziyatdagi 
o‗zgarishlar muqarrar ravishda bank siyosatining avtomatik o‗zgarishiga olib 
keladi. Bank tizimini boshqarish mumkin. Mustaqil pul-kredit siyosatini olib 
boruvchi markaziy bank turli shakllarda faqat parlament yoki ijro etuvchi 
hokimiyat organlari oldida javob beradi. Tijorat banklari umumiy va maxsus bank 
qonunlariga muvofiq ish olib boradi, ularning faoliyati kredit tashkilotlari 
faoliyatini nazorat qiluvchi markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy 
standartlar bilan tartibga solinadi. 
Bank tizimiga markaziy bank, tijorat banklari tarmog'i va boshqa kredit-hisob-
kitob markazlari kiradi. Bozor iqtisodiyotining aksariyati banklar o‗rtasida 
gorizontal va vertikal munosabatlarni o‗z ichiga olgan ikki bosqichli tuzilishga 
ega. 
Ikki darajali bank tizimini yaratish zarurati bozor munosabatlarining ziddiyatli 
tabiati bilan bog'liq. Bir tomondan, ular tadbirkorlik erkinligini va moliyaviy 
resurslarni boshqarishni talab qiladi va bu quyi darajadagi elementlar - tijorat 
banklari tomonidan ta'minlanadi. Boshqa tomondan, ushbu munosabatlar ma'lum 
bir tartibga solish, nazorat va maqsadli ta'sirni talab qiladi, bu esa markaziy bank 
shaklidagi maxsus muassasani talab qiladi. Pul-kredit munosabatlarini tartibga 
solish funktsiyasiga ega bo‗lgan markaziy banklarning yaratilishi, xususiy 
tadbirkorlik erkinligini saqlab, bozor munosabatlarini samarali ravishda jilovlashga 
imkon beradi. 
Bank tizimi qonunlar va tegishli me'yoriy hujjatlar asosida ishlaydi, ular 
birgalikda uni birlashtiruvchi va tartibga soluvchi infratuzilmani tashkil etadi. 
Umuman olganda, u jamiyat rivojlanishining asosiy yo‗nalishlarini aks ettiradi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə