O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165
pul va banklar

Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi.
Markaziy bank – mamlakatdagi 
narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‗lov tizimining barqaror 
faoliyati uchun mas'ul bo‗lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini 
olib boradi, tijorat banklar, to‗lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit 
tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga 
soladi va nazorat qiladi. 
Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat 
banklari o‗rtasida farq bo‗lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha 
yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, 
natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‗lib 
qolgan. 
Markaziy banklarning paydo bo‗lishi XIX asrning o‗rtalariga va XX asrning 
boshlariga to‗g‗ri keladi, chunki bu davrda ko‗pchilik hukumatlar muomaladagi 
pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‗ynida bo‗lishni qonunlashtirgan. 


131 
Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo‗lganini aytish 
qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‗lib bajargan 
bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank 
(Shvetsiya banki bo‗lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 
1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda. 
Markaziy banklar asosan quyidagi to‗rtta funktsiyani bajaradi: 
1. banknotalar emissiyasi; 
2. pul – kredit munosabatlarini tartibga solish; 
3. banklarning banki; 
4. hukumat banki. 
Banknotalarni emissiya qilish
Markaziy bankning eng asosiy va dastlabki 
funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, muomaladagi pul massasi hajmini 
oshirish yoki kamaytirish aynan Markaziy bankning banknotlarni emissiya qilish 
funktsiyasi bilan bog'liq bo‗lib, uning hajmi iqtisodiyotdagi pul massasining hajmi 
bilan belgilanadi. Ya'ni, iqtisodiyotdagi pul massasi va tovar massasi o‗rtasidagi 
o‗zaro bog'liklikni ta'minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va to‗lov 
qobiliyatining mustahkamligiga bevosita va bilvosita ta'sir qiladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə