O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


To‘lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to‘rtinchi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   165
pul va banklar

To‘lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to‘rtinchi 
funktsiyasi hisoblanadi
. Banklar iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tomonlar 
o‗rtasida to‗lovlarni amalga oshirish orqali vositachilik ishlarini amalga oshiradi. 
Banklar orqali bank mijozlarining, aholining, davlatning moliyaviy mablag'lari 
o‗tadi, bank ular o‗rtasida to‗lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa 
sifatida vositachilik vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funktsiyasi 
orqali nafaqat pullarni bir xo‗jalik yurituvchi sub'ektdan ikkinchisiga o‗tkazadi, 
balki iqtisodiyotdagi moliyaviy kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga o‗tishini 
nazorat qilib boradi va ushbu tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Kredit mablag'larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi 
funktsiyasi hisoblanadi
. Ta'kidlash joizki, ushbu funktsiyani barcha banklar 
bajarish huquqiga ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit 
pullarni chiqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank 
muomalaga chiqarayotgan pul massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar 
massasiga nisbatan muvozanatligini ta'minlashga e'tibor qaratadi. Markaziy 
bankning ushbu funktsiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib 
olish 
qobiliyatini 
mustahkamligi 
va 
inflyatsiya 
darajasining 
pastligi 
belgilaydi.Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish 
huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat 
yuritadi. Muomaladagi pul massasining hajmini o‗zgarishiga tijorat banklari 
bevosita ta'sir qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir. 
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi 
funktsiyasi hisoblanadi
. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida 
mulkiy shaklidan qa'tiy nazar mamlakatdagi barcha xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarga 
o‗zlarining huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va 
moliyaviy maslahatlarni beradi. Albatta,ushbu maslahatlar mijoz va bank o‗rtasida 
tuzilgan tegishli shartnomalar yoki o‗zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 
Xulosa qilib aytganda, banklarning funktsiyalari ularning mohiyatini va 
bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning 
funktsiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi 
ijtimoiy–iqtisodiy 
hayotda 
yuz 
berayotgan 
va 
rivojlanib 
borayotgan 
munosabatlarning doimiy ravishda yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan 
izohlanadi .

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə