O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   165
pul va banklar

Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1.
Bankning ta‘rifini keltiring. 
2.
Banklar va ularning kelib chiqish asoslarini tushuntiring. 
3.
Kredit tizimi deb nimaga aytiladi? 
4.
Kredit tizimining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 
5.
Ikki pog‘onali bank tizimini tushuntiring. 
6.
Bank tizimining rivojlanish bosqichlarini tushuntiring
7.
Qanday tashkilotlar nobank kredit tashkilotlar deyiladi? 
8.
Banklarning huquqiy asoslari nimalardan iborat? 
9.
O‗zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini 
tushuntiring. 
10.
Kredit uyushmalari faoliyatini tushuntiring.
 


130 
XII. Markaziy banki va pul kredit siyosati 
XII.1. Markaziy banki faoliyatining asoslari 
Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo‗lib, mamlakatda pul-kredit 
siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi. Birinchi markaziy banklar bundan 
qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga 
kelgan. Bular 1668 yilda tashkil bo‗lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil 
qilingan Angliya banklaridir.
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko‗rsata boshlagan. AQShda Markaziy 
bank funktsiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentyabr oyidan sobiq 
SSSR davlat bankining Respublika bo‗limi zaminida paydo bo‗lgan.
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‗li 
mavjud: 
Birinchi yo‗l – o‗zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi 
natijasida ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 
yilda Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 
yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo‗lishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi yo‗l – bir yo‗la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil 
qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913 yildan 
tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy 
banki va boshqalarni kiritish mumkin.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda 
muhim rol o‗ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan 
yuqori kuchga ega bo‗lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida 
statusga ega bo‗lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib 
uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati 
chegarasidan chiqadi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə