O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Birinchi funktsiyasi, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag'larni jalb qilish



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165
pul va banklar

Birinchi funktsiyasi, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag'larni jalb qilish, 
jamg'arish va ushbu mablag'larni kapitalga aylantirish funktsiyasi. 
Banklarning juda qadimiy funktsiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi 
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida o‗zlariga jalb qiladi va 
ushbu mablag'larni samarali yo‗nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan 


125 
tashqari turli investicion fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul 
mablag'larini jalb qilish va jamg'arish bilan shug'ullanadi, biroq ularning pul 
mablag'larini jalb qilish va jamg'arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. 
Banklarning itiyorida bo‗lgan mablag'larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan 
pul mablag'lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shahslarning 
mablag'lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada riskka 
bog'liqligini keltirib chiqaradi. 
Ikkinchi funktsiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va 
hususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlash
. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa'tiy 
nazar barcha xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarni aylanma mablag'larga bo‗lgan 
ehtiyojini oshiradi. Hususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini 
modyernizaciyalash va kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish
qo‗shimcha akciyalarni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda 
qo‗shimcha moliyaviy mablag'larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo‗jalik yurituvchi 
sub'ektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funktsiyasi 
orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funktsiyani amalga oshirishda kreditning 
tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta'minlanganlik, to‗lovlilik, qaytarishlik va 
maqsadlilik) amal qilgan holda xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarga tijorat asosida 
taqdim etadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə