O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   165
pul va banklar

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi.
O‗zbekiston Respublikasi bank 
tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit 
tizimiga ega bo‗lish, xo‗jaliklar va aholining bo‗sh turgan mablag'larini jalb qilish 
va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin 
yaratish va yashash sharoitini yahshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga 
erishishni ta'minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining 
rivojlanishini ta'minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi 
barqarorligini ta'minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini 
boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit, va investiciya 
faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar o‗rtasida raqobat bo‗lishini 
ta'minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, 


119 
moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yahshilash, ularning moddiy-tehnik 
jihatdan samarali ta'minlanganligiga erishish
O‗zbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirgan holda quyidagicha 
chizmada keltirish mumkin. 
5-chizma 
O‘zbekiston Respublikasi Bank tizimi tarkibi 
I POG’ONA 
II POG’ONA 
Bizning zaminimizda mavjud bo‗lgan banklarning rivojlanishini ikki yirik 
davrga bo‗lib qarash mumkin. Birinchi davr bu –O‗zbekiston mustaqillikka 
erishgungacha bo‗lgan davrdagi bank tizimi va ikkinchi davr O‗zbekiston 
mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi va uning rivojlanish 
bosqichlarini o‗z ichiga oladi. 
Biz ta'kidlaganimizdek, O‗zbekistonda bank tizimi ikki pog'ona-li bo‗lib, 
banklar tizimining birinchi pog'onasi – bu O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki, ikkinchi pog'onasi – tijorat bank-lari, ularning sho‗'balari, chet el banklari 
sho‗'balari hisoblanadi. 
O‗zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar bo‗lgan bank tizimining 
rivojlanishini tahlil qilib qaraydigan bo‗lsak, uning rivojlanishining quyidagi 
bosqichlarini keltirish mumkin: 
– birinchi bosqich XIX asrning ohiridan 1930-32 yillargacha bo‗lgan davrni 
o‗z ichiga oladi. Bu davr ichida oldingi mavjud bo‗lgan banklar zaminida Sobiq 
O‘R Markaziy banki 
Markaziy 
apparat 
Viloyatlardagi 
MB 
boshqarmalari 
Tijorat banklari 
Davlat ulushi 
mavjud bo‘lgan 
banklar 
Aktsioner 
tijorat 
banklari 
Xususiy 
banklar 
Chet el 
kapitali 
ishtirokidagi 
banklar 


120 
Sovet Ittifoqining kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda 30-yillarda iqtisodning 
rivojlanishiga mos keluvchi banklar: tarmoq banklari, o‗lka banklari, tijorat 
banklari, mahsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko‗rsatgan; 
– ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga 
oladi. Bu davrda banklar faoliyatida o‗zgarishlar yuz berdi va banklar veksel' 
orqali kreditlashdan (o‗sha davrlarda bu kreditlash amaliyotda «egri» kreditlash 
deb nom olgan) to‗g'ridan-to‗g'ri korxonalarni kreditlashga o‗tkazilgan. Bu davrda 
xo‗jaliklar o‗rtasidagi vazifalar taqsimlangan va iqtisodiyot sohalari bo‗yicha 
banklar tashkil qilingan hamda bu banklar faqat shu sohalarni uzoq muddatli 
kreditlash va moliyalashtirish bilan shug'ullangan. Davlat banki esa asosan qisqa 
muddatli kreditlash jarayonlarini olib borgan; 
– uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. 
Bu davrda mavjud tarmoq banklari qayta tashkil qilinib, mamlakatdagi barcha 
kredit munosabatlarini olib borish maqsadida uchta bank tashkil qilindi. Bular: 
Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki bo‗lgan. Davlat banki 
iqtisodiyotning barcha sohalariga faqat qishloq ho‗jaligining ba'zi ehtiyojlari uchun 
uzoq muddatli kreditlar berilgan) qisqa muddatli kreditlar berish bilan 
shug'ullangan. Qurilish banki kapital qo‗yilmalar bilan bog'liq bo‗lgan harajatlarni, 
qurilishni moliyalashtirish, uzoq muddatli kreditlar berish bilan bog'liq 
operatsiyalarni bajargan. Tashqi savdo banki Moskvada joylashgan bo‗lib, 
mamlakatning eksport-import bilan bog'liq faoliyatini boshqarib borgan; 
– to‗rtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish davri bo‗lib, u 1988 
yildan 1990 yilgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga olgan. Bu davrda bank tizimida 
katta o‗zgarishlap ro‗y berdi va Davlat banki bilan bir qatorda maxsus tarmoq 
banklari tashkil qilindi. 
Bu banklar jumlasiga, Sanoat Qurilish banki, Agrosanoat banki, Uy-joy 
qurilish va ijtimoiy ta'minot banki, jamg'arma bank va tashqi iqtisodiy faoliyat 
banki kabilar kiradi. Bu banklar faoliyatining xususiyatli tomoni shunda ediki, ular 
o‗zi xizmat ko‗rsatadigan sohaga uzoq va qisqa muddatli kreditlar berish huquqiga 
ega edilar. 
Shu davrdan boshlab Davlat bankidan kreditlash funktsiyasi olib tashlandi va u 
emission bank sifatida faoliyat ko‗rsatadigan bo‗ldi. 90-yillarda bank tizimini 
qayta tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatda yuz berayotgan asosiy 
o‗zgarishlarni hisobga olgan holda banklar zimmasiga korxonalar va tashkilotlarga 
kompleks xizmat ko‗rsatishni ta'minlash va korxonalar bilan banklar o‗rtasidagi 
munosabatlarni xo‗jalik hisobiga o‗tkazish, quyi bank muassasalarining huquq va 
majburiyatlarini oshirishdan iborat edi. 
Mustaqillikka erishgunga qadar O‗zbekiston hududidagi bank muassasalari 
SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq 
«Ittifoq» bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‗rsata olmasdilar. Sobiq 
SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‗lib, u bir vaqtning 
o‗zida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo‗jaliklarga hisob-
kitob operatsiyalari bo‗yicha xizmat ko‗rsatuvchi markaz hisoblanardi. Davlat 
bankining ham emissiya funktsiyalarini ham hisob-kitoblar va 90-yillargacha 


121 
kreditlar bo‗yicha mijozlarga xizmat ko‗rsatish funktsiyalarini bajarishga 
mononollashuvi uni davlat boshqaruv va nazorat organiga aylangan edi. 
Bank tizimi rivojlanishining ikkinchi davri asosan O‗zbekiston mustaqillikka 
erishgandan keyingi davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrni quyidagi bosqichlarga 
bo‗lib tahlil qilish mumkin: 
– mustaqil O‗zbekiston bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichi. Bu 
1991-1994 yillarni o‗z ichiga oladi. Bu davrda 1992 yilning sentyabrgacha 
O‗zbekiston davlat banki sobiq SSSR Davlat bankining respublika bo‗limi sifatida 
faoliyat ko‗rsatdi va u kredit resurslarni davlat korxonalari miqyosida taqsimlash, 
emission operatsiyalarni olib borish bi¬lan shug'ullandi. Qolgan tarmoq banklar 
ham davlat mulkiga asoslangan edi. 
O‗zbekistonda ikki pog'onali bank tizimini tashkil qilishga 1988 yildan boshlab 
kirishilgan bo‗lsa-da, bu maqsadning to‗liq amalga oshirilishiga sharoit 1994 
yildan boshlab yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy tarkibiy 
asosi, faoliyat olib borish uslubi o‗zgardi, tijorat banklarning soni va ular 
bajaradigan operatsiyalar salmog'i oshib bordi. 
Bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichida markazlashgan 
rejalashtirishda Markaziy bankning mavqei hali ham yuqori edi, sohalarning 
deyarli hamma qismi davlat tasarrufida edi. 
O‗zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimining tashkil etilishi tamal 
toshi 1991 yil 15 fevraldagi «Banklar va bank faoliyati to‗g'risidagi» qonun 
hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy 
banki faoliyatiga aralashmasliklari kyerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga 
hisobot berish o‗rinli ekanligi belgilab berildi. Bu qonunni amalga tatbiq etish 
asosan Respublikamiz o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritganidan so‗ng boshlandi. 
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tish yo‗lini 
tanlanganligi bois, birinchi bosqichdagi pul-kredit siyosati sohasidagi asosiy 
vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilandi: 
– Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli tijorat va xususiy banklarni ikki 
bosqichli bank tizimi shaklida vujudga keltirish; 
– Respublika hududida yirik chet el banklarining bo‗limlari va 
vakolathonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish; 
– Barqaror pul muomalasini ta'minlash, kredit va naqd pul emissiyasini, asossiz 
o‗sishini keskin cheklash; 
– O‗zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur 
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish va boshqalar. 
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichida davlat banklarini yangi 
strukturasini tashkil etish boshlandi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‗z 
ichiga oldi: 
– ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va 
bevosita xo‗jaliklarga xizmat ko‗rsatuvchi ixtisoslashgan banklarni tashkil qilish; 
– ixtisoslashgan banklarni to‗laligicha xo‗jalik hisobiga va o‗z-o‗zini 
moliyalashga o‗tkazish: 


122 
– iqtisodiy tizim doirasida huquqiy va jismoniy shahslar bilan bo‗ladigan kredit 
munosabatlari uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar. 
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‗zining kredit 
tizimidagi markaziy o‗rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit 
berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib berish funktsiyasini mahsus 
ihti¬soslashgan banklarga topshiradi, ya'ni bankning emission fao¬liyati, 
kreditlash faoliyati bilan birga olib borish funktsiyasiga chek qo‗yildi. Davlat 
banki ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir hil 
pul-kredit siyosatini olib boruvchi muassasalarga aylanadi. 
Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus 
ixtisoslashgan banklar: Sanoat Qurilish banki, Kommunal Qurilish va ijtimoiy 
taraqqiyot banki, Agrarsanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Jamg'arma 
banki xo‗jaliklar bilan banklar o‗rtasidagi aloqalarni tobora yaqinlashtirishda 
ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‗zlarida ma'lum darajada boshqaruvchilik 
mavqeini saqlab qoladilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim 
natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarining 
hususiyatlarini to‗liq ifoda qilolmasdi. Shuning uchun ham, bozor iqtisodiyotiga 
o‗tish sharoitida bank tizimini takomillashtirishning ikkinchi bosqichi ob'ektiv 
zaruriyatga aylandi. 
O‗zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi 1994 yildan 
keyingi davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrda bank tizimining takomillashgan 
faoliyatini belgilab beruvchi bank qonunlari: 1995 yil 21 dekabrda «O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‗g'risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va 
bank faoliyati to‗g'risida»gi Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarga asosan banklar 
faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi va ularning ishlash usullarini 
takomillashtirish choralari ishlab chiqildi. 
Tijorat banklarining samarali faoliyatini ta'minlash maqsadida bank nazorati va 
monitoringini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini boshqarish usullarini 
takomillashtirish va xalqaro talablarga moslash, yangi schetlar tizimiga o‗tish, chet 
el banklarining sho‗'balarini ochish, to‗lov tizimini takomillashtirish, tijorat 
banklarining qimmatbaho qog'ozlar bilan operatsiyalarini rivojlanlantirish, pul va 
valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini ta'minlash kabi dolzarb masalalar 
hozirgi kunda mustaqil bank tizimining rivojlanishi tufayli o‗z echimini topmoqda.
 
O‗zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya 
imperiyasi davlat bankning filiali bo‗lgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus 
kapitali ishtirokidagi O‗rta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki 
(1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), 
Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, bo‗lim 
va agentliklari faoliyat olib bordi. 
Oktyabr to‗ntarishidan so‗ng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan 
natsionalizatsiya qilindi. O‗zbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq 
SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar 
SSSR Davlat banki (1923; 1921 — 23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR 
Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo 


123 
banki (1924)ning O‗zbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari 
ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar O‗zbekistonda mustaqil 
bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy 
Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari 
belgilab berilgan O‗zbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati 
to‗g‘risida―gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, 
mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq SSSR bankining respublika 
idoralari mustaqil bank sifatida O‗zR Markaziy banki tomonidan ro‗yxatga olindi. 
O‗zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish 
strategiyasi iqtisodiyotni xo‗jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichma 
bosqich o‗tkazish dasturiga mos keladi. O‗tgan davrda bank islohotlari davomida 
milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, 
quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning 
soni va ular ko‗rsatadigan xizmat turlari ko‗paydi.Xozirda respublikadagi keng 
tarmoqli banklar zamonaviy talablarga javob beradigan shaklda turli mulk 
shaklidagi korxona va tashkilotlarga hamda aholiga bank xizmatlarini 
ko‗rsatmoqda. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə