O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


XIY.2. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   165
pul va banklar

XIY.2. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari 
 
Tijorat banklarining aktiv opyerciyalari
– bu banklarning passiv 
operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag'larini iqtisodiy jihatdan daromad 
(foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta'minlash 
bilan bog'liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning 
faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali 
daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma'lum darajada risk, 
ya'ni qarzdorning defolti (to‗lovga qobiliyatsizlik) bilan bog'liq bo‗ladi. 
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra: 
-ssuda operatsiyalari (kreditlash); 
-hisob – kitob operatsiyalari; 
-kassa operatsiyalari; 
-investiciya va fond operatsiyalari; 
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog'liq 
operatsiyalardan iborat. 
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy 
shaklidan qat'iy nazar barcha xo‗jalik sub'ektlariga tegishli kyerditlarni beradi. 
Ma'lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan ko‗p 
davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‗linadi. 
Hisob – kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan turli 
maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o‗tkazadi, shuningdek, 
ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag'ini 
debetlash orqali amalga oshiriladi. 
Investiciya operatsiyalarida banklar xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar va davlatning 
qimmatli qog'ozlariga moliyaviy mablag'larni joylashtiradi.Albatta ushbu 
operatsiyalar banklar uchun ma'lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib
banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar bajarish 
bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog'ozlar va veksellar 
bilan operatsiyalarni amalga oshiradi. 
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan 
naqd pullarni qabul qilish bilan bog'liq ishlarni amalga oshiradi. 
Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita horijiy mamlakatlar milliy 
valyutasini oldi – sotdisi bilan bog'liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning 
horijiy valyutalarga nisbatan kursini o‗zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‗rishi 
mumkin. 
Banklar yirik va yuqori darajadagi to‗lov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa 
sifatida kompaniya, korporaciya va boshqalarga uchinchi shahs sifatida kafolatlar 
berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar ma'lum darajadagi 
foydani olishni rejalashtiradi. 
Yuqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to‗rtta 
guruhga ajratish mumkin. 


162 
1.Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik 
hisobvaraqlaridagi 
qoldiqlar, 
boshqa 
kredit 
tashkilotlarning 
vakillik 
hisobvaraqlaridagi mablag'lar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablag'lar hisoblanib, 
bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi. 
2.Berilgan kreditlar va depozit ko‗rinishida boshqa moliya muassasalariga
shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag'lar. 
3.Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog'ozlarga va nomoddiy aktivlarga, 
shuningdek pay ko‗rinishida xo‗jalik faoliyatiga yo‗naltirilgan resurslari. 
4.Bankning o‗ziga (ichki investiciyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga 
yo‗naltirilgan mablag'lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‗lgan 
binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə