O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   165
pul va banklar

Shubhali kreditlar
. Bu kreditlarga yuqorida keltirilgan guruhlardagi 
kreditlarning barcha salbiy tomonlarini o`zida ifoda qilgan, to`liq ta`minlanmagan, 
to`lanish ehtimoli kam bo`lgan kreditlar kiradi. Bu kreditlar bo`yicha olingan 
kredit yaxshi ta`minlangan bo`lganida asosiy qarz bo`yicha foizlarni to`lash 
muddati 120 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan bo`lsa, zarar ko`rish imkoniyati 
yuqori, biroq ushbu kreditlarning sifatiga ijobiy ta`sir ko`rsatish mumkin bo`lgan 
omillar mavjudligi sababli ularni yo`qotilgan, deb tasniflanishi vaqtincha 
to`xtatiladi. Bu guruhga kiruvchi kreditlar bo`yicha 50 foizgacha zaxira tashkil 
qilinishi lozim. 
Ishonchsiz kreditlar
. Bu kreditlar bo`yicha qarzlarning to`lanish ehtimoli 
deyarli yo`q. Agar kredit to`liq ta`minlanmagan bo`lsa, eng kamida bitta 
muammoli tavsifga ega bo`lsa, to`lov muddati 180 kundan oshgan bo`lsa hamda 
kreditni "shubhali" deb tasniflab bo`lmasa, bunday aktivlar "ishonchsiz" deá 
hisoblanadi. Bu aktivlar juda past qiymatga ega bo`lib, ularni aktivlar sifatida 
hisobga olib borish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun banklar bu kreditlarni 
o`z balanslarida zarar sifatida hisobga olishlari mumkin. Ishonchsiz kreditlar foyda 


164 
hisobiga buning uchun foyda yetmagan hollarda esa, bank sarmoyasi hisobiga 
balansdan chiqarilishi mumkin. Bank uchun bu kreditlar zarar sifatida tasniflanadi. 
Bir yil va undan ortiq muddatda harakatsiz bo`lgan aktivlar, muddati o`tgan va 
foizlar bo`yicha qarzlar zarar sifatida tavsiflanishi mumkin. Shu sababli bu 
guruhga kiruvchi kreditlar bo`yicha 100 % zaxira tashkil qilish lozim bo`ladi. 
Tijorat banklarining kredit portfeli berilgan ssudalarning ta`minlanganlik 
darajasiga ko`ra quyidagi turlarga ajratilishi mumkin: 
- birinchi darajada ta`minlangan; 
- boshqa ta`minotga ega bo`lgan; 
- to`liq ta`minlanmagan; 
- ta`minlanmagan ssudalarga bo`linadi. 
Birinchi darajada ta`minlangan kreditlar guruhiga to`liq ta`minlangan kreditlar 
kiradi. Ular quyidagilar bilan ta`minlanadi: 
- O`zbekiston Respublikasi hukumati kafolati; 
- O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki kafolati; 
- O`zbekiston Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari 
kafolati; 
- erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov; 
- O`zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog'ozlari ko`rinishidagi garov; 
- standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo`yilmalari ko`rinishidagi garov; 
Boshqa ta`minotga ega bo`lgan ssudalar guruhiga quyidagilar bilan 
ta`minlangan kreditlar kiradi: 
- mol-mulk garovi; 
- qimmatli qog'ozlar ko`rinishidagi garov; 
- boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalar kiradi. 
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to`la-to`kis olib borish ular 
tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganligiga bog'liq.
Shuni ta`kidlash joizki, bugungi kunda MDHga kiruvchi davlatlar tijorat 
banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotini tezroq rivojlantirishga 
yo`naltirilgan. Xozirgi vaqtda bu mustaqil davlatlarning banklari aksariyat hollarda 
vositachilik operatsiyalarini o`tkazish uchun ko`proq qisqa muddatli kreditlar 
bermoqdalar. Shu bilan birga, kreditni uzoq muddatga investitsiya qilish banklarga 
va jamiyatlarga katta foyda berishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini 
shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma'lum darajadagi risklarni vujudga 
kelishiga sabab bo‗ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e'tiborni 
mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini 
ta'minlashga qaratadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə