O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165
pul va banklar

Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1.
Qanday operatsiyalar passiv operatsiyalar deyiladi? 
2.
Passiv operatsiyalarning qanday asosiy shakllari mavjud? 


169 
3.
Qanday operatsiyalar aktiv operatsiyalar deyiladi? 
4.
Qanday kreditlar yaxshi kreditlar deb baholanadi? 
5.
Qanday kreditlar standart kreditlar deb baholanadi? 
6.
Qanday kreditlar substandart kreditlar deb baholanadi? 
7.
Qanday kreditlar shubhali kreditlar deb baholanadi? 
8.
Qanday kreditlar umidsiz kreditlar deb baholanadi? 
9.
Depozit operatsiyalar qanday amalga oshiriladi? 
10.
Nodepozit operatsiyalar qanday amalga oshiriladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


170 
XY bob. Bank depozitlarini kengaytirishning multiplikatsiya mexanizmi 
XY.1. Tijorat banklari balansining qisqacha tasnifi 
Tijorat banklari balansi bank resurslarining pul ko‗rinishidagi holati bo‗lib, 
ularning shakllanish manbaalari va foydalanish yo‗nalishlari, shuningdek bankning 
hisobot davri boshi va oxiriga mablag‘larning moliyaviy natijasini aks ettiradi. 
Balans tahlili belgilangan davr bo‗yicha bank faoliyatining to‗liq xarakteristkasini 
beradi.
Tijorat banklari balansi ikki qismdan iborat bo‗lib, balansning aktiv 
qismida quyidagilar aks etadi: 
a)
pul mablag‘lari; 
b)
valyuta va qimmatli qog‘ozlar; 
v) bank ssudalari; 
s) asosiy vositala; 
d) boshqa aktivlar. 
Tijorat banklari balansning passiv qismida quyidagilar aks etadi: 
a)
bank fondlari; 
b)
jalb qilingan mablag‘lar; 
v) xarid qilingan mablag‘lar; 
s) markazlashtirilgan kredit resurslar; 
d) boshqa passivlar. 
Tijorat bankining balansi buxgalteriya balansi bo`lib, u bankning o`z 
mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larining holatini hamda ularni bankning kredit 
va jalb qilingan mablag‘larining holatini hamda ularni bankning kredit va boshqa 
aktiv operatsiyalariga joylashuvini ifodalaydi. Bundan tashqari, buxgalteriya 
balansi bank tomonidan bajariladigan operatsiyalarni xarakterlaydi va haqiqiy - 
olingan foydani ko`rsatadi. Shu bois balans bank . moliyaviy faoliyati natijalarini 
ko`rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shakli bo`lib, boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Bank rahbarlariga bank ishini 
rivojlantiriirshida aniq chora va tadbirlar ishlab chiqishiga sharoit yaratadi. Badans 
ma`lumotlari asosida bank kapitali va fondlari, kassadagi naqd pullar qoldig‘i, 
mijozlarning hisob-kitob va ssuda xisob varag‘laridagi qoldiqlar, hamda boshqa 
jalb qilingan mablag‘lar holati haqida tasavvurga ega bo`lish mumkin. 
Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi va o‗z ichiga "Kassadagi 
naqd pullar", "Yo‗idagi naqd pullar", "Valyuta almashtirish shaxobchalari 
kassasidagi naqd pullar", "Bankomatlardagi naqd pullar" kabi bir qator 
subhisobvaraqlarini birlashtiradi. Majburiy zaxiralar fondi ham Markaziy 
Bankdagi alohida hisobvarag‘ida turadigan bank mablag‘i bo‗lib, O`zbekistonning 
barcha tijorat banklari tomonidan majburiy tartibda zaxiralanadi, bu esa tijorat 
bankining likvidligini saqlab turishga ma'lum - darajada kafolat bo`ladi. Majburiy 
zaxiralar fondiga ajratmalarning foiz stavkalarini belgilash Markaziy Bank 
tomonidan o`tkaziladigan tijorat banklari likvidligini saqlab turuvchi eng
ta`sirchan mexanizm bo`lib hisoblanadi. 


171 
Oldi-sotdi uchun mo`ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo`yicha 
operatsiyalar tijorat bankining fond bozoridagi operatsiyalarini aks ettiradi va 
balavs aktivining boshqa ko`rsatkichlari bilan taqqoslanganda qimmatli qog‘zlar 
bilan bo`ladigan operatsiyalarida bankning amaliy faolligini ifodrchyaydi.
Bank tomovidan berilgan - qisqa muddatli ssudalar - "Boshqa banklarga 
berilgan qisqa muddatli ssudalar, "Hukumatga berilgan qisqa muddatli ssudalar‖,‖ 
Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli ssudalar‖, "Davlat korxovalariga 
berilgan qisqa muddatli ssudalar", ―Qo‗shma korxonalarga berilgan qisqa muddatli 
ssudalar", "Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar", va 
"Korporatsiyalarga berilgan qisqa muddatli ssudalarga" ko‗rinishida qayd etiladi. 
Uzoq muddatli ssudalar ham turli mulkchilik shakllariga oluvchilar bo`yicha 
guruxlangan holda hisobga olib boriladi. Umuman, kreditlar tijorat banklarining 
ssudaga doir operatsiyalaridan bank foyda olishini belgalovchi moddasi 
hisoblanadi. 
Balansda bank investitsiyalari ikki kategoriyaga bo`linadi: 
a) Hukumat obligatsiyalariga investitsiya qilingan mablag‘lar, O`zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
Bankining 
obligatsiyalariga 
hamda 
xususiy 
obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag‘lar; 
b) O‗z qimmatbaqo qog‘ozlariga qo`yilgan investitsiyalar.
Balans aktivida aks ettiriladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar - bank 
aktivlarining asosiy moddalaridan biri bo`lib hisoblanadi, chunki bank o`z 
faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart 
- sharoitga eta bo`lishi lozim. Bankning asosiy vositalariga bino - inshootlar
kapital qurilish uchun bank tomonidan qilingan xarajatlar, ofis va ish mebeli, 
jixozlar, kompyuter va boshqa xisoblash texnikasi, aloqa vositalari kabilar kiradi.
Bank balansining ―Majburiyatlar‖ qismi depozitlardan boshlanadi. Depozitlar 
bankning boshqa sub`ektlardan jalb qilingan manbalarini ifodalaydi. Buxgalteriya 
hisobining ko`p valyutalik tizimida depozit qaysi valyutada qo`yilsa, u o‗sha 
valyutada ro`yxatga olinadi va ularning hisobi har bir valyuta uchun:l alohida
ochilgan bosh kitoblarida olib boriladi. Bundan tashqari depozit majburiyatlari 
muddati va uni qo`ygan mijozning mulkchilik shakliga ko‗ra ham tasniflanadi. 
Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘armali va 
muddatsiz depozit turlariga bo`linadi. Boshqa banklardan va mijozlardan olingan 
ssudalar muddatlari va kreditorlarning turlari bo`yicha tasniflanadi, ya`ni "Bank 
tomonidan olingan o`rta muddatli ssudalar", "Bank tomonidan olipgan o`rta 
muddatli ssudalar", "Bank tomonidan olingan uzoq muddatli ssudalar" ko‗rinishida
olib boriladi.
Bank balansining "KAPITAL" bo‗limi o`z ichiga "Aktsionerlik kapitali", 
"Qo`shimcha kagshtal" "Zaxira kapitali" deb nomlangan asosiy hisobraqamlarini 
oladi. Tijorat bankining aktsiyadorlik kapitali bankning o`z mablag‘larini 
ifodalaydi. Markaziy Bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasini va 
tuzilmasini tartibga solib turadi, bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi. ―Kapital‖ 
bo`limida yuqoridagi hisobraqamlardan tashqari "Taqsimlangan foyda"ni ham aks 
ettiriladi., 


172 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə