O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


XY.2. Tijorat banklarining faoliyat mexanizmi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   165
pul va banklar

XY.2. Tijorat banklarining faoliyat mexanizmi 
 
Tijorat banklari ham boshqa korxonalar qatori o‗z oldiga foyda olishni 
maqsad qilib qo‗yadi. Shu sababli ular kredit berish va qimmatbaho qog‘ozlarni 
sotib olishga harakat qiladi. Bular tijorat banklariga daromad keltiruvchi asosiy 
aktivlar hisoblanadi. Banklar uchun xavfsizlik naqd pullar va ortiqcha zaxiralar 
orqali ta‘minlanadi.Tijorat banklari kreditlashni faqat o‗z ixtiyorlaridagi mavjud 
kredit resurslari doirasida amalga oshiradi. Ma‘lumki, bank tizimi barqarorligini 
saqlab turish va pul kredit siyosatining samarali o‗tkazilishi uchun qonunchilikda 
barcha tijorat banklari zaxira talabi shartlarini bajarishga majbur va shunga 
muvofiq o‗z depozitlarining ma‘lum bir qismini majburiy zaxira shaklida saqlashi 
zarur, deb belgilab qo‗yilgan. Mana shu zaxiralar miqdori bilan bankning krdit 
operatsiyalari o‗rtasida o‗zaro bog‘liqlik mavjud. Depozitlar o‗sishi barobarida 
majburiy zaxiralar summasi ham orta borishi zarur. 
Tijorat banklarining faoliyat mexanizmi bilan chuqurroq tanishish uchun 
quyidagi bir necha bitimlarni (shartli misollarda) ko‗rib chiqamiz. 
1-bitim
. Yangi tashkil bo‗lgan bank o‗zlarining 250000 ming so‗mlik 
aktsiyalarini muomalaga chiqarib sotdi. Natijada ushbu bank 250000 ming so‗mlik 
resursga va 250000 ming so‗mlik sotilgan aktsiyaga ega bo‗ldi. Bu bank balansida 
quyidagicha aks ettiriladi(mln.hisobida): 
aktiv 
passiv 
Resurs -250 
a/k - 250 
2-bitim.
Yangi tashkil etilgan bank rahbariyati 220000 ming so‗mga ofis 
uchun bino va 20000 ming so‗mga ofis uchun jihozlar sotib olishdi. 
Bu bank balansida quyidagicha aks ettiriladi(mln.hisobida): 
aktiv 
passiv 
Resurs -10 
Asosiy vosita - 
240 
a/k - 250 
3-bitim
. Bankka mablag‘ qo‗yilishi. Ma‘lumki, tijorat banklari asosan ikki 
vazifani bajaradi: pul mablag‘larini qabul qilish va kredit berish. Faraz qilamiz bir 
firma tomonidan bankka 100000 ming so‗m mablag‘ qo‗yildi. Bank tomonidan 
olingan mablag‘ bank uchun aktiv xisoblanadi, qo‗yilgan muddatsiz qo‗yilmalar 
uni qo‗yuvchilar tomonidan bankning aktiviga nisbatan talabnoma xisoblanadi. 
Bu bank balansida quyidagicha aks ettiriladi(mln.hisobida): 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə