O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   165
pul va banklar

Kontokorrent operatsiyalari. 
Banklarning noa'anaviy operatsiyalaridan biri 
kontokorrent operatsiyalar hisoblanadi. Kontokorrent (ovyerdarft) operatsiyalarda 
mijozlarning 
banklardagi 
talab 
qilib 
olinguncha 
saqlanadigan 
deposit 
hisobvaraqlari bo‗yicha ma'lum miqdorda debet qoldiq (ovyerdraft) qolishiga 
ruxsat beriladi. Albatta, bu iqtisodiy jarayon bank va mijoz o‗rtasida tegishli 
shartnoma asosida rasmiylashtiriladi, kontokorrent shartnomasiga binoan 
mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarida mablag'lar 
mavjud bo‗lmagan holda, unga to‗lovlarni amalga oshirish uchun tegishli summani 
debet qoldig'i hisobidan o‗tkazilishiga yo‗l qo‗yiladi. 
Kontokorrent (ovyerdraft) operatsiyalarida mijozning talab qilib olinguncha 
saqlanadigan depozit hisobvarag'ining aktiv qismida qolgan qoldiq asosida bank 
hisobiga tegishli foiz hisoblanadi. Mijoz tomonidan sotilgan tovarlar va 
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablag'lar uning talab qilib olinguncha 
saqlanadigan depozit hisobvarag'i tushishi orqali debet qoldiq (ovyerdraft) 
summasi yopiladi. 
Shu tariqa, bank va mijoz o‗rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan muddat 
davomida kontokorrent (ovyerdraft) operatsiyasi amalga oshiriladi. Uning 
ishtirokchilari bank va bankning mijozi hisoblanib, bank kontokorrent (ovyerdraft) 
shartnomasini tuzayotganda mijozning moliyaviy holati, balansining likvidligi va 
boshqa mezonlariga alohida e'tibor qaratadi. Bunda asosan bank bilan uzoq 
yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan va asosli to‗lov qobiliyatiga ega 
bo‗lgan hamda ishonchli mijozlari yuqori mavqiega ega bo‗ladi. 
Kontokorrent (ovyerdraft) operatsiyalarining qator afzalliklari mavjud bo‗lib, 
ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 
– mijozning qisqa muddatli moliyaviy resurslarga bo‗lgan ehtiyojini 
ta'minlaydi va qo‗shimcha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt va 
moliyaviy mablag'larni tejash imkoniyatini beradi; 
– banklarga moliyaviy mablag'larni ishonchli va samarali maqsadlarga 
joylashtirish imkoniyatini berish bilan birga, qo‗shimcha foyda olishga sharoit 
yaratadi. 
Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari jumlasiga lizing operasiyalarini 
ham kiritish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, banklarning mohiyati va funktsiyalari, shuningdek, 
bajaradigan operatsiyalari va ko‗rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi 
rolini belgilab beradi. Shuningdek, banklarning iqtisodiyotdagi roli xususida so‗z 
ketganda, dastlab jamiyatda ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va 
turlari, shuningdek, xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar va aholining ularga bo‗lgan 
ehtiyoji doirasida so‗z yuritish maqsadga muvofiq.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə