O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


XIY.3. Tijorat banklarining depozit, nodepozit va boshqa operasiyalari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   165
pul va banklar

XIY.3. Tijorat banklarining depozit, nodepozit va boshqa operasiyalari
 
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul 
mablag‘larini bankga jalb qilish bilan bog‘liq operasiyalari depozit operasiyalari 


165 
deyiladi. Depozit operasiyalari tijorat banklarining 90 foizgacha passivlari tashkil 
qilinishi mumkin. 
Depozit operasiyalarining suyektlari bo‗lib bir tomondan tijorat banklari, 
ikkinchi tomondan korxona, tashkilotlar, moliya, sug‘urta, investision va trast 
kompaniyalari, xususiy korxonalar, qo‗shma, xissadorlik korxonalari, jamoa 
tashkilotlari, alohida jismoniy shaxslar hisoblanadi. 
Depozit operasiyalarining obyekti bo‗lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag‘lari 
(quyilmalari) hisoblanadi. 
Pul quyuvchilarning toifasiga ko‗ra depozitlar bo‗linadi:
- yuridik shaxslar (korxona, tashkilotlar va boshqalar) qo‗yilmalari; 
- jismoniy shaxslar quyilmalari.
Mablag‘larni olish shakliga ko‗ra depozitlar bo‗linadi: 
- muddatli depozit mablag‘lar;
- talab qilib olgunga qadar depozit mablag‘lar; 
- aholini jamg‘arma mablag‘lari.
Muddatli depozit mablag‘lar bo‗linadi: 
- 3 oy muddatgacha;
- 3 oydan 6 oygacha;
- 6 oydan 9 oygacha;
- 9 oydan 12 oygacha;
- 12 oydan yuqori bo‗lgan depozit mablag‘lari.
Tijorat banklarining kredit resurslarini shakllantirishda depozitlar asosiy 
o`rin egallaydi. Ularning asosiysi talab olinadigan depozitlarga, muddatli hamda 
jamg'arma depozitlariga bo`linadi.Talab qilib olinadigan depozitlar joriy 
hisobvaraqlardan omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy schet 
hisob varaqning egasi bankdan chek daftarchasini oladi. Bunda u pul olish bilan 
birga iqtisodiy munosabat vakillari bo`lgan korxona, tashkilot, muassasalar bilan 
ham hisob-kitob operatsiyalarini olib borishi mumkin.
Muddatli omonatlar - mijoz tomonidan bankka ma`lum muddatga 
qo`yiladigan qo`yilmalar bo`lib, ular orqali mijozlarga bank tomo-nidan yuqori 
foizlar to`lanadi. Bunda foiz stavkalari qo`yilmaning muddati va miqdoriga bog'liq 
bo`ladi.
Muddatli qo`yilmalarning turlaridan biri, bu mablag'larni jalb qilishning aniq 
qayd etilgan vaqtga mo`ljallangan depozit sertifikatlar hisoblanadi. Ularni 
muomalaga 1961 yili birinchi bo`lib "Ferst neyshnl siti benk" kiritgan. Hisob 
egalariga ularning nomlari yozilgan, to`lash muddati va foiz darajasi ko`rsatilgan 
maxsus guvohnomalar beriladi. 
Xozirgi vaqtda tijorat banklari bo`sh pul mablag'larini jalb qilishda depozit 
sertifikatlaridan foydalanmoqda. Sertifikatda ko`rsatilgan qo`yilma muddati 
tugagandan so`ng, uning egasi qo`yilma miqdorini va kelishilgan foizlarni olish 
huquqiga ega bo`ladi. 
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo`yilmalari muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ular to`liq summada yoki bo`lib-bo`lib qo`yilishi va berilishi mumkin. 
Omonatchi va bank o`rtasidagi mablag' qo`yish bilan bog'liq munosabat omonat 


166 
daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to`lovchilik asosida turli xil 
maqsadli qo`yilmalarni, muddatli yoki talab qilish hamda olish mumkin bo`lgan 
jamg'armalarni qabul qiladilar. Shuningdek, ba`zi mamlakatlarda "Yangi yil 
qo`yilmalari" deb nomlangan turi ham mavjud. Bunda bank yil davomida, yangi 
yilni nishonlash uchun katta bo`lmagan qo`yilmalarni qabul qilib boradi va yil 
oxirida omonatchilarga pullarni qaytaradi, pul jamg'arishni xohlovchilar pul 
jamg'arishni keyingi yangi yilgacha davom ettirishlari ham mumkin. Iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda bu qo`yilmalar oddiy fuqarolar orasida keng 
qo`llaniladi. 
Banklar uchun muddatli qo`yilmalar juda qulay hisoblanadi. 
Bank resurslarining muhim manbasi banklararo kreditlardir, ya`ni boshqa 
banklardan olinadigan ssudalar. 
Ushbu resurslardan foydalanish sezilarli darajada rivojlangan. Pul-kredit 
bozorida qisqa muddatli banklararo kreditlar, shuningdek "qisqa pullar" salmog'i 
ko`pchilikni tashkil etadi.
Tijorat banklarining nodepozit operasiyalari deb tijorat banklarining yirik 
pul bozorlaridan pul mablag‘larini jalb qilish, qimmatli qog‘ozlar, obligasiyalarni 
muomilaga qo‗yish yo‗li bilan mablag‘larni jalb qilish sohasidagi operasiyalariga 
aytiladi. 
Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag‘larni jalb qilishning keng 
tarqalgan nodepozit shakllariga quyidagilar kiradi: 
- banklararo bozordan qarz olish;
- qimmatli qog‘ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish (Repo 
operasiyalari); 
- bank akseptlarini sotish;
- tijorat qog‘ozlarini chiqarish;
- yevro – dollarlar bozoridan qarz olish;
- kapital notalar, obligatsiyalar chiqarish va boshqalar. 
Nodepozit operasiyalar bozorda raqobatchilik asosida, vositachilar 
(brokerlar) orqali sotib olinadi. Bunda birinchidan mablag‘larni sotib olish g‘oyasi 
bankning o‗ziga tegishli, ikkinchidan bu g‘oya bankning biror – bir mijozi bilan 
bog‘liq emas. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan 
hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish huquqiga ega bo‗lgan yirik 
banklar keng foydalanadilar. Nodepozit mablaglar yirik miqdorda sotib olinadi. 
Tijorat banklarining boshqa operatsiyalariga bank xizmatlari va vositachilik 
operatsiyalarini kiritish mumkin. Bunda banklar mijozning hisobidan ularning turli 
topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir 
mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o‗tkazish bilan bog‘liq. 
Shunday operatsiyalardan biri bo‗lib faktorning (inglizcha vositachi) 
operatsiyasi bo‗lib bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib 
berish qiymatining 80 foizi shu zahoti to‗lash va qolgan qismini kredit uchun 
foizlar va vositachilik haqini chiqarib to‗lash sharti bilan sotib oladi. Faktoring 


167 
operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda 
asosan uchta tomon ishtirok etadi
25

Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi 
bo‗limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini 
amalga oshirishga ixtisoslashgan factoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti 
ham mavjud. 
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi), faktor –vositachi 
bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi. 
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi. 
Mijoz sotilgan tovar yoki ko‗rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‗lgan 
pul mablag'ini talab qiluvchi hujjatlar asosida ―faktor – vositachi‖ bilan faktoring 
operatsiyasi bo‗yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring 
shartnomasi asosida, ma'lum komission to‗lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki 
ko‗rsatilgan xizmatlarga to‗lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor 
– vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag'larni to‗lash bilan bog'liq to‗lov 
hujjatlarni komission to‗lov asosida ―sotib oladi‖. 
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar 
sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. 
Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi 
bo‗yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‗lagan summani to‗lay olmasa, 
ushbu zarar faktor –vositachining gardaniga tushadi. 
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari 
sifatida quyidagilarni ta'kidlash mumkin: 
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‗rsatilgan 
xizmatlarga 
to‗lashi 
lozim 
bo‗lgan 
mablag'larni 
o‗z vaqtida to‗lash 
imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli 
vujudga keladi; 
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini 
doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag'larga bo‗lgan 
ehtiyojini ta'minlashning zarurligi va boshqalar. 
Vositachilik operasiyalarining biri trast (inglizcha ishonchli) operasiyalari 
hisoblanib u mulkka egalik qilishning eng tarqalgan shakli – aktsiya, obligasiya va 
pul mablag‘larining bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikga (shaxsga) 
o‗tkazishni banklar orqali amalga oshirishni bildiradi. Bu mijoz bilan kelishilgan 
holda uni mablag‘larini boshqarish ishonchini qulga kiritishdir. 
Banklar trast operasiyalarining nafaqat jismoniy shaxslar bo‗yicha balki 
yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar. 
Jismoniy shaxslar uchun trast bo‗yicha merosni boshqarish ishonch va 
vosiylik bilan bog‘liq operasiyalar bajariladi. Shunday operasiyalarga tratta 
(italiyancha o‗tkazma veksel) operasiyalarini ham kiritish mumkin. Bu 
kreditorning qarzdorga (odatda bankga) yozma buyrug‘i. Bu tashqi savdodagi 
25
Банки и банковские операции: Учебник для вузов/ Е.Ф.Жуков, Л.М.Максимова, О.М.Макарова и 
др.; Под 
ред. проф Е.Ф.Жукова. –М.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 1997. –С. 6. 


168 
hisob – kitoblarda qo‗llanilib unda bankning uchinchi shaxs (takdimchi) ga yoki 
trattani taqdim etganga muayyan summani to‗lash ko‗rsatiladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə