|
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklarpul va banklarBanklarning aktsioner kapitali
quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil
topishi mumkin. Bular: a) xususiy aktsionerlik kapitali, bu kapital oddiy va
imtiyozli aktsiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fond hisobidan
yuzaga keladi; b) har xil ko`zda tutilmagan xarajatlarni va to`lanmagan qarzlarni
qoplash uchun tashkil qilingan zaxiralar; v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari
(uzoq muddatli veksel' va obligatsiyalar) bo`lishi mumkin.
Banklarning zaxira kapitali
yoki zaxira fondi foydadan ajratmalar
hisobiga hosil bo`ladi va ko`zdà tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog'ozlar
kursining tushishi natijasidagi yo`qotishlarni qoplash uchun mo`ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda - zaxira fondiga ajratmalar va dvidendlar
to`langanidan so`ng qoladigan foydaning bir qismidir.
Banklarning xususiy mablag'lari
tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat
kasb etadi. Banklarning xususiy kapitali hissasining kamayishi ba`zi hollarda
banklarning sinishiga olib keladi.
Bankning emitentlashgan mablag'lari
. Banklar mijozlar mablag'laridan
uzoqroq foydalanishni amalga oshirishdan, manfaatdordir. Shu sababli banklar
obligatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo`li bilan xususiy
resurslari miqdorini ko`paytirib boradilar.
Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar ko`rinishida emitentlashadi.
Xozirgi davrda chet el amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uchraydi. Bu
obligatsiyalar bo`yichà daromadlar obligatsiya egasi ixtiyoriga ko`ra milliy valyuta
hamda AQSH dollarida yoki boshqa chet el valyutasida to`lanishi mumkin.
Bank tomonidan elementlashgan qimmatli qog'ozlarning turlaridan biri
"suzuvchi foiz stavkali" qimmatli qog'ozlardir. Masalan, AQSHda 1970 yillar
o`rtalarida ikkita yirik tijorat banklari - "Sitibenk" va "Cheyz Manxetten Benk"
xolding kompaniyalari orqali "suzuvchi foiz stavkali" qimmatli qog'ozlar
chiqardilar. Bu qo`yilmalar bo`yicha foizlar 3 oylik xazina veksellariga nisbatan
bir foiz yuqori to`lanadi.
Banklar mijozlarning hohishiga qarab bir yilda ikki marta ularni to`lash
majburiyatini o`z zimmalariga oldilar. Buning uchun mijoz ko`rsatilgan
muddatdan bir hafta oldin mablag'larni olishi to`g'risida bankka xabar berishi shart.
Bank passivlarida o`tgan asrning 90 - yillari davomida bankning xususiy
mablag'lari miqdorining qisqarishi davom etdi va xorijiy mamlakatlar kabi bizning
banklarimizda ham jalb qilingan resurslar salmog'i oshdi.
Jalb qilingan mablag'larning yana bir turi bank balansida turgan va ularni qayta
sotib olish to`g'risidagi kelishuv asosida sotiladigan qimmatli qog'ozlar
hisoblanadi.
|
|
|