O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. PZR amplifikatsiya jarayoni ketma-ketligi



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122
24-rasm. PZR amplifikatsiya jarayoni ketma-ketligi. 
Shuningdek, amplifikatsiya – PZR – polimeraza zanjiri reaktsiyasi paytida 
ma‘lum bir nukleotid ketma-ketligi nusxalarini ko‗paytirish bosqichi hisoblanadi. 
Bugungi kunda genomika soxasining qo‗yidagi bo‗limlari mavjud: 
Strukturaviy genomika
– bu genom ma‘lumotlarining mazmuni va tashkil 
etilishi. Maqsad ma‘lum tuzilishga ega bo‗lgan genlarni o‗rganish, ularning 
funktsiyasini tushunish, shuningdek ―asosiy‖ oqsil molekulalarining fazoviy 
tuzilishini va uning o‗zaro ta‘sirini aniqlashdir. 
Funktsional genomika
– bu gendan xususiyatga qadar genomda qayd etilgan 
ma‘lumotlarning amalga oshirilishi. 


[60] 
Qiyosiy genomika (evolyutsion)
– turli organizmlar genomlari tarkibi va 
tashkil etilishini taqqoslovchi tadqiqotlar asosida olib boriladi. To‗liq genom ketma-
ketliklarini olish turli xil tirik organizmlar genomlari o‗rtasidagi farqlar darajasini 
yoritib berdi. Allellar bir xil genning gomologik xromosomalarning bir xil 
bo‗limlarida lokuslarida joylashgan va bir xil belgi rivojlanishining muqobil 
variantlarini belgilaydigan turli shakllari. "Allel" atamasi V. Yoxansen tomonidan 
1909 yilda taklif qilingan. Genomdagi o‗zgarishlar mutatsiyalar orqali sodir bo‗ladi. 
Evolyutsion taraqqiyotda ushbu jarayonlar 
turlar hosil bo‗lishida va jinsiy ko‗payish 
asosida bio xilma-xillikning rivojlanishiga 
olib kelgan. Mutatsiya lotin so‗zidan olingan 
bo‗lib, 
mutatio
– o‗zgarish ma‘nosini 
anglatadi – tashqi yoki ichki muhit ta‘sirida 
yuzaga keladigan genotipdagi doimiy, ya‘ni 
ma‘lum bir hujayra yoki
organizmning 
avlodlariga 
irsiylanishi 
mumkin bo‗lgan o‗zgarish hisoblanadi. Bu 
atama Gyugo de Friz tomonidan taklif qilingan. Mutatsiyalar paydo bo‗lish jarayoni 
mutagenez deb ataladi. Mutatsiyalar eng ko‗p tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi: 
Translokatsiya
– bu xromosomaning bir qismi homolog bo‗lmagan 
xromosomaga o‗tadigan xromosoma mutatsiyasining bir turi. 
Duplikatsiya
lotinchadan ―duplication‖ – ikki baravar 
ko‗payish 
– xromosomalarning tuzilishini buzadigan 
mutatsiya turi hisoblanib, bu genlarni o‗z ichiga qolgan 
xromosoma 
mintaqalarining 
takrorlanishi. 
Bu 
barcha 
xromosomalarning 
gomologik 
rekombinatsiyasi, 
retrotranspozitsiyasi yoki takrorlanishidagi xatolardan kelib 
chiqishi mumkin.
 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə