O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122
Ikki o„lchamli gel elektroforez. 
1970-80 yillarda oqsillarni ajratish va 
tozalash usullari rivojlandi. Ushbu usullar xromatografiya va elektroforez
uslublarining prinsiplarini birlashtirdi, ularning ko‗plari uzoq vaqtdan beri 
ishlatilmay qolgan, ammo ba‘zilari hali 21-asrda ishlatilmoqda. 1970 yilda 
28-rasm. 
Edman 
uslubida 
oqsilning 
feniltiogidantoin N-uchini aniqlash 


[66] 
shveytsariyalik olim Ulrix Laemmli denaturatsiya asosida oqsillarni elektroforez 
bilan ajratish usulini taklif qildi. Birinchidan, oqsillar molekulyar massasiga ko‗ra, 
qatlamlar shaklida natriy dodesil sulfating. 
Natriy dodesil sulfat, SDS
ta‘sirida 
denaturatsiyaga uchratilgan. Oqsil qancha ko‗p bo‗lsa, SDS shuncha ko‗p 
bog‘lanadi va ularning kompleksi shunchalik salbiy zaryadga ega bo‗ladi. Shuning 
uchun, namunalar poliakrilamid gelida tekshirilganda, ular elektr maydon ta‘sirida 
harakatlana boshlaydilar, oqsil molekulalarining harakatlanish tezligi ularning 
massasiga bog‘liq, yengil oqsillar gel bo‗ylab tezroq harakatlanadi. Ushbu uslubda 
molekulyar massasi 5 dan 250 kDa gacha bo‗lgan oqsillarni ajratish uchun juda mos 
keladi. Laemmli usuli yanada rivojlantirildi, 1975 yilda Patrik O‗Farell va Yoaxim 
Kloz mustaqil ravishda ikki o‗lchamli elektroforez usulini taklif qilishdi. SDS 
yordamida ajratishdan oldin oqsillarni izoelektrik nuqtalariga ko‗ra oldindan 
ajratiladi. Birinchidan, oqsillar statsionar pH ko‗rsatkichiga ko‗ra, maxsus 
polimerlar bilan to‗ldirilgan shisha naychaga kiritiladi. Oqsillar naycha orqali 
taqsimlanadi, pH korsatkichga ko‗ra, oqsillar izoelektrik nuqtasiga teng bo‗lgan 
maydonlarga joylashadi. Keyinchalik, naychaning tarkibi ajratiladi va an‘anaviy 
Laemmli boyicha gelda elektroforez o‗tkaziladi. Shunday qilib, oqsillar avval 
izoelektrik nuqtaga, so‗ngra molekulyar massasiga ko‗ra bo‗linadi. Ikki o‗lchamli 
elektroforez usulida oqsillar an‘anaviy elektroforezdagi kabi tasma bilan emas, balki 
oqsil kontsentratsiyasiga to‗g‘ri keladigan bo‗yalish intensivligi orqali aniqlanadi. 
Ikki o‗lchamli elektroforez yordamida nafaqat turli xil oqsillarni, balki bir xil 
oqsilning izoformalarini , shuningdek, translyatsiyadan keyingi modifikatsiyalari har 
xil bo‗lgan oqsil shakllarini ajratish mumkin. Ikki o‗lchamli elektroforez texnikasini 
turli xil takomillashtirish taklif qilindi, uning ba‘zi bosqichlari, shuningdek gell 
skanerlarni qayta ishlash tizimlari avtomatlashtirildi. Aslida, ikki o‗lchamli 
elektroforez – bu proteomni tasavvur qilishning yagona usuli hisoblanadi.
 


[67] 
Western blotting uslubi. 
Ba‘zi hollarda organizmlardan izolyatsiya qilingan 
hujayra oqsillarini ma‘lum hujayra antitanalar 
bilan o‗zaro ta‘sir qilishini aniqlash uchun 
Western blotting usuli qo‗llaniladi. Western 
blot yoki immunoblot uslubi oqsillarni 
antitanalar orqali aniqlashga asoslangan. 
Reaksiya birinchi bosqichida poliakrilamid 
gelida denaturasiyaga uchragan oqsillar 
uzunligi bo‗yicha yoki oqsil nativ holati 
uchlamchi strukturasiga ko‗ra, SDS tasirida 
elektroforez o‗tkaziladi. Keyinchalik oqsillar 
natriysellyulozaali 
yo‗ki 
PVDF- 
membranalarga o‗tkaziladi va oqsillarga 
nisbatan maxsus bo‗lgan monoklonal yo‗ki 
poliklonal antitanalar yordamida deteksiya 
qilinadi 
(25-rasm). 
Western 
blotting 
molekulyar biologiya, biokimyo, genetika va 
boshqa sohalarga keng qo‗llaniladi. Xuddi 
shunga o‗xshash, immunoenzim- ELISA yoki 
immunobo‗yash uslublari ham oqsillarni 
maxsus antitanalar yordamida aniqlashda 
ishlatiladi. Western blotting uslubi George 
Stark 
tomonidan 
Stenford 
Univeriteti 
laboratoriyasida ishlab chiqilgan bo‗lib, western blot nomlanishi W.Neal Burnett 
tomonidan berilgan. Uslub nomlanishi southern-blotting DNK ni aniqlash 
texnologiyasini aniqlagan Edvin Southern nomiga atalgan va western-blotting uslubi 
shunga asosan nomlangan. Huddi shuningdek, analogiyada RNK ni aniqlash uslubi 
Northering- blotting deb ataladi va oqsillar modifikasiyasining post translyasion
deteksiyasi uslubi Eastern blotting deb nomlanadi (29-rasm).
A)Ikki o‘lchamli elektroforez 
B) 
SDS 
tomonidan 
oqsillarni 
denaturasiyasi 
C) 
2D 
elektroforez 
asosida 
oqsillarni bo‘yash intensivligi 
 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə