O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.
DNK azotli asoslarining modifikasiyalari DNK strukturasiga qanday ta‘sir 
ko‗rsatadi? 
2.
DNK shikastlanishi qanday o‗zgarishlarga olib keladi? 
3.
Xromosoma uchidagi strukturalar qanday ahamiyatga ega? 
4.
Oqsil kodlamaydigan ketma-ketliklar ahamiyatini tushuntirib bering? 
5.
Stukturaviy va boshqaruvchi oqsillar roli nimadan iborat? 
6.
DNK modifikasiyalovchi fermentlar guruhi tasnif bering? 
7.
Genetik rekombinasiya tushunchasi nimani anglatadi? 
8.
m-RNK lar rolini ochib bering? 
9.
Evolyutsiya nuqtai-nazaridan RNK-genomlarining rolini tushuntirib bering? 
10.
DNK sekvensida qaysi olim uslubi keng qo‗llaniladi v anima uchun? 
11.
Birinchi marta qaysi organism genomi to‗liq ochib berilgan? 
12.
Inson genomi loyihasining maqsadi qanday muammoga qaratilgan?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


[72] 
3-BOB. GEN, GENLARNING TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI
Gen biologik axborotning struktura birligi bo`lib, funktsional jihatdan 
bo`linmasdir. Gen DNK molekulasining ma‘lum nukleotidlar ketma-ketligiga ega 
bo`lgan qismi, sintezlanayotgan bir molekula oqsil haqidagi axborotni tashiydi.
Barcha turlar ko`p sondagi genlarga ega bo`ladi, bular genomni tuzadi, 
xromosomada joylashadi. Har bir xromosomada gen DNK molekulasining 
nukleotidlari ketma-ketligi tartibida joylashadi.
Gen tushunchasini fanga 1909-yilda V.L.Iogannsen kiritgan. Gen diskret 
birlik sifatida G.Mendelning duragaylash tahlil uslubi yordamida aniqlangan. Gen 
to`g`risidagi to`liq tasavvur genetik tahlilning imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, 
chatishtirish natijasida gen tomonidan boshqariladigan belgilarning avlodlarda 
namoyon bo`lishi bilan aniqlanadi. Genetik tahlil imkoniyatlari to`g`risida so`z 
borganda sun‘iy mutagenez jarayonini unutmaslik kerak, chunki bu jarayon tahlil 
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Gen to`g`risidagi tasavvurlarni mukammallashtirish T.X.Morganga taalluqli 
bo`lib, u 1926-yilda chop etgan ―Gen nazariyasi‖ asarida genni quyidagicha talqin 
qilgan: 
Genlar 
xromosomalarda 
joylashgan. 
Genlar 
– mutatsiyaning, 
rekombinatsiyaning va funksiyaning bo`linmas birligi. 
1.
Gen – mutatsiya birligi, ya‘ni mutatsiya natijasida butunlay o`zgaradi. 
2.
Gen – rekombinatsiya birligi, ya‘ni krossingover gen chegarasidan tashqarida 
kuzatilmaydi.
3.
Gen – funksiya birligi, ya‘ni bitta genning barcha mutatsiyalari bir xil genetik 
vazifani o`zgartiradi. Bu mutantlar o`zaro chatishtirilganda F
1
da mutatsiyalar 
komplementar bo`lmaydi, deb tushuntiriladi.
Gen elementar belgilarni boshqaradi. Bunga asoslangan holda gen 
allellarining asosiy mezonlari: rekombinatsion va funksional mezonlari tavsiya 
qilingan bo`lib, bu mezonlar yordamida mutatsion o`zgaruvchanlik bitta genga yoki 
turli genlarga kiritilgan. 
Genlar genomda DNK ning ketmaket joylashgan davomiyligini tashkil qilib 
ayrim viruslarda RNK dan tashkil topgan bo‗lib, bitta molekulani kodlaydi: 


[73] 
polipeptid, iRNK, tRNK, rRNK. O‗zining tuzilishi bo‗yicha genlarviruslar,
prokariotlar va eukariotlarda ko‗pgina umumiylikka egadir, lekin farqlarga ham 
egadir. Boshqa tomondan, alternative splaysing hodisasining ochilishi, gen 
to‗grisidagi tushunchalarning gen irsiyatning birligi va faqar bitta polipeptid 
zanjirini kodladi degan tushsunchalarning o‗zgarishiga olib keldi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə