O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Viruslarning tashqi muhit omillariga nisbatdan chidamliligi



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122
Viruslarning tashqi muhit omillariga nisbatdan chidamliligi 
Hayvonlar virusi xo`jayin hujayrasidan tashqarida bo`lganda faolsizlanadi. 
Lekin turli xil shakllarda katta farqlar kuzatiladi. Poliomielit virusi oqmaydigan suv 
havzalaridan bir haftagacha faolligini saqlaydi. Ko`pgina viruslar faolligini 
pasterizatsiya jarayonida bir necha minut davomida yo`qotadi. Shu bilan birga 
zardob sariqligini gomologik virusi qaynatilgandan so`ng ham faolligini saqlaydi. 
Tamaki mozaikasi virusi quritilgan o`simliklarda yillar davomida saqlanib 
qoladi. Bir xil viruslar haroratga chidamli bo`lib -76
o
C da ham tirik qoladi. 
Ultrabinafsha nurlar bilan ta‘sir qilganda hamma viruslarning tezda nobud 
bo`lishiga olib keladi. Chunki viruslar nuklein kislotalari nurlar ta‘siriga chidamli 
bo`ladi. Faglar dezinfeksiyalovchi moddalarning kichik kontsentratsiyalarida yo`q 
bo`lmaydi. Ular antibakterialga nisbatan chidamli bo`ladi hamda xrolofer va 
fermentlarga ham. 
Viruslarning tadqiqot qilish molekulalari genetikaning paydo bo`lish va 
rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Fransiyalik mikrobiolog va virusolog 
Andrey Mishel Lvov mezogeniya hodisasini o`rgangani uchun Nobel mukofotiga 
sazovor bo`ldi. 1965-yilda molekulyar genetika sohasida faglarning faoliyatini 
o`rganishda Maks Delburyuk Alfred D.Xerish va Salvador E. Muriya 1969-yilda 
Nobel mukofotiga sazovor bo`lishgan. 
Viruslarda genom replikatsiyasi va genlar ekspressiyasi. 
Virionlar 
ichidagi virus genomi DNK yoki RNK shaklida bo`lib bir zanjirli yoki ikki zanjirli 
va halqasimon yoki chiziqli shaklga ega bo`lishi mumkin. Turli xil guruhlarda 


[78] 
viruslar genomikasining o`lchami va tuzilishining murakkab keng diapozonda 
o`zgaradi. K.B RNK tutuvchi fagda 4 ta gen bo`lsa, DNK tutuvchi virusli chechakda 
250 tagacha bo`ladi. 
Virusli genom bitta yoki bir nechta nuklein kislotaga ega bo`lishi mumkin. 2 
zanjirli RNK tutuvchi retroviruslarda 10 ta molekula yoki segment iborat bo`lsa, bir 
zanjirli RNK tutuvchi retroviruslarda butun shaklga ega bo`ladi. Yoki 
segmentlangan bo`ladi. DNK tutuvchi viruslar genomi umurtqali hayvonlarda 
chiziqli 1ta yoki 2ta zanjirdan tashkil topgan. B gepatiti virusi genomi 2ta zanjirli 
halqasimon DNK dan iborat bo`ladi. Lekin A va C gepatiti viruslari 1 zanjirli RNK 
+ I tashkil topgan bo`lib RNK musbat qutblanishga egadir. 
Hozirgi vaqtda baltimorning klassfikatsion tizimi ishlab chiqilgan bo`lib unda 
2 xil parametr nazarda tutiladi. Virionda mavjud bo`lgan nuklein kislota tipi va 
uning xo`jayin hujayrasida replikatsiya strukturasini molekulasining qutblanishiga 
ko`ra hamma RNK tutuvchi viruslar 2-guruhga bo`linadi. Pozitiv va negativ 
guruhlarga pozitiv RNK li viruslar (+RNK) sifatida belgilanadi. Xo`jayin 
hujayrasida ribosomalarda translyatsiya bo`lish xususiyatiga ega ya‘ni i-RNK 
vazifasini oladi. 
Hujayraga 
virus 
o`tgandan so`ng 
virus 
genomining replikatsiyasi 
transkripsiya translyatsiya jarayoni bir qancha xususiyatlarga egadir. 
Birinchidan hujayra yadrosi va sitoplasmasida virus genom DNK larini 
transkripsiya bo`lishi uchun fermentlar bo`lmaydi, ya‘ni RNK matritsasida sintez 
bo`lishi uchun shuningdek, sitoplazmada ham transkripsiyalaydigan fermentlar 
bo`lmaydi. Shuning uchun DNK tutuvchi viruslar hujayra yadrosiga joylashib oladi 
va xo`jayin genomidan virus i-RNK sini hosil qila oladi. Boshqa hamma viruslar i 
RNK sintezi uchun o`zlarining maxsus fermentlarini yarata oladi, ishlab chiqadi. 
Ikkinchidan 
eukariotlarning 
oqsil 
sintezlovchi 
apparati 
faqatgina 
monosistronli i-RNK sintezlaydi. i-RNK ni ichidagi polisistron molekulalari 
initsiatsiyani tashimaydi. Viruslar monosistronli i-RNK ni sintezlash qobiliyatiga va 
alohida ajralib ketadigan katta molekulasi proetinli i-RNK ni kodlamaydi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə