O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Jadval-1  Insonda infeksiyalar keltirib chiqaradigan viruslar klassifikatsiyasi



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122
Jadval-1 
Insonda infeksiyalar keltirib chiqaradigan viruslar klassifikatsiyasi 
(Zingchenka Paul 2005).
 
t/r 
Oila 
Nuklein kislota turi Asosiy vakillari. 

Daxviridae 
DNK 
CHechak tabiiy Vina virusi 

Herpasviridae 
DNK 
Oddiy gerpes virusi 1 va2 turi chechak virusi
lishay, sitomegalovirus, epshteyn barr virusi.

Adenoveridae 
DNK 
Inson 
adenovirusi 
,sut, 
sut 
emizuvchilar 
adenoviruslari. 

Parvaviridae 
DNK 
Kilxem kalamushining latent virusi, adenovirusli 
satellitlar 

Papavaviridae 
DNK 
SHoup papilomasi virusi palioma virusi, SV-40 
vakuolazirlanadigan virus. 

Hepadnaviridae 
DNK 
B gepatiti virusi. 

Orthomyxoviridae 
RNK 
A, B va C gripplari virusi 

Paramyxoviridae 
RNK 
1, 2, 3 va 4 paragripp vakizamik viruslari, qizamiq 
virusi, respirator-sintsitial virus. 

Retroviridae 
RNK 
Inson immunotanqisligi virusi, Raus sarkomasi 
virusi. 
10 
Bunyaviridae 
RNK 
Bunyamver virusi, Ukuniem virusi. 
11 
Togaviridae 
RNK 
Sindbis virusi, sariq terlama virusi, kana entsefaleti 
virusi, qizilcha virusi.
12 
Coronaviridae 
RNK 
Inson koronavirusi, qushlar bronhiti virusi. 
13 
Reoviridae 
RNK 
Inson reovirusi, umurtqalilar reovirusi. 
14 
Picornaviridae 
RNK 
Inson poliomieliti virusi, A gepatiti virusi, YAshur 
virusi 
15 
Arenaviridae 
RNK 
Limfotsiotar xereomeningiti virusi
16 
Rhobdoviridae 
RNK 
Quturish kasalligi virusi, vezikulyar stomatit virusi. 
Viruslar hamma guruhdagi organizmlarni shikastlaydi. Bugungi kunda 500ga 
yaqin issiqqonli hayvonlarning o`simliklarda 300 dan ko`p 30 ming xil turdagi 
shtamm va tiplari idenfikatsiya qilingan. Hozirgi viruslarning evolyutsion 
klassifikatsiyasini tuzish uchun kerakli bo`lgan ma‘lumotlar yetarlicha emasdir. 
Bazali taksonlariga oilalar kiradi – viruslarning ma‘lum bo`lgan xususiyatlariga 


[75] 
asoslanadi, ularni ajratishda viruslar ma‘lum xususiyatlari- o`lchamlari,
morfologiyasi, qobiqlarining mavjudligi, tashxisda virusli infeksiyalarini aniqlashda 
muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda, 70 dan ortiq oilalarga tasnif berilgan, 
ular orasida 17 oila inson va hayvon viruslari hisoblanadi. 
Viruslar tadqiqot obyektlari sifatida molekulyar biologiya va genetika, gen 
muhandisligida keng qo`llaniladi. 
Bakteriyalarda olib boriladigan tajribalar virus bakteriyalarini va ular 
xo`jayini bakteriyalarda DNK reparatsiyasi va reparativ fermentlar induksiyasini 
kashf etilishiga olib kelgan. 
Viruslarda xo`jayin hujayrasini tanlash chegaralangan. O`simliklar va baliq 
viruslari sut emizuvchilar hujayrasini shikastlay olmaydi va aksincha poliomielit 
virusi tabiiy sharoitlarda faqatgina yuqori primatlarni shikastlash xususiyatiga 
egadir. Quturish virusi sut emizuvchilarning xohlagan vakilini shikastlaydi, lekin
o`simliklar bu virus bilan kasallanmaydi. 
Viruslar o`lchami 25-50 nm, ko`plari faqatgina elektron mikroskoplarda 
ko`rinadi. Katta hajmdagi chechak viruslari va ospavaksina viruslarning diametri 
250 nm ga yaqinlashadi. Faglar bosh qismining diametri 50 nm, dum qismi 100-200 
nmga teng bo`ladi. Virus DNK si massasi 1·10
6
-200·10
6,
RNK massasi 10
6
dan 
15·10
6
Da gacha bo`ladi.
Viruslarning yashash shakllaridan ikki xil shakli aniqlangan. Virion 
hujayradan tashqarida tinim davrini o`tayotgan shakllari virus hujayra kompleksi 
oddiy viruslar nuklein kislota va oqsil qobiqdan iborat kapsida shu bilan birga 
nukleokapsid atamasi ham ishlatiladi. Oddiy virusning struktur birligi nuklein 
kislotalar va kapsidlardan tuzilgan murakkab viruslar oqsil kapsiddan va nuklein 
kislotadan tashqari lipoproteinli membrana uglevodlar strukturasi, oqsillar 
fermentlardan tashkil topadi. 
Virus va hujayraning o`zaro ta‘siri 3 xil shakli farqlanadi. 
1.
Mahsuldor infeksiya – bunda zararlangan hujayralarda virion nuklein 
kislotasi virus uchun maxsus sintezlarni o`tadi va viruslarning yangi avlodini 
shakllanishiga olib keladi. 


[76] 
2.
Abortiv infeksiya – avlodlar hosil bo`lmaydi. Oraliq bosqichida 
reproduksiya sikli buziladi.
3.
Virogeniya – fag virusining nuklein kislotasi xo`jayin hujayrasiga 
joylashadi. Virus esa provirus profag holatida bo`ladi. Virusning avtonom 
reproduksiyasi amalga oshmaydi va virus replikatsiyasi xo`jayin hujayrasining DNK 
si bilan birgalikda amalga oshadi. Bunday viruslar meyyoriy
viruslar deb ataladi. 
Ularga sinogenli virus va faglarga kiradi hamda ular hujayra mezogeniyasini amalga 
oshiradi. Mezogenlarda bakteriyalarning profag bilan simbioz kuzatiladi. 
Ma‘lum chastotali mezogenli hujayralar fag qismlarini hosil qiladi va 
mezogenga uchrashi mumkin. Hujayralar nobud bo`lish va erish xususiyatiga ega. 
Bunda kapsid hujayra proteazaga nisbatan ta‘sirchanligini namoyon qiladi 
parchalanadi va nuklein kislota erkin holda ajraladi. Hayvonlarning ko`pgina 
viruslari hujayraga pinositoz orqali kiradi. Bir xil bakteriofaglarda hujayraga erkin 
nuklein kislota kiradi. 
Viruslar ko`payishini tajribada E.coliga spetsifik bo`lgan 1-faglarda va λ-
fagida kuzatish mumkin. Fagning dum qismi hujayraning maxsus retseptoriga 
yopishadi. Undagi lizotsim fermenti hujayra kobig‘ida maxsus teshik hosil qiladi. 
Fagning ichki qismda DNK ning chiziqli yopishqoq uchlari shaklida joylashgan 
bo`ladi ular o`zaro komplementar bo`lib bir-biri bilan juftlashishi mumkin. E.coli 
hujayraning ichiga tushgandan so`ng λ fagining genomi halqasimon joylashadi va 
bakterial DNK ligaza fermenti yordamida tiklanadi. Hujayraga fag DNK sining 
o`tkazishidan so`ng infeksiyaning ikki xil alternativ yo`llari yoritilgan – litik va 
mezogen yo`llari. 
Mateit bosqichi davomiyligida infeksiyaning metik yo`lida fag genomi fag 
DNK sini va fagning oqsilli qobig`ini sintezga majbur qiladi. Ma‘lum vaqtdan so`ng 
bakteriya hujayra qobig`ining yuza qismiga fag yopishgandan so`ng bakteriyalar 
parchalanadi lizisga uchraydi yangi hosil bo`lgan qismlar erkin holda tashqariga 
chiqadi va rivojlanishning yangi sikli boshlanadi. Mezogen yo`lida fag DNK ning 
yopiq halqa sifatida xo`jayin hujayrasining halqasimon xromosomaga integrirlanadi. 
Bunday hujayralar mezogen deb ataladi. O`tkazilgan fag DNK si esa profag deb 


[77] 
ataladi. Profag DNK si hujayraning normal tarkibiy qismi sifatida faoliyat 
ko`rsatadi. Hujayra bo`linishi davrida fag DNK sining yangi nusxalari hosil bo`ladi.
Hayvonlar hujayralarida viruslar DNK si metik yo`l bilan ko`payishi mumkin. 
Permissiv hujayralar permissiv bo`lmagan hujayralarda viruslar ko`payishi 
bloklanadi. Virus DNK si esa ko`payadi birinchi uslubda xo`jayin hujayrasiga 
genomiga integratsiyasi va u bilan birgalikda replikatsiya bo`lish ikkinchi uslubda 
virus DNK si plazmida hosil qiladi – halqasimon DNK molekulasida replikatsiya 
o`tadi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə