[68]
Mass-spektrometriya.
Mass-spektrometriya o‗rganilayotgan
birikmalarning
molekulyar og‘irligini aniqlashga qaratilgan bir qator usullarni o‗z ichiga oladi. U
biologiyada
,
ayniqsa
proteomikada
keng
qo‗llanilishini mumkin. Mass-spektrometriya, mass
–spektografiya yoki mass-spektrometrik tahlillarini
o‗z ichiga
oladi va moddalarning kimyoviy,
elementli va izotop tarkibiga qarab bu moddalarning
konsentrasiyasini aniqlashda
va identifikasiya
qilishda qo‗llaniladi. O‗lchash asosini komponentlar
ionizasiyasi hizmat qiladi
va massaning zaryadga
nisbati asosida modda tarkibini tashkil etuvchi
komponentlarni aniqlash, ion tokining intensivligini
o‗lchash
va
modda
tarkibidagi
har
bir
komponentning hissasini hisoblab chiqish, ya‘ni
moddaning mass-spektrini aniqlash tashkil qiladi.
Har bir komponentning kimyoviy tabiatiga ko‗ra,
kelib chiqishi va o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lishini
hisobga olsak, mass-
spektrometriya tibbiyotda, biologiya va sanoatda katta ahamiyatga egadir. Mass-
spektrlarni hosil qilish uchun birinchi navbatda, organik
yoki noorganik moddani
tashkil etuvchi neytral molekula va atomlarni zaryadlangan ionlarga aylantirish
lozim. Bu jarayonga ionizasiya deb ataladi, organik
va noorganik moddalar uchun
turlicha o‗tkaziladi. Ikkinchi navbatda, asosiy shartlardan biri mass-spektrometrning
vakuum qismida ionlarni gaz holatiga o‗tkaish lozim bo‗ladi. Mass-
spektrometrlardagi vakuum qismlari chuqur bo‗lib, ionlar uning ichida to‗siqsiz
bemalol harakat qiladi, agar mass-spektrometrlarda vakuum qimlari bo‗lmasa, ionlar
tarqalib ketadi va rekombinasiyaga uchraydi, y‘ni qaytadan zaryadlanmagan holatga
qaytadi. Ko‗pgina katta molekulyar massaga ega bo‗lmagan molekulalar faqatgina
bitta musbat va manfiy zaryadga ega bo‗lishi mumkin. Molekula qanchalik katta
bo‗lsa, shunchalik ionizasiya vaqtida ko‗p zaryadli ionga aylanish ehtimoli mavjud.
Shuning uchun, bunday
samara katta molekulalarda, masalan oqsillar, nuklein
Dostları ilə paylaş: