O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122
Virus va faglar genomikasi. 
Andre Lvov fikriga ko`ra viruslar bir xil tip nuklein kislotasiga ega bo`lgan 
potentsial jihatdan patologik holatlarni keltirib chiqaradigan, o`zining genetik 
materialidan ko`payadigan, o`sish, bo`linish jarayonlarini amalga oshira olmaydigan 
va energenetik almashinuvni fermentlariga ega bo`lmagan organizmlardir (1975-
yil). 
Zoologiya va botanikaning rivojlanish bosqichida tirik organizmlar borlig‘ini 
belgilaydigan ma‘lum kriteriyalarga mutanosib bo‗lishi zarur. Ushbu pozitsiyadan 
kelib chiqadigan holda, viruslarni tirik organizm deb qabul qilinmaydi. Shunga 
qaramasdan, viruslar tirik organizmlarning asosiy xususiyatlariga egadirlar-
replikatsiya, mutatsion o`zgarishlarga va bu o`zgarishlarning avlodlarga irsiylanishi 
xususiyatilariga egadirlar.
Zamonaviy tushunchalarga ko`ra, viruslar hayotning hujayrasiz shakli bo`lib,
tirik hujayralarga kira olish va ularda ko`payish xususiyatiga ega. Viruslarning irsiy 
apparati virus qismlarining sintezi to`g`risida ma‘lumotga ega bo‗lib, biokimyoviy 
jarayonlar uchun xo`jayin hujayrasining, shuningdek biosentetik va energetik 
tizmlarini ishlatadi. Hujayradan tashqarida, virus inert holdagi kimyoviy 
birikmalarning yig`indisi hisoblanadi va xo`jayin hujayrasiga tushganda o`ziga xos 
tirik organizm bo`lib, genetik darajadagi hujayra ichidagi parazit hisoblanadi. 
Viruslar 1892-yilda D.I.Ivanovskiy tomonidan kasallangan tamaki o`simligini 
bakteriya filtri orqali eritmani filtirlash vaqtida aniqlangan. Virus atamasi 1898-yil 
M.Beyering tomonidan taklif etilgan. Birinchi marta bakteriofaglarni 1933-yilda 
Maks Shlezinger mikroskopni qorong`i maydonida kuzatgan va sanagan. 
Bakteriofaglarning birinchi suratlarini Gelmut Ruska 1941-yilda elektron mikroskop 
orqali olgan. Elektron mikroskop obyektini 300 000 marotaba kattalashtirish 


[74] 
xususiyatiga egadir, shuning uchun viruslarni electron mikroskopda o‗rganish ancha 
rivojlandi.
Viruslarning o`lchami 25 dan 500 nm oralig`ida bo`ladi, ya‘ni viruslar 
ultramikroskopik organizmlardir va o`zining o`lchamiga ko`ra molekula va 
atomlarga yaqindir. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə