O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Oqsil moddalarni tuzilishi va funksiyalari



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
Oqsil moddalarni tuzilishi va funksiyalari. 
Hayot – ―oqsil moddalarni 
faoliyat ko`rsatish usuli‖. Nima sababdan oqsillar hujayrada va butun organizmda 
eng ko`p tarqalgan molekulalardan biri bo`ldi? 
Bu savolga javobni, oqsil molekulalari bajaradigan funksiyalarni ko`pqirrali 
ekanligidan axtarish kerak. Oqsillar bajaradigan funksiyalarni asosiylari sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin: plastiklik (quruvchilik), katalitik (fermentativ), 
transportlik (tashuvchilik), gormonal, himoya qiluvchilik, harakatga keltiruvchilik
ustun va shakl beruvchilik, energetik, retseptorlik (sezgirlik), zahiralik, antibiotiklik, 
toksinlik. 
Mana shunday funksiyalarni ko`pqirraligi oqsillarni strukturasi va 
xususiyatlari bilan bog`liq. Ular nimalardan iborat? Oqsil molekulalarini kimyoviy 
strukturalari qanday? Oqsil molekulalari fazoda qanday tuzilgan? 
Oqsil molekulalari – polimerlar. Ularni monomerlari – aminokislotalar. Tabiatda 
100 ga yaqin aminokislotalar bor. Shulardan faqat 20 tasi tirik organizmlarni 
oqsillari tarkibiga kiradi. Aminokislotalar eng kamida bitta amino (-NH
2
) va bitta 
karboksil (-COOH) guruhga ega. Oqsil molekulasini shakllantirayotganda 


[57] 
aminokislotalar birin-ketin, bir-birlari bilan peptid bog`lari bilan bog`lanadi. Peptid 
(kovalent, azot–uglerod) bog`i – bir aminokislotani aminoguruhi bilan, ikkinchi 
aminokislotani karboksil guruhi orasidagi o`zaro ta‘sir natijasi sifatida hosil bo`ladi. 
Aminokislotalar bir-birlari bilan peptid bog`lari orqali bog`lanib, har xil uzunlikga 
ega 
bo`lgan 
peptidlar 
(dipeptidlar, 
tetrapeptid) 
hosil 
qiladi. 
Ko`plab 
aminokislotalarni o`zaro bog`lanishidan polipeptid hosil bo`ladi. Oqsillarni 
ko`pchiligi yuqori molekulali polipeptidlar hisoblanadi. Ularni tarkibida yuzdan bir 
necha mingga yaqin aminokislotalar bo`lishi aniqlangan.
Polipeptid zanjiri tarkibidagi aminokislotalarni ketma-ketligi oqsilni birlamchi 
strukturasini tashkil qiladi. Oqsil molekulasini shakli, xususiyatlari va funksiyalari 
ularni birlamchi strukturalariga bog`liq. Ammo, birlamchi struktura bilan oqsil 
molekulasini shakllanishi tugamaydi. Oqsillarni strukturasini shakllanishi qanday 
qilib nihoyasiga yetadi? 
Ikkalamchi struktura – polipeptid zanjirini o`ng tomonga qarab buralgan α- 
spiraldan shakllanadi. Bu struktura har xil aminokislotalarni – CO – NH – guruhlari 
orasida shakllangan vodorod bog`lari natijasida kelib chiqadi (21-rasm). 
Ko`p oqsillarda polipeptid zanjirlar 
qiyshayib, 
o`ziga 
xos 
ravishda 
o`raladi 
va 
noto`g`ri 
dumaloq 
strukturaga – globulaga aylanadi. 
Mana 
shunday 
tartibda 
oqsilni 
uchlamchi strukturasi shakllanadi. 
Globulani 
mustahkamligi 
aminokislotalarni radikallari orasida 
shakllanadigan 
har 
xil 
bog`lar 
(disulfid, ion, vodorod va gidrofob) 
bilan ta‘minlanadi. 
Oligomer (multimer) oqsillar to`rtlamchi strukturaga ega bo`ladi. Bunday 
oqsillar bir necha polipeptid bog`laridan iborat bo`ladi. Polipeptidlar o`zaro 
gidrofob munosabatlar, vodorod va ion bog`lari orqali bog`lanadi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə