O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.Genomika sohasida bioinformatika rolini ochib bering? 
2. Gen ketma-ketliklari kiritilgan asosiy bioinformatsion ma‘lumotlar bazasini 
keltiring? 
3. Bioinformatika rivojlanish bosqichlarini ochib bering? 
4.Genom muammolarini o‗rganishda bioinformatika yutuqlarini ochib bering? 
 


[199] 
12-BOB. FARMOKOGENETIKA.
Farmakogenetika- tibbiyot genetikasi va klinik farmakologiyada dorivor 
moddalar ta‘sirida irsiy o‗zgaruvchanlikning asoslarini o‗rganadigan bo‗limi va 
bemor insonlarda dorivor moddalarni iste‘mol qilishi natijasida, dorilar ta‘siri
samaradorligi va xavfsizlik choralari, dorilar nojo‗ya reaktsiyalarining kelib 
chiqishining 
oldini 
olish 
choralarini 
ishlab 
chiqish 
imkonini 
beradi. Farmakogenetika individual ravishda yondoshish asosida tibbiyotni 
rivojlantirishning eng samarali va istiqbolli yo‗nalishlaridan biridir
.
Shu kungacha, 
farmokogenetika sohasida sitoxrom P450 (CYP), glyukuroniltransferaza (UGT) va 
ko‗pgina biotransformatsiya fermentlarining genetik polimorfizmi, shuningdek, 
dorilarni tashuvchilarn- ABCB1, SLCO1B1, hujayra retseptorlari va transport 
kanallarida faol ishtirok etadigan oqsillarning polimorfizmi boyicha tadqiqotlar olib 
borilgan va o‗rganilgan.
O‗ziga xos genetik belgilarning irsiylanishi, farmakoterapiyaning 
samaradorligi va xavfsizligiga ta‘sir qiladi, qoida tariqasida, dorivor vositaning 
farmakokinetikasini 
o‗zgartirib ya‘ni so‗rilishi, tarqalishi, metabolizmi, 
eliminatsiyasi, yoki farmakodinamikasini modulyatsiya qilish, masalan, maqsadli 
ta‘sir etishini o‗zgartirishi yoki dorivor vositaning farmakologik ta‘siriga 
sezgirligini o‗zgartiradigan biologik xususiyatlarni aniqlash muhimdir. Bunday 
genetik biomarkerlar farmakologik reaktsiya buzilishining 20 dan 50 foizigacha 
bashorat qilishga qodir va standart farmakoterapiya fonida dori-darmonlarga 
nisbatan sezgirlikning oshishi va nojo‗ya reaktsiyalar rivojlanishining muhim 
omilidir. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan kasalliklarda keng qo‗llaniladigan dori-
darmonlarga nisbatan sezgirlik, nojo‗ya reaktsiyalarni yoki samarasizlikning 
rivojlanishini, farmakogenetik belgilarini klinik amaliyotga joriy etish muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Farmakogenetika atamasi bilan bir qatorda, hozirda 
ko‗pincha farmakogenomika atamasi qo‗llaniladi. Ushbu fan sohalari yuqorida 
keltirilgan malumotlarni o‗rganadi, ammo farmakogenomika ma‘lumot sifatida 
insonning to‗liq genomining ketma-ketligini, farmakogenetika esa barcha mumkin 
bo‗lgan ketma-ketliklarni qo‗llaydi. 


[200] 
Farmakogenetika tarixini qadimgi davrlardan boshlash mumkin, miloddan 
avvalgi 510 yilda Pifagor loviya o‗limga olib kelishi mumkin bo‗lgan reaktsiyaning 
barcha odamlarda emas, balki bir nechtasida namoyon bo‗lganligini qayd 
etgan. O‗shandan beri farmakogenetikani alohida ilmiy yo‗nalish sifatida aniqlashga 
imkon beradigan ko‗plab voqealar ro‗y berdi. Sovet Ittifoqi va undan keyin Rossiya 
Federatsiyasida farmakogenetikaning rivojlanishi Rossiya Fanlar akademiyasining 
akademigi Sergey Borisovich Seredeninning nomlari bilan bog‘liq - eksperimental 
farmakogenetika sohasidagi tadqiqotlar, V.V. Zakusov nomidagi Farmakologiya 
ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Kukes 
Vladimir Grigorievich - klinik farmakogenetika klinikasi sohasida olib borilgan 
tadqiqotlar va Sechenov universiteti ichki kasalliklari propedevtikasi kafedrasi 
olimlari tomonidan keng tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Jadval-9 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə