O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Sotsiolingvistika fanining o„rganish obyekti, predmeti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

2. Sotsiolingvistika fanining o„rganish obyekti, predmeti
maqsad va vazifalari. 
 
Sotsiolingvistikaning obyektini belgilashda 
tilshunoslarni ikki guruhga ajratish mumkin. Tilshunoslarning bir guruhi 
butun tilga tegishli bo‗lgan ijtimoiy jarayonlarni, til va jamiyat 
munosabatlarini o‗rganishadi. Biroq nutq so‗zlovchisiga, tilning kelib 
chiqishiga, uning umumiy xususiyatlariga munosabat bildirishmaydi. 
Boshqa bir guruh tilshunoslar esa turli tillarning individual 
variantliligiga va mikrojarayonlar (shaxslararo muloqot, kichik guruhlar 
muloqoti)ga e‘tibor qaratishadi.
 
U.Brayt fikriga ko‗ra, sotsiolingvistik tadqiqotlar til va jamiyat 
munosabatlari bilan bog‗liq bo‗ladi. Biroq bunday qarash ham 
noaniqlikni keltirib chiqaradi. Agar biz bunga aniqlik kiritadigan 
bo‗lsak, unda til va jamiyat shunchaki qandaydir birliklarning majmuyi 
emas, 
balki 
ular 
struktura 
hisoblanadi. 
Mazkur 
holatda
sotsiolingvistning vazifasi til strukturasidagi va ijtimoiy strukturadagi 
o‗zaro 
munosabatlar tizimini 
ochib berish bo‗ladi. Ya‘ni 
sotsiolingvistlarning vazifasi lingvistik strukturaning sistematik qo‗shma 
variatsiyalashuvini ko‗rsatib berish, hatto, u yoki bu yo‗nalishning 
tasodifiy aloqasini ochib berishdan iboratdir. Sotsiolingvistikaning 
asosiy vazifalaridan biri mazkur variatsiyalarning haqiqatan ham ―erkin‖ 
emasligi, ularni sistematik, sotsial farqlar bilan o‗zaro aloqada ekanligini 
ko‗rsatib berishdir. Til farqliligini ana shunday keng planda tushunish
sotsiolingvistikaning asosiy obyekti sanaladi.
32
Fransuz tilshunoslarining fikricha, diskurs tahlili, til me‘yori, 
variantlilik, diglossiya kabi muammolar sotsiolingvistikaning obyekti 
hisoblandi.
32
Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в лингвистике. Вып. VII. - М., 1975. - С. 34-41. 


38 
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini, uning ijtimoiy 
funksiyalarini, shuningdek, ijtimoiy omillarning tilga ta‘sirini 
o‗rganadigan fandir. Ikki yoki uch til amal qilayotgan jamiyatlarda
sotsiolingvist quyidagi savollarga javob olishi uchun bir necha til 
funksiyalari mexanizmini ularning o‗zaro ta‘sirida tadqiq qilishi lozim. 
Ular ijtimoiy hayotning qaysi sohalarida qo‗llaniladi? Mavqeyi va 
funksiyalariga ko‗ra ular orasidagi o‗zaro munosabat qanday bo‗ladi? 
Qaysi til ―hukmronlik qiladi‖, ya‘ni qaysi til davlat tili yoki asosiy 
muloqot vositasi sifatida rasman qabul qilingan va qaysi tillar so‗zlashuv 
tili hisoblanadi? Ikki tillilik qanday sharoitlarda va qaysi shakllarda 
yuzaga 
keladi? 
Bunga 
o‗xshash 
savollarga 
javob 
berish 
sotsiolingvistikaning vazifasiga kiradi.
33
Demak, sotsiolingvistikaning obyekti til yoki tillarning ijtimoiy 
faoliyatidir. Til muayyan ijtimoiy strukturaga ega bo‗lgan jamiyatda 
faoliyat ko‗rsatadi, shunga ko‗ra, sotsiolingvistikani tilni ijtimoiy
kontekstda o‗rganadigan fan deyish mumkin. Hozirgi kunda soha o‗z 
oldiga qanday vazifalarni qo‗yadi? Bu haqida quyidagi fikrlar diqqatga 
molikdir: ―O‗z mustaqilligiga erishgan davlatlarning o‗z milliy adabiy 
tillarini yaratish, yozuvni asoslash, uni mukammallashtirish ishlari jadal 
olib borilmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti, xalqaro savdo-sotiqning 
kengayib borishi, bir tomondan, tillarda baynalmilal so‗zlar sonining 
oshib borishiga sabab bo‗lsa, ikkinchi tomondan, mahalliy tillar bilan 
xalqaro til vazifasini o‗tayotgan tillar o‗rtasidagi to‗qnashuvlarga, til 
chatishuvlariga (kreollashtirish, pijinlashtirish) sabab bo‗lmoqda. Bu 
masalalar bilan ijtimoiy tilshunoslik shug‗ullanishi, mazkur 
hodisalarning qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berishi zarur‖.
34
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, sotsiolingvistikaning
predmetini qisqacha ―inson va jamiyat‖, deb belgilash mumkin hamda 
ushbu soha bugungi kunda davr talabidan kelib chiqqan holda katta 
odimlar bilan taraqqiy etayotgan soha ekanligini ta‘kidlab o‗tish zarur.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
33
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 9. 
34
Алиқулов З., Боймирзаева С. Социолингвистика. –Самарқанд, 2010. –Б.75. 


39 
1.Tilning ijtimoiy mohiyati xususida allomalarimizning fikrlaridan 
namuna keltiring. 
2. ―Sotsiolingvistika‖ fani qachondan boshlab shakllangan? 
3. ―Sotsiolingvistika‖ fanini rivojida kimlarning hissasi bor? 
4. ―Sotsiolingvistika‖ atamasi kim tomonidan kiritilgan? 
5. ―Sotsiolingvistika‖ fanining predmeti, obyekti, maqsad va 
vazifalari nimalardan iborat? 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə