O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


55 
II BOB. Tilshunoslik va tabiiy fanlar 
9-mavzu: Tilshunoslik va biologiya. Nutq tovushining biologik 
aspekti
Reja: 
1.Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya.
2.Nutq tovushining biologik aspekti. Nutq organlari fiziologiyasi. 
Tayanch tushunchalar:
Tilshunoslik, biologiya, nutq tovushi
akustik, artikulyasion, funksional,
 
nutq apparati.
 
1.Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya.
Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, 
tilshunoslikning o‗rganish obyekti bo‗lgan til tovushlar silsilasi 
yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan 
nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini 
hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi. 
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining 
tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) 
birlamchi vazifasi insonning fiziologik a‘zosi. Bunday a‘zo sifatida ular 
inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni 
qondirishga xizmat qiladi; 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat 
homo sapiensga xos xususiyatlar bo‗lib, birlamchi vazifasi ustiga 
qo‗shimcha vazifa – ma‘lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi 
qo‗shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning, ham 
tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‗ladi. 
Har bir nutq tovushi uch belgini o‗zida mujassamlaydi: 1) akustik; 
2) artikulyatsion; 3) vazifaviy (funksional). 
Unli tovushlar ham, undosh tovushlar ham artikulyatsion belgiga 
ega. Unli yoki undosh tovushlarning yuzaga chiqishida ishtirok etadigan 
nutq organlari belgisi artikulyatsion belgi sanaladi. Mazkur belgiga 
ko‗ra nutq tovushining tavsifi artikulyatsion (fiziologik) tavsif sanaladi. 
Masalan, unlilar tavsifida lab ishtiroki belgisi, og‗izning ochilish 


56 
darajasi (tilning ko‗tarilish darajasi) belgisi fiziologik tavsif uchun asos 
bo‗lib xizmat qiladi.
Undoshlar tavsifida esa undoshlarning paydo bo‗lish o‗rni belgisi 
(bo‗g‗iz tovushlari, til tovushlari – til orqa, til o‗rta, til oldi tovushlari
lab tovushlari, lab-lab, lab-tish tovushlari, tanglay va burun tovushlari) 
fiziologik jihatdan tavsif asosi bo‗ladi. 
Unli va undosh tovushlarni talaffuz qilishda ishtirok etadigan nutq 
organlari qadimdan tilshunoslar diqqatini tortib keladi. Xususan, 
bobokalonimiz qomusiy olim Ibn Sino fonetikaga bag‗ishlangan maxsus 
risolasida tovushlarning fiziologik tomoni haqida batafsil ma‘lumot 
beradi. Bunday aniq ma‘lumot berishida olimga inson fiziologiyasini 
yaxshi bilgani katta imkoniyat yaratgan.
51

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə