O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Nutq buzilishlarini tasniflash. Tibbiy-pedagogik tasniflashda



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

3. Nutq buzilishlarini tasniflash. Tibbiy-pedagogik tasniflashda 
ajratiladigan nutq buzilishlarining turlari. Psixologik-pedagogik 


79 
tasnif. 
Nutq buzilishlarining barcha turlarini ruhiy-lingvistik mezonlar 
asosida nutqning qaysi turi buzilganiga qarab ikkita guruhga bo‗lish 
mumkin: og‗zaki va yozma.
54
 
Og‗zaki nutqning buzilishi, o‗z navbatida ikkita turga bo‗linishi 
mumkin: 1) bayon qilishning fonatsion (tashqi) ta‘minlanishi, ular 
nutqning talaffuz tomonining buzilishi deb ataladi va 2) bayon 
qilishning semantik-struktura (ichki) jihatdan ta‘minlanishi, ular 
logopediyada nutqning uzluksiz yoki ko‗p tovushli buzilishi, deb ataladi. 
1.Bayon qilishdagi fonatsion ta‘minlashning zaiflashuvi buzilgan 
bo‗g‗inga bog‗liq holda tabaqalanishi mumkin: a) tovush shakllanishi; b) 
bayon qilishning sur‘at-ohang jihatdan tashkil etilishi; v) intonatsion 
melodik; g) tovush chiqarishning namoyon bo‗lishi. Bu zaiflashuvlar 
turli jarayonlarda mavhum holida kuzatilishi mumkin, logopediyada 
ularga bog‗liq bo‗lgan buzilishning quyidagi turlari ajratiladi: 
1.Disfoniya (afoniya) – tovush apparatining patologik o‗zgarishlari 
oqibatida fonatsiyaning yo‗q bo‗lishi yoki zaiflashuvi. Ma‘nodoshlari: 
tovushning buzilishi, fonatsiyaning buzilishi, fonotor buzilishlar, vokal 
buzilishlar. 2.
Bradilaliya – nutqning patologik sekinlashgan sur‘ati. 
Ma‘nodoshi: bradifraziya. Artikulyar nutq dasturining sekinlashgan 
ishlab chiqarishda namoyon bo‗ladi, markaziy bog‗langan va o‗z 
tabiatiga ko‗ra organik yoki funksional bo‗lishi mumkin. 3.Taxilaliya –
nutqning patologik tezlashgan sur‘ati. Ma‘nodoshi: taxifraziya. 
Artikulyar nutq dasturining tezlashgan holda amalga oshirilishida 
namoyon bo‗ladi, o‗z tabiatiga ko‗ra, markaziy bog‗langan, organik yoki 
funksional hisoblanadi. Sekinlashgan sur‘atdagi nutq cho‗ziq tortilgan, 
bir ohangda bo‗ladi. Tezlashgan sur‘atda shoshilinch, intiluvchan, 
shiddatli ekanligi ko‗zga tashlanadi. Nutqning tezlashuvi agromatizmlar 
bilan birga sodir bo‗lishi mumkin. Bunday holatlar ayrim paytlarda 
battarizm, parafraziya atamalari bilan ataluvchi mustaqil buzilishlar 
sifatida ajratiladi. Patologik tezlashgan nutqning asoslanmagan 
bo‗linishlar, tutilish, to‗xtab qolishlar bilan uchraydigan hollarda u 
54
Филичева Т.Б., Волкова Л.С., Чиркина Г.В., Мўминова Л.Р., Аюпова М.Ю. Логопедия. – Тошкент: 
Ўқитувчи, 1993. –B.28-34.


80 
poltern atamasi bilan ataladi. Bradilaliya va taxilaliya – nutq 
sur‘atining buzilishi – nutq jarayonining ravonligi, nutqning ohang va 
melodik-intonatsion ifodaliligining buzilishi oqibati hisoblanadi. 
4.Duduqlanish – nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay 
tortishish natijasida sur‘at-ohangning buzilishidir. Ma‘nodoshi: 
logonevroz. 
Markaziy bog‗langan bo‗ladi, funksional yoki organik 
ko‗rinishga ega, ko‗proq bola nutqining rivojlanishida paydo bo‗ladi. 
5.Dislaliya

tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq 
apparatining saqlangan innervatsiyasi paytida buzilishi. Ma‘nodoshlari: 
tili chuchuklik (eskirgan),
tovush talaffuzidagi nuqsonlar, fonetik 
nuqsonlar, fonemalarni talaffuz qilishdagi notekisliklar. 
Nutqning 
noto‗g‗ri tovushli (fonemali) turlanishida: tovushlarni buzib talaffuz 
qilishda, tovushlarning almashinuvi yoki ularning yo‗qligida namoyon 
bo‗ladi. Nuqson shuning bilan bog‗liq bo‗lishi mumkinki, bunday 
paytda bolada artikulyar baza shakllanmaydi (artikulyar tomonning 
tovush talaffuz etish uchun zarur bo‗lgan barcha jihatlari 
o‗zlashtirilmaydi) yoki artikulyar tomon noto‗g‗ri shakllanadi. Buning 
oqibatida nomuvofiq tovushlar hosil bo‗ladi. Artikulyatsion apparatning 
anatomik nuqsonlari bilan bog‗langan buzilishlar alohida guruhni tashkil 
etadi. Talaffuzning buzilishi psixolingvistik jihatdan yo fonemalarni 
ajratish va anglash operatsiyalarining shakllanmaganligi oqibati (ya‘ni, 
idrok etishdagi nuqsonlar) yoki saralash va ishlab chiqarish (shuningdek, 
unumlilik nuqsoni) vazifasini shakllanmaganligi, yohud tovushlarni 
ishlab chiqarish shartlarining buzilganligi deb qaraladi. Anatomik 
nuqsonlarda buzilishlar organik xususiyatga, ularning ishtirokisiz esa 
funksional xususiyatga ega bo‗ladi. Buzilishlar, odatda, bola nutqining 
rivojlanish jarayonida; periferik apparatning jihozlanish hollarida u har 
qanday yoshda paydo bo‗lishi mumkin. Tavsif qilingan nuqsonlar 
saylanma hisoblanadi va ularning har biri mustaqil notekislik maqomiga 
egadir. Ammo shundaylari ham uchraydiki, ularda tovushni bayon 
qilishning fonatsion turlanishlari murakkab mexanizmidagi bir necha 
bo‗g‗inlarning bir paytning o‗zida xastalashuvi kuzatiladi. Bundaylarga 
rinolaliya va dizartriya kiradi. 6.Rinolaliya – tovush tembri va 
talaffuzining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan 


81 
bog‗liq holdagi buzilishdir. Ma‘nodoshlari: dimog‗ bilan gapirish 
(eskirgan), palatolaliya. Tovush tembrining patologik o‗zgarishida 
namoyon bo‗ladi. Bu holat chiqarilayotgan nafas oqimining barcha nutq 
so‗zlarini talaffuz qilish paytida burun bo‗shlig‗iga o‗tishi va unda aks-
sado berishi oqibatidir. Rinolaliya paytida bundan tashqari barcha nutq 
tovushlarining (dislaliya holatidagi kabi alohida tovushlarni emas), 
buzib talaffuz etilishi kuzatiladi. Bunday nuqsonda prosodik buzilishlar 
ham tez-tez uchrab turadi, rinolaliya paytidagi nutq kam tushunarsiz 
(noaniq), bir ohangli bo‗ladi. Bunday buzilishlar chet ellardagi qator 
ilmiy ishlarda ―palatolaliya‖ (lotincha palatum – tanglay) atamasi bilan 
ataladi. Qolgan barcha hollardagi tovushlarning turli lokalizatsiyalarning 
funksional yoki organik buzilishlari bilan bog‗liq noto‗kis talaffuzi 
bunday ishlarda rinolaliya deb ataladi. 7. Dizartriya

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə