O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

3. Bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari.
Bolaning nutqi 
kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqining to‗g‗ri shakllanishi 
atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‗g‗ri nutq muhiti va ta‘lim-
tarbiyaga bog‗liq. 
 
Nutq tug‗ma qobiliyat emas, balki hayot davomida 
bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib 
boradi.
 
Nutq buzilishlarini o‗rganish, tushunish uchun bola nutqining 
normal rivojlanish yo‗lini, bu jarayonning o‗ziga xos xususiyatlarini
nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o‗ynovchi sharoitni 
bilish lozim.
 


75 
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish 
zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni 
o‗z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo‗ladi. Masalan, 1 yosh-u 4 
oylik bola gapirmayapti. Pedagog bolaning normal rivojlanishida 
birinchi so‗zlar qachon paydo bo‗lishini bilsa, u holda u bu bolaning 
normal yoki nonormal rivojlanayotganini hal qila oladi.
Bola 
nutqining 
rivojlanish 
xususiyatlarini 
bilish, 
nutq 
buzilishlariga to‗g‗ri diagnoz qo‗yish uchun ham zarurdir. Ba‘zi 
mutaxasislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzidagi kamchiliklarni 
bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Bu to‗g‗rimi? 
Yo‗q, albatta. Chunki nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu 
yoshda ba‘zi bir tovushlarni noto‗g‗ri talaffuz etish xos bo‗ladi. Bu 
ko‗rinish fiziologik dislasiya deb atalib, bu shu yoshdagi bolalarda 
artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini 
bildiradi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to‗g‗ri va aniq 
tarbiyaviy-tuzatish ish rejasini tuzish uchun bola nutqining rivojlanish 
qonuniyatlarini yana bir karra bilish zarur hisoblanadi. 
Olimlar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‗rsatadilar, 
ularni har xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha 
ifodalaydilar. 
G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 
1)
tayyorlov davri (2 yoshgacha); 
2)
nutqning mustaqil shakllanish davri.
A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‗lib ko‗rsatadi;
1)
tayyorgarlik davri - 1 yoshgacha; 
2)
bog‗chagacha bo‗lgan davr- 3 yoshgacha; 
3)
maktabgacha bo‗lgan davr-7 yoshgacha; 
4)
maktab davri.
Quyida bu davrlarning to‗liq tavsifi ustida to‗xtalib o‗tamiz. Shunday 
qilib, birinchi davr - tayyorgarlik davri (bola tug‗ilgandan bir 
yoshgacha). Bola tug‗ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz 
qichqiriq va yig‗idan iborat va odam nutqidan uzoq bo‗ladi. Lekin ana 


76 
shu qichqiriq va yig‗i nutq apparatining 3 bo‗limini (nafas olish, ovoz 
hosil bo‗lish, artikulyatsion) rivojlanishida katta rol o‗ynaydi. Ikki hafta 
o‗tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e‘tibor bera boshlaydi. 
Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‗lashdan to‗xtaydi. Bir oyligining 
oxiriga borib, uni mayin qo‗shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin 
bo‗lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi 
yoki uni ko‗zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e‘tibor 
bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga 
yig‗laydi. 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo‗g‗inlarning 
talaffuzi paydo bo‗ladi (
aga-aga, ta-ta, ba-ba
va boshqalar). Bunda 
tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh oyligida 
tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini 
ko‗rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Olti oyligidan boshlab bola 
taqlid qilish orqali ba‘zi bo‗g‗inlarni (na-na-na, be-be-be, da-da-da va 
boshqa) talaffuz eta boshlaydi. Keyinchalik bola taqlid qilish orqali 
nutqning xilma-xil birliklarini asta-sekin o‗zlashtira boshlaydi. Bunda 
bola nafaqat fonemalarni, balki nutqning sur‘at, ritm, ton, musiqaviyligi, 
ifodaliligini o‗zlashtiradi. Ikkinchi yarim yillikda bola ba‘zi bir 
tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki 
harakatlar bilan bog‗laydi (bu, ma, bey). Bola yetti-to‗qqiz oyligida 
kattalar ortidan turli xil bog‗inlarni qaytara boshlaydi. O‗n-o‗n bir 
oyligida so‗zlarning o‗ziga reaksiya paydo bo‗la boshlaydi. Bu vaqtda 
bola nutqi shakllanayotgan shart-sharoitlar (kattalarning to‗g‗ri nutqi va 
boshqa) muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bir yoshning oxiridan 
boshlab bolada faol nutq rivojlana boshlaydi, birinchi so‗zlar paydo 
bo‗ladi. Ammo bu so‗zlar ko‗pincha faqat bolaga, uning yaqinlariga 
tushunarli bo‗ladi.
Ikkinchi davr – bog‗chagacha bo‗lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha) 
Bolada birinchi so‗zlar paydo bo‗lgandan so‗ng, tayyorlov davri 
tugab, faol nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar 
artikulyatsiyasiga e‘tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‗zlarni 
ko‗p marotaba takrorlaydi va o‗zi ham so‗zlarni talaffuz qiladi. Talaffuz 
vaqtida bola ba‘zi tovushlarni noto‗g‗ri talqin etadi, o‗rnini almashtiradi 


77 
yoki o‗z nutqida qo‗llamaydi. Bu vaqtda bola bir so‗z yoki tovushlar 
birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg‗uni ham 
ifodalashi mumkin. Bola hayotining 2-3-yiliga kelib, uning lug‗at 
boyligi sezilarli darajada boyib boradi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, ko‗pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola 
lug‗at boyligining o‗sib borishida turli raqamli ma‘lumotlarni 
ko‗rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma‘lumotga ko‗ra, bolalarning lug‗at 
boyligini bog‗chagacha bo‗lgan davrda o‗sishi quyidagi raqamlarni 
ko‗rsatadi: 1 yosh-u 6 oyda –10-15 ta so‗z, 2-yilning oxiriga kelib – 300 
ta so‗z, 
3
yoshga borganda – 1000 ta so‗z. 
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana 
boshlaydi. Avval bola o‗z xohish va iltimoslarini bir so‗z bilan 
ifodalaydi. Keyinchalik bir, ikkita so‗zdan iborat sodda jumlalar tuza
boshlaydi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə